Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

SHEROBODSurxondaryo viloyatidagi tuman, tuman markazi. 
Sheroboddaryoning o‘ng sohilida joylashgan. Sherobod ikki ming yildan 
ziyod tarixga ega. U Shahri Xaybar deb atalib, makedoniyalik Aleksandr
davrida ham mavjud bo‘lgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, Sherobod 
yonidagi Jondavlattepa mil. av. VI—V asrlarga, Sherobodning shimoliy 
chekkasidagi Kofirqal’a shahar xarobasi (mayd. 14 ga) mil. I asrga oid, 
uning arkida o‘rta asrlarda ham hayot davom etgan. V.V.Bartoldning
taxminicha, Sherobod hozirgi nomini XVIII asr boshlarida olgan bo‘lib,
Sherobod daryoning o‘ng sohilida qal’a qurgan o‘zbeklarning qo‘ng‘irot 
qabilasi hukmdori Sher Ali nomi bilan atalgan. Mahalliy rivoyatga ko‘ra, 
«Sherobod» atamasi «Shorabot» — bosh rabot, bosh bekat ma’nosini
bildiradi. XIX—XX asr boshlarida Sherobod Buxoro amirligiga qarashli beklik 
markazi bo‘lgan
152
. Ushbu toponim Qodir baxshi Rahimovning “Kelinoy yoki 
Norguloy” dostoni matnida uchraydi. So‘ltoq boylarning mollarini o‘g‘irlab 
G‘uzor, Sherabod bozorlariga sotar, shu bilan kunini o‘tkazib yurar edi.
(KN-6).
QO‘QON – Farg‘ona viloyatidagi shahar. Farg‘ona vodiysining g‘arbiy 
qismida, So‘x daryosining quyi qismida joylashgan. Mahalliy tarixchi va 
arxeologlarning yozishicha, shaharning yoshi ikki ming yildan oshgan. Shahar 
nomi etimologiyasi haqida turli qarashlar mavjud. Ishtarxiy va Ibn Havqal 
asarlarida Xavoqand shaklida ishlatilgan. Undan tashqari “balandlikdagi 
shahar”, “hular shahri” (ya’ni “hu (ku) qabilasi yashagan shahar”) singari 
variantlar ham mavjud. Qadimgi Xitoy manbalarida Go‘yshan, Xo‘jand tarzida 
keltirilgan. Shahar Xitoy va Hindistonga boriladigan karvon yo‘lida joylashgan. 
151
Ўзбекистон миллий энсиклопедияси.// WWW Зиюз.ком кутубхонаси. Т ҳарфи. – Б. – 310. 
152
Ўзбекистон миллий энсиклопедияси.// WWW Зиюз.ком кутубхонаси. Ш ҳарфи. – Б. – 113. 


67 
XII asrlarda mo‘g‘ullar Qo‘qonni butunlay vayron qilishgan. XVIII asrgacha 
aholi yashaydigan kichik maskan sifatida mavjud bo‘lgan. 1709 -yilda Qo‘qon 
xonligi tashkil topgan. 1911- yilda Eskiqo‘rg‘on qal’asi o‘rnida hozirgi Qo‘qon 
shahriga asos solingan
153
. Qo‘y haydadim Qo‘qonga, Ot boyladim do‘konga, 
Pachkamar eli qurisin, Qiz bermaydi cho‘ponga. (KN-21). 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling