Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
BIBI MARYAM [o‘z.] – bayram (hayit) kuni tug‘ilgan qiz.
“Qur’on”da tilga olingan taqvoli, siddiqa ayol, Iso payg‘ambarning onasi. Musulmonlar uchun u eng mo‘mina ona, jannatdagi ayollarning rahnamosi. Turkistonda Maryamga hurmat yuzasidan “Bibi” atamasi qo‘shib aytiladi. “Qur’oni Karim”ning “Maryam” deb atalgan 19-surasida u haqida rivoyatlar keltiriladi. Bibi Maryam xristianlikdagi Mariyaga to‘g‘ri keladi 140 . Qora baxshi Umirovning “Nurali va Semurg‘” dostonida teriga solib cho‘lda qoldirib ketilgan Nurali bilan Qubbonoy hushiga kelavermagach yuragidan oh urib, osmonga qarab, ollohning buyuk ekanligi ta’kidlab, u zotning oldida hammaning ojiz ekanligni aytib, buyuk payg‘ambarlar-u ularning ahli oilasi nomlari bilan Semurg‘ bir so‘z aytib turgan ekan: Arshi kursi, Muhi kalom yaratding, Yer-u ko‘kni qudratingga qaratding, Sakkiz behisht, yetti do‘zax yaratding, Ber murodin, bandang ojizdir senga. Barchaning otasi Odam hurmati, Muso bilan Iso, Maryam hurmati, Payg‘ambar sardori Hotam hurmati, 139 Қора бахши Умиров. Нурали ва Семурғ. – Қарши, 2016. –Б. – 120. 140 Ўзбекистон миллий энсиклопедияси.// WWW Зиёуз .Б ҳарфи 185-186-бетлар 53 Ber murodin, bandang ojizdir senga (N S -88) 141 . 2. “Jorxun maston”, “Kelinoy yoki Norguloy”, “Nurali va Semurg‘” hamda “Oyparcha” dostonlarida qo‘llanilgan laqab nomlar. Yuqorida nomi tilga olingan dostonlar tilidagi antroponimlarning ma’lum qismi laqab bilan birgalikda qo‘llangan: Og‘a Yunus pari (JM // NS ), Misqol pari (JM // NS), Xo‘ja Yusuf domla (JM), Yoqub pahlavon (JM), Bobo Zangi podachi (JM // NS), G‘anibek (Jorxun maston), Donish vazir (JM), Bek Shodmon (JM), Asad mergan (JM // NS), Shodmon mergan (JM // NS //O), Ashurbek sardor (JM //NS), Sayxun usta (JM), Rustami Doston (JM), Shukurali boy (KN), Kelinoy (KN), So‘ltoq (Rahmat) o‘g‘ri (KN), G‘ulom cho‘pon (KN), Omongeldi cho‘pon (KN), Jopsok cho‘pon (KN), Sherdan boy (KN), Dona cho‘pon (KN), Nazar cho‘pon (KN), Rajab cho‘pon (KN), Xoliyor cho‘pon (KN), G‘ulom cho‘pon (KN), Sherna baxshi(KN), Xalil mergan (KN), Ermat boy (KN), Sherali cho‘pon (KN), Xoliyor baxshi (KN), Xudoyberdi boy (KN), Hazratqul kalxat (KN), Janda mirzo (KN), Halim mergan (KN), Abdulla sher (KN), Go‘ro‘g‘li sulton (JM // NS), Ali mulozim (NS), Gali mulozim (NS), Ma’murxon podsho (NS), Vali vazir (NS), Haydar cho‘pon (NS), Qodir baxshi (NS), Qora baxshi (NS), Ko‘char ko‘r (NS), Shermon mahram (NS), Farmon mahram (NS), Uldan cho‘ri (NS), Guldan cho‘ri (NS), Guloyim gul pari yoki tul pari (NS), Malin savdogar (NS), O‘tan o‘tinchi (NS), Malin juhid (NS), Mengtosh jodugar (NS), Jang‘il jag‘-jag‘ (NS), Chori chaqqon (NS), Durbek dobilboz (NS), Yoqub bayroqdor (NS), Qoraxon botir (NS), Shodmon chakamon (NS), Yusuf nayzaboz (NS), Ko‘nak yoyandoz (NS) , Qarag‘ay mergan (NS), Shoniyoz podsho (O), Olovxo‘ja eshon (O), Vazirsho vazir (O), Ovul mergan (O), Chuvdali so‘fi (O), Malla sabzifurush (O), Marday manqa (O), Rahmat ergashish (O), Mirza achish (O), Bekmirza belchishma (O), Farmon podachi (O), To‘njurxon mahram 141 Abatov D.R., Nurchayeva M. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan onomastik birliklar tadqiqi. // O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish masalalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Qarshi, 2022. – B. 213-215. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling