Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


To‘qima zoonimlarning lingvopoetikasi


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

To‘qima zoonimlarning lingvopoetikasi. Jonzotlarga laqab qo‘yishda 
ba’zan ijodkorlar original nomlar yaratadi. Bunday nomlarni to‘qima zoonimlar 
deb atash mumkin
218
. Umuman olganda, to‘qima zoonimlardan qashqadaryolik 
baxshi-shoirlar ham o‘zlari kuylagan dostonlari matnida faol foydalanishgan. 
Masalan: To‘ri ola oyoq, G‘irot kabi.
To‘qima zoonimlar nafaqat folklor asarlarida, balki zavonaviy badiiy 
asarlarda ham yozuvchining ma’lum bir badiiy-estetik maqsadi bilan qo‘llanishi 
mumkin. Jumladan, Said Ahmadning “Qorako‘z majnun” hikoyasidagi 
Qorako‘z, ya’ni it laqabi ham ijodkor tomonidan tanlangan to‘qima zoonimdir. 
Badiiy 
adabiyotda 
jonzotlarning 
laqablariga 
erkalash-kichraytirish 
qo‘shimchalarini qo‘shish orqali subektiv munosabat ifodalash holatlari juda 
ko‘p uchraydi. Quyidagi misolda esa, itning laqabiga -gina erkalash-
kichraytirish qo‘shimchasi qo‘shilgach yaqinlik, vafodorlik ma’nolari yanada 
bo‘rttirilgan. Aytish mumkinki, -gina affiksi orqali hayvon muayyan ma’noda 
“shaxslantirilgan”: «Qorako‘zgina, qayoqlarda sanqib yuribsan? Hech uyda 
o‘tirasanmi-yo‘qmi? Qorning ham ochgandir? Tentakkina. Gapimga quloq sol, 
nega beozor musichani quvasan?..»
219
.
Yoki yana bir misol:
Men – Temur!
Oriyat ham bor-ku dunyoda, yetar, endi!
Kuno‘g‘longa egar urgayman,
217
Шукур Холмирзаев. “От егаси” (ҳикоя) // Сайланма. 1-жилд. Ҳикоялар. - Тошкент: Шарқ нашриёт-
матбаа аксиядорлик компанияси. 2003. – Б. 134-140.
218
Саид Аҳмад. Қоракўз мажнун. Ҳикоя. Тошкент: “Ўзбекистон”, 2013. – Б. 90. 
219
Саид Аҳмад. Қоракўз мажнун. Ҳикоя. Тошкент: “Ўзбекистон”, 2013. – Б. 90. 


118 
Rum tarafga yuzlanadi tulporim jadal
220
.
Abdulla Oripov qalamiga mansub “Sohibqiron” dramasidan olingan 
mazkur parchada ham Kuno‘g‘lon to‘qima zoonim bo‘lib, bu nom Temur 
haqidagi tarixiy manbalarning hech birida uchramasligi va bu nom ijodkor 
badiiy topilmasi hisoblanadi. Asarda Kuno‘g‘lon zoonimi xuddi xalq 
dostonlaridagi qahramonlarning sadoqatli do‘sti, yo‘ldoshi va baxtli hayotga 
erishishidagi vositachi oti bo‘lganidek, Amir Temurning g‘alabali zafarlaridagi 
hamrohi va muzaffarligining ramziy timsoli sifatida tasvirlangan. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling