Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hovdakning ko‘liga
DARBAND [f.]
– Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi qishloq. T.Nafasov lug‘atida qishloq nomi mahalliy aholi nutqida Derbent shaklida qo‘llanishi keltiriladi. Olim Darband toponim va geografik termin bo‘lib, tarkibida dara so‘zi borligini qayd etadi va shu asosda qishloq nomi Darbandni daraning qisiq joyi ma’nosini ifodalashini ta’kidlaydi 156 . Ikkovi Saramasga borib yashirinib turdi, kunning tuba-tubaga chiqayotgan vaqtda Oqdovondan yetti otli ot chopib o‘tdi. Darbandga qarab tashlab ketdi. (KN-72). HISOR [a.] – “o‘rab olmoq, chegaralamoq” ma’nolarini ifodalaydi. O‘rta Osiyo xonliklarida qal’a devori, devor bilan o‘ralgan shahar, tog‘li hududlardagi mudofaa istehkomi, tepalik hisor deya atalgan 157 . Mening otam nihoyatda do‘mbiraga qiziqqan, Hisor viloyatiga borib, bir do‘sti bilan mardikor ishlab qaytarida bozordan do‘mbira ham sotib olgan. (KN-41). QANDAHOR – Afg‘onistonning janubiy qismidagi shahar, Hindikush tog‘larining g‘arbiy etagida. Qandahor viloyatining ma’muriy markazi. Qandahor — qadimiy shahar. XII—XIII asrlarda yirik savdo markazi bo‘lgan. XIII asrda mo‘g‘ullar bosib olgan. XIV asr oxiridan Amir Temur va Temuriylar saltanati qo‘l ostida bo‘lgan. XVI—XVII asrlarda Qandahorni egallash uchun Eron shohlari sulolasi Safaviylar bilan Boburiylar o‘rtasida kurash bo‘lgan. XVII asr o‘rtalaridan Safaviylar qo‘l ostiga o‘tgan. 1738- yilda Qandahorni Eron shohi Nodirshoh Afshor bosib olib, vayron qilgan. Buzilgan shaharni Ahmadshoh Durroniy qayta tiklab Ahmadshoh deb atagan va 155 Нафасов Т. Қашқадарё қишлоқномаси. – Тошкент: Муҳаррир, 2009. – Б. 409. 156 Нафасов Т. Ўзбекистон топонимларининг изоҳли луғати. – Тошкент:Ўқитувчи, 1988. – Б. 57-58. 157 Ўзбекистон миллий энсиклопедияси.// WWW Зиёуз.ком кутубхонаси. Ҳ ҳарфи. – Б. –177. 69 1773 – 1774- yillarda Durroniylar davlati poytaxti bo‘lgan 158 . Bahorda yaylovi Ko‘ytanning beli, Qish kelsa manzili Malikning cho‘li, Qirq suruv moli bor biyam haydabdi, Qandahor cho‘poni sher Omongeldi. (KN-12). Qashqadaryo dostonlari matnida qo‘llangan gidronimlar. Gidronim termini O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘atida (yun. hudor – suv + onoma – atoqli ot) – suvlikdagi har qanday (tabiiy va sun’iy) obyektilarning (okeonim, pelagonim, limnonim, potamonim, gelonim) atoqli ot. Toponim turi sifatida izohlangan 159 . Biz tadqiq etayotgan Qashqadaryo xalq dostonlari matnida Hovdak ko‘li (O // KN, JM), Jayxun daryosi (NS), Jayxun oroli (NS), Amu // Amudaryo (JM), Zarchashma bulog‘i (JM), Oydin ko‘li (JM) kabi gidronimlar uchraydi. Bu gidronimlarning ba’zilari ushbu dissertatsiyaning o‘rganish obyekti bo‘lgan xalq dostonlarining barchasi tarkibida qo‘llangan. Hovdak ko‘li gidronimini tahlil qilishga harakat qilamiz, Umir shoir Safarovning “Oyparcha” dostonida ushbu ko‘l nomi keltirilgan bo‘lib, dostonda tasvirlanishicha, ko‘l nomi podshohning mahram beklari bilan ov qiladigan joyi sifatida keltiriladi. Bu ko‘l o‘rdak va so‘nalarga serobligi bilan mashhur bo‘lgan gidronimdir: Ot chopadi maydon, dashtlar, Mahram qo‘lida olg‘ir qushlar. Mingan bedoving beliga, Boshlab Hovdakning ko‘liga, Boshlab bordi mahram beklar, To‘g‘ri Hovdakning ko‘liga 160 . Qodir baxshi Rahimovning “Kelinoy yoki Norguloy” dostonidagi asosiy qahramonlardan biri hisoblangan Norguloyning ta’rif-u tavsifini ifodalashda 158 Ўзбекистон миллий энсиклопедияси.// WWW Зиёуз.ком кутубхонаси.Қ ҳарфи. – Б. 51–52. 159 Abatov D.R., Nurchayeva M. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan onomastik birliklar tadqiqi. // O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish masalalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Qarshi, 2022. – B. 213-215. 160 Умир шоир Сафаров. “Ойпарча”. Ўзбек халқ ижоди ёдгорликлари. Юз жилдли. 8-жилд. – Тошкент,2016. Б – 195. 70 baxshi aynan g‘ozlarning ko‘pligi va boshqa ko‘llardan shu xususiyati bilan ajralib turadigan Hovdak ko‘li nomini tilga oladi va Norguloyni shu ko‘lning g‘oziga tashbeh etadi. Sag‘ana otning ketishi, Tulkini quvgan toziday, Nishobga qo‘shilib tashlashi, Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling