Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


 Dostonlardagi onomastik birliklarning lingvopoetik xususiyatlari


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

3.3. Dostonlardagi onomastik birliklarning lingvopoetik xususiyatlari 
Kishi ismlarining badiiy adabiyotda qo‘llanilishi nafaqat qahramonlarni 
nomlash, balki ijodkorning turli badiiy maqsadlarini ifodalashga xizmat qiladi. 
Badiiy adabiyotda ism ko‘p hollarda qahramon xarakteriga ishora qilib keladi. 


108 
Qahramonlar, odatda, ismlarining mazmuniga mos xarakterga ega bo‘ladi. 
Fikrimizni nafaqat ijodkorlar yaratgan badiiy asarlar matnidagi qahramonlar 
nomlari, balki xalq dostonlaridagi qahramonlarning nomlari orqali ham 
isbotlaydi. O‘zbek adabiyotining o‘ziga xos jozibasi muayyan ma’noda “Nurali 
va Semurg‘” dostonida Go‘ro‘g‘li, “Alpomish” dostonida Alpomish, Barchin, 
“Rustamxon” dostonida Rustam kabi qahramonlar ismlari bilan bog‘liq deyish 
mumkin. Xalqimiz orasida keng tarqalgan bu kabi ismlarning aksariyati ana 
shunday dostonlar qahramonlariga havas bilan qo‘yilgani bor gap. Ayni jihatdan 
nomlar har bir xalqning badiiy adabiyotda muhim o‘rin tutuvchi birliklari 
sifatida mazkur adabiyotga xos bo‘lgan ijodiy an’analar, uning badiiyatiga 
daxldor jihatlar, yozuvchi uslubini belgilovchi omillar xususida ham ma’lumot 
beradi.
Badiiy matndagi onomastik birliklar lingvopoetikasi bilan maxsus 
shug‘ullangan 
Dilrabo 
Andaniyazova 
badiiy 
matndagi 
antroponim 
(antropoetonim)lardan quyidagi maqsadlarda foydalanilishini ta’kidlagan: 1) 
allyutetik birlik sifatida matnni shakllantirish hamda intertekstuallikni 
ta’minlash; 2) komik effekt hosil qilish; 3) salbiy yoki ijobiy bahoni ekspressiv 
ifodalash; 4) kuchli his-hayajonni ifodalash; 5) ritorik figura tarkibida kelib 
tasvirni tiniqlashtirish; 6) turli ma’nodagi murojaatni ifodalash
206
. 
Biz ham Qashqadaryo xalq dostonlaridagi antroponimlarni tahlil qilish 
jarayonida yuqoridagi tasnifdan foylandik.
1. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling