Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bob bo‘yicha xulosa
225 Muhammad Yusuf. Saylanma: She’rlar. Dostonlar. Xotiralar. — T.: «Sharq», 2007. – B.199. 121 Bob bo‘yicha xulosa 1. Badiiy matnda folklor asarlaridagi antroponimlardan foydalanilganda ular pretsedent nom sifatida qo‘llanilib, ortiqcha izoh talab qilmaydi, chunki bundan nomlar kitobxonga avvaldan ma’lum bo‘ladi. Mazkur antroponimlar intertekstuallik asosida asarning ko‘pqatlamliligini vujudga keltiradi. 2. Zoopoetonimlar badiiy matnda o‘xshatish, qarshilantirish, intertekstuallik, onomastik metafora kabi vazifalarni bajarishi mumkin. 3. Xalq xotirasi, madaniyati va ma’naviyatining tarkibiy qismini o‘tmishda arab, fors-tojik, turkiy tillarda bitilgan tarixiy-badiiy yozma manbalar tashkil qiladi. Qashqadaryo xalq dostonlari onomastikasining lug‘aviy tarkibi xilma-xil va boy bo‘lib, unda antroponimlar, toponimlar, zoonimlar, etnonimlar, shuningdek, atoqli otlarning boshqa shakllari asosiy o‘rin tutadi. 4. Qashqadaryo xalq dostonlari onomastikasining genetik manbalari, lug‘aviy-etimologik qatlamlarini o‘rganish, unda ikki qatlam nomlar borligini ko‘rsatadi: o‘z qatlam nomlar; o‘zlashma qatlam nomlar. O‘z qatlamga mansub nomlar negizini bir qator qadimiy turkiy atoqli otlar, shuningdek turkiy apelyativlar asosida bevosita yasalgan nomlar tashkil etadi. 5. O‘zbek xalqi qadimdan ko‘pgina xalqlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lib kelgan. Buning natijasida o‘zbek tili leksikasiga fors, arab va boshqa tillardan nomlar o‘zlashdi. Dostonlar onomastikasi tarixiy-etimologik jihatdan o‘rganilganda fors-tojikcha, arabcha, yahudiycha, mo‘g‘ulcha atoqli otlarning qo‘llanilganligi aniqlandi. 7. Qashqadaryo xalq dostonlarida qo‘llangan onomastik birliklar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma va murakkab tarkibli onomastik birliklar singari guruhlarga ajratib tahlil qilindi. 122 XULOSA 1. Qashqadaryo xalq dostonlari tilidagi onomastik birliklar o‘zbek xalqi va boshqa bir qator xalqlarning o‘tmishi, milliy-tarixiy an’analari, urf- odatlari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, ular o‘zbek xalqi tarixi, etnografiyasi, madaniy, diniy qadriyatlari, qolaversa, o‘zbek tili leksikologiyasi va nomshunosligi uchun g‘oyat qimmatli ma’lumotlar beradi. 2. Ma’lumki, folklor asarlari tili badiiy asarlar tiliga nisbatan xalq so‘zlashuv tiliga juda yaqin turadi. Shu bois “Oyparcha”, “Nurali va Semurg‘” “Kelinoy yoki Norguloy”, “Oychinor”, “Jorxun maston” dostonlari matnidagi atoqli otlar o‘zining fonetik, grammatik jihatlari bilan alohida xususiyatlarga ega. Jumladan, dostonlarda uchraydigan atoqli otlarni qipchoq, qarluq va o‘g‘uz lahjalaridagi nomlar bilan qiyoslab o‘rganish shevalararo munosabatlarning ildizlarini chuqurroq aniqlash, tarixiy-evolyutsion bosqichlarini anglash imkoniyatini beradi. 3. Dostonlar matnidan o‘rin olgan atoqli otlarning tarkibiy jihatlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ularning aksariyat qismi birdan ortiq komponentlardan tuzilgan tarkibli yoki murakkab nomlar ekani ayon bo‘ladi. Sodda tarkibga ega nomlar boshqa turdagi nomlarga qaraganda biroz kam miqdorni tashkil etadi. Tarkibiy jihatdan qo‘shma nomlarni hosil qilishda “onomastik indikatorlar” ularning muhim elementi sifatida ishtirok etadi. Folklor asarlari onomastikasida bunday indikatorlar toponimlarga nisbatan antroponimlar tizimida ancha faol qo‘llanilganligi ma’lum bo‘ldi. 4. Qo‘shma va murakkab tarkibli nomlarning ko‘pchiligi arab, fors tillariga mansub nomlar bo‘lsa, sodda tarkibli nomlarning aksariyati turkiy qatlamga oid ismlardir. Yuqoridagi dostonlar matnida qo‘shma va tarkibli yoki murakkab nomlar orasida muayyan bir qatlamga mansub bo‘lmagan (turkiy+arabcha; arabcha+turkiy; forscha+arabcha kabi) «gibrid nomlar» ham uchrashi kuzatiladi. 123 5. “Oyparcha”, “Nurali va Semurg‘”, “Jorxun maston”, “Kelinoy yoki Norguloy” va “Oychinor” dostonlarida uchragan atoqli otlarning ayrimlari arxaiklashgan nomlar bo‘lsa, ko‘pchiligi hozirgi kunga qadar faol qo‘llanib kelinayotgan nomlardir. Ba’zi nomlar ayrim fonetik o‘zgarishlarga uchragan tarzda ishlatiladi. 6. Dostonlardagi turkiy asosga ega bo‘lgan atoqli otlar, asosan, toponimlar, oronimlar, gidronimlar doirasida keng qo‘llanilgan. Bizningcha, buning o‘z sababi bor. O‘zining yashash makonlarini yerlik aholi tomonidan nomlash eng qadimiy jarayonlardan bir hisoblanadi. Bu o‘lkalarga boshqa xalqlar tillarining ta’siri esa keyingi hodisadir. Shu sababli, joy nomlari, tog‘lar, daryolarning nomlari, ko‘pincha, qadimiy shaklini saqlagan holda qo‘llanib kelinadi. Kishi nomlari borasida bu fikrni aytish qiyinroq, sababi, avlodlar almashgani kabi davrga bog‘liq holda ular ham o‘zgarib boradi. 7. Qahramonlarning sarguzashtlarida afsonaviy dev va parilar, uchar otlar, suvosti shaharlari, o‘n kunlik yo‘lning bir kunda bosib o‘tilishi, afsonaviy tog‘lar va daryolarning mavjud bo‘lishi dostonlar syujetiga o‘ziga xos joziba baxsh etadi. Demak, dostonlar yarim tarixiy, yarim afsonaviy voqealar tasviri bilan boyitilgan asarlar hisoblanadi. Shunday ekan, dostonlar leksikasidan real hayotda mavjud bo‘lgan tarixiy shaxslar, joylar, obyektilarning nomlari bilan bir qatorda, real hayotda mavjud bo‘lmagan obyektilar va ularning tasviri keng o‘rin olgan bo‘lishi tabiiy holdir. 8. Dostonlar leksikasida qo‘llanilgan nomlar, avvalo, uning kuylovchisi - baxshi yoki shoirning bilimi, so‘z boyligi va eng muhim tomoni, uning qaysi dialekt vakili ekanligi bilan chambarchars bog‘liqdir. Xalq dostonlari, albatta, kishilarga ma’lum bo‘lgan qaysidir rivoyat yoki afsonalarga ishora etadi, shulardan oziqlanadi. Bular esa, ko‘p hollarda, “Qur’oni Karim” va uning oyatlariga aloqador rivoyatlardir. Mazkur holat eng avval folklor asarlari tilidagi kishi ismlariga o‘zining jiddiy ta’sirini o‘tkazgan. 124 9. Qashqadaryo hududida muayyan davrlarda eroniy guruhlarga aloqador tilda so‘zlashuvchilar ham yashaganligi tarixiy ma’lumotlardan ma’lum. Xususan, buni dostonlar tilida qo‘llangan ismlar, joy nomlari va shu kabilarda ham kuzatishimiz mumkin. 10. Ma’lumki, folklor asarlari eng qadimiy urf-odatlar, an’analarni o‘zida saqlab keladi. Shunga mos ravishda eng qadimiy til elementlarini ham o‘zida aks ettirishiga shubha yo‘q. Buni “Nurali va Semurg‘” dostonida tasvirlangan sovchilikka borish, suyinchi so‘rash va shu bilan bog‘liq marosimlarda yaqqol ko‘rish va kuzatish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling