Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
III BOB. ONOMASTIK BIRLIKLARNING TARIXIY-ETIMOLOGIK
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
III BOB. ONOMASTIK BIRLIKLARNING TARIXIY-ETIMOLOGIK
TASNIFI, STRUKTUR TAHLILI VA LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI 3.1. Dostonlardagi onomastik birliklarning tarixiy-etimologik tasnifi………..101 3.2. Dostonlardagi onomastik birliklarning struktur tahlili ……......………....119 3.3. Dostonlardagi onomastik birliklarning lingvopoetik xususiyatlari………..88 Bob bo‘yicha xulosa………………………………………………...………...125 XULOSA..........................................................................................................127 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………..……….130 3 KIRISH Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Onomastika sohasining lingvokulturologik, pragmalingvistik, etnolingvistik hamda psixolingvistik xususiyatlarini o‘rganish soha taraqqiyotini ta’minlaydigan muhim omillardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda jahonning ko‘plab mamlakatlarida atoqli otlarni ilmiy o‘rganish keng yo‘lga qo‘yilganini e’tirof etish kerak. Dj.Mill, B.Rassel, O.Yespersen, Y.Kurilovich, P.A.Florenskiy, A.F.Losev, A.A.Reformatskiy, V.V.Vinogradov singari olimlar onomastika sohasida e’tiborga molik ishlarni amalga oshirganlar 1 . Bundan tashqari bir qator davlatlarda onomastikaga oid o‘quv adabiyotlari, ilmiy jurnallar muntazam chop etilgan. Oliy ta’lim muassasalarida onomastika sohasiga oid kurslarning o‘qitilishi jamiyatdagi ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar mazkur sohaning yangi ilmiy-nazariy yo‘nalishlarini aniqlashni hamda kam o‘rganilgan yoki alohida o‘rganilmagan onomastik birliklarni tadqiq etishni kun tartibiga qo‘ymoqda. XX asrga kelib dunyo tilshunosligida onomastika mustaqil yo‘nalishlardan biriga aylandi. Nomshunoslikka doir lisoniy hodisalarni yirik miqyoslarda tadqiq etuvchi ushbu soha XXI asrda jadal sur’atlarda rivojlanib, tilshunoslik fani oldiga yechimini kutayotgan yangi muammolarni qo‘ymoqda. Bu borada N.A.Petrovskiy, A.V.Superanskaya, B.O.Unbegaun, Y.A.Fedosyuklar kabi olimlarning onomastikaning yo‘nalishlaridan onomastik leksikografiya bo‘yicha qilingan ishlari e’tiborga molikdir 2 . Keyingi yillarda respublikamizda tilshunoslikning mazkur yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilayotgani quvonarli holdir. Xalqimiz tarixi, urf-odatlariga aloqasi bo‘lmagan nomlarning mamlakat miqyosida qayta ko‘rib chiqilishiga bag‘ishlangan qarorlarning yuzaga kelishi fikrimizni yana bir bor tasdiqlaydi. Mustaqillikdan keyin ilm-fanning ko‘plab sohalarida yangicha dunyoqarash 1 Сизранова, Г.Ю. Ономастика. Учебное пособие. – Тольятти: Изд-во ТГУ, 2013. – С. 3. 2 Сизранова, Г.Ю. Ономастика. Учебное пособие. – Тольятти: Изд-во ТГУ, 2013. – С. 3-4. 4 shakllana boshladi. Ana shu yangilanishlar zamirida folklor asarlari, xususan, respublikamizdagi dostonchilik maktablari vakillarining dostonlarini lingvistik aspektda tadqiq qilish yo‘lga qo‘yilib, yangi pog‘onaga ko‘tarilmoqda. Sh.Shoabdurahmonov 3 , R.Rasulov 4 , A.Ishayev 5 , Z.Xolmonova 6 , G.Jumanazarova 7 , S.Tursunov 8 , J.Xolmurotova 9 , A.Xoliqov 10 , singari olimlar folklor asarlari tilida uchraydigan onomastik birliklarni lingvistik jihatdan tadqiq etishdi. 2019- yilning 5-10- aprel kunlari Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev so‘zga chiqib: “...baxshichilik sohasida shakllangan ijodiy maktablar, “ustoz-shogird” an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish, baxshi- shoirlar, folklorshunos olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning ijodiy faoliyatini har tomonlama rag‘batlantirish, madaniyat va san’at muassasalari qoshida baxshichilik to‘garaklari tashkil etish, baxshi-shoirlar ijodiga keng yo‘l ochib berish, to‘y-tomoshalar, turli bayram va madaniy tadbirlarda ularning doimiy ishtirokini ta’minlash, shu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, baxshichilik san’atini keng targ‘ib etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televidenie va internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish, folklor asarlarini ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir” 11 , – deya ta’kidlagan edi. 3 Шоабдураҳмон Ш. Равшан достонида бадиий фонетика элементлари. Ўзбек халқ ижоди. – Тошкент: 1967. 4 Расулов Р.Синтактические связи между словами в дастане Алпомиш. АКД. –Тошкент: 1975. 5 Ишаев А. Достонлар тилининг баъзи хусусиятлари. Эргаш шоир ва унинг достончиликдаги ўрни. – Тошкент: Фан, 1971. – Б. 173-179. 6 Холмонова З. Шайбонийхон достони лексикаси. Филол. фан. номз… дисс. автореф. -Тошкент, 1999. -Б. 23. 7 Жуманазарова Г. Фозил шоир достонлари тилининг лексик-стилистик қатламлари: Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2012, –Б.10. 8 Турсунов С. “Алпомиш” достони лексикасини ўрганишга доир // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 1985. –№3 –Б. 36-38. 9 Холмуротова Ж. Шимолий Хоразм достонлари лексикасининг услубий-функционал хусусиятлари НДА. Тошкент: 2000. 10 Холиқов А.А. “Гоъроъғлининг туғилиши” достони тилининг лексик-семантик хусусиятлари: Филол. фан. номз. ...дис. автореф. – Тошкент, 2009. –Б.24. 11 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning xalqaro baxshichilik san’ati festivalining ochilish marasimida so‘zlagan nutqi. // “Xalq so‘zi” gazetasi 2019-yil, 7-aprel. №68 (7298) 5 Ana shu festivalda Prezidentimiz e’tirof etganidek: “Baxshilar nafaqat xalq o‘tmishining aks-sadosi, ayni paytda bugungi kunning jarangdor ovozidir” 12 . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi PF- 4797- son “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risida”gi Farmoni. 2017-yil 17-fevraldagi P-2789-son “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2020-yil 23-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasning “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi O‘zbekiston Oliy Majlisi va xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi va mazkur faoliyatga doir boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etishga ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qilishi mumkin. O‘zbek tilshunosligi fani oldida hali hal etilishi kerak bo‘lgan muammolar juda ko‘p. Ana shu muammolardan biri yirik dostonchilik maktablari vakillari kuylagan xalq dostonlari tilini o‘rganishdir. Filologik yo‘nalishda tadqiqot manbayi sifatida tanlanmagan va o‘rganilmagan Qashqadaryo xalq dostonlari onomastikasi tadqiqi masalasi dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Qashqadaryolik baxshilar repertuarida “Alpomish”, “Oyparcha”, “Bolxuvon”, “Qoraqum”, “Dastagul” (Umir shoir Safarov), “Nurali va Semurg‘”, “G‘upponoy”, “Tohir va Zuhra” (Qora baxshi Umirov), “Jorxun maston”, “Oychinor”, “Kelinoy yoki Norguloy” (Qodir baxshi Rahimov), “G‘oyibnoma”, “Sherali”, “Yodgor”, “Amir Temurning tug‘ilishi va yoshligi” (Chori baxshi Umirov), “Sanamgul” (Rasul baxshi Umirov), “Gavhari Xushtor yoxud Ahmad Yassaviy”, “Qo‘ng‘irot”, “Yodgor”, “Temur va Boyazid” (Qahhor baxshi) singari 12 Shu manba. 6 dostonlar mavjud bo‘lib, biz tadqiq qilayotgan “Oyparcha”, “Nurali va Semurg‘”, “Oychinor”, “Jorxun maston”, “Kelinoy yoki Norguloy” dostonlari matnida qo‘llangan onomastik birliklarni tadqiq etish dissertatsiya mavzusining dolzarbligini ko‘rsatadi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling