92
Dardimni aytgani yo‘qdir hamroyim,
Posbonim o‘zing bo‘l Qo‘ng‘irot boyi.
Ushbu nom nafaqat toponim, balki etnonim ham bo‘lib,
bu nom etnonim
sifatida boshqa xalq dostonlarida, jumladan, “Alpomish”da ham uchraydi.
3. Boshqa tur onomastik birliklar guruhi. Qashqadaryolik baxshilar
tomonidan kuylangan xalq dostonlari matnida
uchraydigan turkiy qatlamga
mansub bo‘lgan etnonim, zoonim, gidroonim va b. onomastik birliklarni tahlil
qilishga harakat qilib ko‘ramiz.
O‘zbek etnonimi O‘zbek tilining izohli lug‘atida quyidagicha izohlanadi:
O‘ZBEK 1 O‘zbekiston Respublikasi tub aholisi (xalqi)ning nomi.
O‘zbek xalqi. O‘zbek millati.
2 Shu xalq (millat)ga tegishli, mansub.
O‘zbek xonadoni. O‘zbek tili
192
.
Turkman etnonimi O‘zbek tilining izohli lug‘atida
quyidagicha
izohlanadi:
TURKMAN 1 Turkmanistonning asosiy aholisini tashkil etuvchi xalq va
millat nomi. Turkman xalqi. Turkman millati (q. turkmanlar).
2 Shu xalq, millatga mansub, tegishli.
Turkman tili. Turkman
madaniyati
193
.
O‘zbek va turkman etnonimi “Nurali va Semurg‘” va “Jorxun maston”
dostonlari tilida qo‘llangan hamda bu millat vakillari birgalikda farovon hayot
kechirishgani ta’kidlangan.
Qashqadaryo xalq dostonlari
matnida nomi tilga olingan Jiyron,
Jiyronqashqa singari afsonaviy ot nomlariga O‘zbek tilining izohli lug‘atida
quyidagicha izoh berilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: