Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Karim
BARCHIN [o‘z.] (Barchinoy, Oy Barchin, Gul Barchin, Barchin suluv) 
– 
shoyi mato, ipak mato, parchin yoki balchin – barchin – go‘zal, zebo qiz.
«Alpomish» dostonidagi yetakchi obrazlardan. Boysarining qizi. Alpomishning
sevgilisi. Barchin mard va dovyurak qiz. U xalq og‘zaki ijodidagi
qahramonlik eposiga xos botir (alp) qiz haqidagi an’anaviy obraz
hisoblanadi. Turkiy xalqlar Barchin obrazi orqali xotin-qizlarga o‘z samimiy 
munosabatlari, katta e’zoz va hurmatlarini bildirganlar, ayollar ham yuksak 
insoniy qudrat va shon-sharafga ega ekanligini kuylaganlar. Ba’zi tarixiy 
rivoyatlarda Barchin o‘g‘uz qabilalariga beklik qilgan ayol. Bugungi kunda bu 
nom poetonim sifatida zamonaviy adabiy turlarga mansub bo‘lgan she’riy, 
nasriy, dramatik asarlardan ham joy olgan. Xususan, bu nom turli-tuman 
lingvopoetik va uslubiy vazifalarni bajarish uchun ham xizmat qilib kelmoqda. 
“Endi cho‘ponlar, ko‘nsanglar shul Norguloy So‘ltoqniki bo‘ldi, qolgan 
cho‘ponlar oy Barchinni ololmagan to‘qson alpday bo‘lib qoldi”, – dedi Dono 
cho‘pon.
(KN-55). 


60 
 
LAYLI [a.]
tunda tug‘ilgan qiz yoki nilufar (savsan)dek go‘zal qiz.
Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan folklor hamda yozma shakldagi 
adabiy yodgorlik hisoblangan “Layli va Majnun” dostonining asosiy 
qahramonlaridan biri. 
Layli nomi “Kelinoy yoki Norguloy” dostoni matnida ham Majnun nomi 
bilan birgalikda qo‘llanilgan va bu nomni bugungi kunda haqiqiy ishqqa sodiq 
insonlar, hijron, ishq-muhabbat ramzi deb hisoblashadi, shu sababdan Layli 
nomi ko‘plab ijodkorlar asarlariga poetonim sifatida ko‘chgan. Oppoq 
siynangni ko‘rganda, Tohir Zuhrodan qochguday, Ochsang ko‘ylakning 
yoqasin, Majnun Laylidan kechguday. (KN-47). 
HASAN [a.] – yaxshi, tuzuk; chiroyli. Ba’zi manbalarda ezgulik; fasohat 
ma’nolarni anglatishi qayd etilgan. “Jorxun maston”, “Nurali va Semurg‘” 
dostonlaridagi 
asosiy 
qahramonlardan 
birining 
nomi. 
“Go‘ro‘g‘li”
turkumidagi dostonlarda Go‘ro‘g‘lining asrandi o‘g‘li deb ta’kidlangan. Bu 
nom xalq dostonlari namunalarida oliyjanob, mard va adolatli shaxs sifatida 
tilga olingan. “Ravshanxon” dostonida uch oylik yo‘lni yigirma kunda bosib 
o‘tib qahramonlik ko‘rsatgan. “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi barcha dostonlar 
matnida Hasanxon nomi uchraydi. Duch kelganni jolmab tutsa, 
Dushmanlarning kuni bitsa, Sermab osmon-ko‘kka otsa, Hasanxon bobong 
shul bo‘ldi. (NS-159). 
Xalq dotonlari tilida qo‘llangan Rustami Doston, Yusuf, Tohir, Zuhra, 
Majnun, Layli, Barchin, Hasan, Husan singari kishi nomlarining ma’lum bir 
maqsad yoki niyatni ifoda etishi hamda bu nomlarning keyingi davrlarda 
yaratilgan badiiy asarlarga ko‘chishida, shubhasiz, baxshilarning xizmati katta. 
4. “Jorxun maston”, “Kelinoy yoki Norguloy”, “Nurali va Semurg‘” va 
“Oyparcha” dostonlari tilida qo‘llangan diniy-situativ nomlar. Qashqadaryolik 
baxshilar dostonlari tilida bunday nomlar ham qo‘llanganini kuzatdik: Misqol 
pari (JM // NS), Og‘a Yunus pari (JM // NS), G‘ani mullabachcha (Jorxun 
maston), Xo‘ja Yusuf domla (JM), Xo‘jayi Xizir // Xidir(a.s.), Yusuf payg‘ambar 


61 
(NS), Muso (NS), Iso (NS), Maryam (NS), Muhammad (NS), Hotam (NS), Odam 
(NS), Karim (NS), Rahim (NS), Jabbor (NS), G‘affor (NS), Qahhor (NS), Sattor 
(NS), Xo‘jamuhammad (KN), Olovxo‘ja eshon (O), Chuvdali so‘fi (O) kabi. 
Odatda Qashqadaryo xalq dostonlari matnida asar qahramonlari o‘zlarining 
mushkul damlarini unutishi uchun hamda hayotida yaxshilik, ishlarida 
rivojlanish, sog‘lig‘ida tiklanish bo‘lishini xohlashganligi bois ollohga va uning 
payg‘ambarlariga, farishtalarga, o‘zlari sig‘inadigan eshon-u mullalarga, 
pirlarga yordam so‘rab murojaat qilgan. Ana shunday vaziyatlarda diniy-situativ 
nomlarga duch kelamiz. Buni quyidagi misollar orqali ham ko‘rishimiz mumkin: 
Sen Karimsan, ham Rahimjon, yo Jabbor
Bir oting G‘affordir, bir oting Qahhor
Bir oting Samaddur, bir oting Sattor
Ber murodin, bandang ojizdir senga. 
Barchaning otasi Odam hurmati, 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling