Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
III BOB. ONOMASTIK BIRLIKLARNING TARIXIY-ETIMOLOGIK
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
III BOB. ONOMASTIK BIRLIKLARNING TARIXIY-ETIMOLOGIK
TASNIFI, STRUKTUR TAHLILI VA LINGVOPOETIK XUSUSIYaTLARI 3.1. DOSTONLARDAGI ONOMASTIK BIRLIKLARNING TARIXIY - ETIMOLOGIK TASNIFI 3.1.1. Tarixiy-etimologik tavsif xususida Qashqadaryo vohasida yashovchi aholi uzoq va qadimiy tarixga ega. Ularning tillari ham murakkab rivojlanish jarayonini boshidan kechirgan. Bu yerdagi turkiy urug‘ va qabilalar tili ushbu hududlarda qadimiy davrlardan yashab kelgan eroniy tillar bilan aloqada bo‘lgan. Eroniy tillar bilan aralashgan qadimgi turkiy qabilalar tillari oltoy-mo‘g‘ul tillari bilan ham aloqada bo‘lgan. Bu aloqalar XIII asrda mo‘g‘ullarning O‘rta Osiyoni istilo qilishi davrlarida yanada kuchaydi. O‘rta Osiyoda arablar hukmronligi davrida o‘zbek-arab tillari aloqasi yuzaga keldi. Bu davrda arab tili davlat va din tili, fan va rasmiy yozishmalar tili sifatida keng tarqaldi. Arab tili mahalliy aholiga davlat va fan tili, ayniqsa, din tili sifatida majburan o‘qitildi. Shuning uchun ham mahalliy aholi o‘z ona tili bilan birgalikda arab tilida ham yozib, ham gaplashadigan darajaga yetishdi. 85 O‘zbek tiliga arab tili faqat din – islom tili sifatida emas, balki fan tili, rasmiy-idoraviy uslub tili, badiiy adabiyot tili sifatida ham ta’sir etdi. Arabcha so‘zlarning o‘zbek tiliga o‘zlashishi, asosan, o‘zbek-arab bilingvizmi davriga (VII-IX asrlar) to‘g‘ri keladi 189 . Tildagi o‘zgarish va rivojlanish tilning leksikasida, ayniqsa, kuchli bo‘ladi. O‘zbek xalqi tojik, qardosh turkiy xalqlar, shuningdek, tarixiy va siyosiy sabablar bilan bog‘liq holda arab va rus xalqi vakillari bilan qadimdan yaqin munosabatda bo‘lib kelganligi tarixdan ma’lum. Mustaqillikdan keyingi islohatlar o‘zbek tili lug‘at tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda, ya’ni ingliz, fransus, nemis, xitoy hamda boshqa tillardan ijtimoiy-iqtisodiy, fan-texnika, ta’lim va tibbiyot singari bir qancha sohalarga oid ko‘plab so‘zlar to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zbek tiliga o‘zlashmoqda. Shu sababli ham o‘zbek tili lug‘at tarkibi va uning leksik qatlamlarida muhim o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Onomastik birliklar, ya’ni antroponim, toponim, zoonim, etnonim va boshqa atoqli otlar, albatta, o‘zbek tili onomastikasining lug‘at tarkibini boyitishda hamda o‘zi mansub bo‘lgan tilning taraqqiyot manbalarini oydinlashtirish, bu tilining qadimda qaysi tillar bilan o‘zaro aloqada bo‘lganligini aniqlash jarayonida asosiy ko‘rsatkich vazifasini bajaradi. Atoqli otlarni tizim sifatida o‘rganishning eng samarali va natijador usullaridan biri onomastik birliklarni lug‘aviy qatlamlarga ajratishdir. Kelib chiqishi turkiycha bo‘lgan yoki asl turkiycha nomlar aslida boshqa tillardan o‘zlashgan o‘zlashma onomastik birliklarga nisbatan olinadi. Tilshunoslik ilmida kelib chiqishi bo‘yicha turli tillarga mansub, muayyan miqdorga ega bo‘lgan nomlarning turli tarixiy davrlarda til lug‘at tizimida o‘zlashishi lug‘aviy qatlamlar atamasi bilan yuritiladi. XIV-XV asrda O‘rta Osiyo hududida tashkil topgan Movarounnahr va Xurosonda turkiy tildan (o‘zbek) tashqari arab, fors-tojik hamda boshqa tillar 189 Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилилнинг лексик қатламлари. Тошкент, 1985. – Б.111. 86 ham faol qo‘llanilar edi. Bu davrda harbiy, asosan, turkiy tili bo‘lgan bo‘lsa, arab tili diniy va ilmiy til, fors tiliga esa she’riyat tili sifatida qaralar edi. Ma’lumki, uzoq vaqtlar davomida O‘rta Osiyo hududida turli xil millat va elatlar, shu jumladan, tojik va o‘zbek xalqi aralashib yashab keldi, shu bois temuriylar saltanatining ba’zi hududlarida ikki tillilik ham amal qilgan. Buni Hirot adabiy muhitida ijod qilgan ijodkorlar asarlaridan ham bilib olishimiz mumkin. Xullas, tilning onomastik tizimida lug‘aviy qatlamlar mavjud, biroq bu qatlamlar kelib chiqishi, shakllanish davri, o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra bir- biridan farqlanadi. Qatlamlanish o‘zbek tilining barcha sohalariga xos hodisa bo‘lib, o‘zbek tili onomastikasi ham bundan mustasno emas. R.Saydullaeva o‘zining dissertatsion tadqiqotida o‘zbek tili onomastikasi tizimida asosan uchta onomastik qatlam: 1. Turkiy (o‘zbek) onomastik birliklar qatlami; 2. Fors-tojikcha onomastik birliklar qatlami; 3. Arabcha onomastik birliklar qatlami mavjud ekanligini qayd etgan 190 . Qashqadaryo xalq dostonlari matnida uchraydigan onomastik birliklarni quyidagi ikki guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin: 1. O‘z qatlam nomlar. 2. O‘zlashma qatlam nomlar. “Oyparcha”, “Nurali va Semurg‘”, “Kelinoy yoxud Norguloy”, “Oychinor”, “Jorxun maston” dostonlaridagi onomastik birliklardan biri hisoblangan antroponimlarni o‘z va o‘zlashma qatlamlarga ajratib tahlil etganimizda, ulardagi antroponimik birliklar til va son jihatidan bir-biridan farqli ekanligi namoyon bo‘ldi. Ularni jadvalda quyidagicha guruhlash mumkin: Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling