Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

SAMARQAND [mo‘g‘.] – Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning 
ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Ushbu nom Qodir baxshining 
“Oychinor” dostonida Bobur bilan bog‘liq voqealar tasvirida tilga olinadi. Bizga 
ma’lumki, Samarqand eng qadimgi shaharlardan biri bo‘lib, 2700 yildan ortiq 
tarixga ega. Bu shahar miloddan avvalgi IV asrdan milodiy VI asrgacha Sug‘d 
davlatining poytaxti bo‘lgan. Arxeologik qazishmalardan ma’lum bo‘lishicha, 


65 
yuqori paleolit davrida ham Samarqand hududida odamlar yashagan. Rim 
tarixchisi Kvint Kursiy Rufning (miloddan avvalgi I asr oxiri – miloddan 
avvalgi I asr) yozishicha, Samarqand qal’asi devorining aylanasi taxminan 10,5 
km bo‘lgan. Miloddan avvalgi 329-yilda makedoniyalik Aleksandr (Iskandar 
Maqduniy) qo‘shinlari Samarqandni vayron qilgan
149
. Keyinchalik ham bu 
shaharga ko‘plab bosqinchilar hukmronlik qilishgan. Masalan, arablar, 
mo‘g‘ullar, shayboniylar kabi.
TANGIHARAM – Qashqadaryo viloyatidagi Dehqonobod tumanining 
eski nomi. Professor T.Nafasov ushbu toponimni ikki morfemaga ajratadi: 
tangi+haram. Olimning “Qashqadaryo qishloqnomasi” kitobida nom to‘g‘risida 
quyidagi ma’lumotlar berilgan: “Tangiharam – Dehqonobod tumanidagi sobiq 
qishloq. Tarkibi: tangi+haram. Tog‘li tumanlar aholisi nutqida tangi – ikki 
tomoni tog‘ning tik tizmasi singari baland qirdan iborat bo‘lib, o‘rtasi soylikdan 
iborat bo‘lgan daraning tor, siqiq joyi. Haram – muqaddas joy, boylar qasri. 
Daraning tor joyidagi ziyoratgoh (qadamjo) yonida bunyod bo‘lgan qishloq – 
Tangiharam”
150
. So‘ltoq bir oh tortib: “Hay mayli, aytsam-aytayin, Mening 
otam ham, onam ham asli Tangiharamdan. Oldingi ocharchilik davrida ish 
qarab, onam meni ko‘tarib, otam uch ko‘rpani ko‘tarib Sherobodga qarab 
piyoda ketgan”, – dedi. (KN-54).
ANGOR – hozirgi Surxondaryo viloyatidagi shaharcha. Angor tumani 
markazi. Manbalarda ko‘rsatilishicha, Angorda miloddan avvalgi VI – IV
asrlarda aholi yashash manzilgohlari bo‘lgan. Termiz viloyatining Angor tumani 
nomini bir zamonlar Zangar deb aytar edi. Shu Zangarda bir podsho o‘tgan 
edi. Shu podshoning otini Shoniyoz podsho deyardi. O‘zi shunday katta podsho 
bo‘lsa ham xotini ko‘p edi. (O-190). 
TERMIZ – Surxondaryo viloyatidagi shahar. Qadimgi Sharq 
svilizatsiyasining shakllanishida Termizning o‘ziga xos o‘rni bor. Tarixiy 
149
Ўзбекистон миллий энсиклопедияси.// WWW Зиёуз.ком кутубхонаси. С ҳарфи. 96-97-бетлар. 
150
Нафасов Т. Қашқадарё қишлоқномаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1988. 


66 
manbalar va arxeologik qazishmalar ma’lumotlariga ko‘ra shaharga miloddan 
avvalgi 1-ming yillikning o‘rtalarida asos solingan
151
. Umir shoir Safarovning 
“Oyparcha” dostonidagi voqealar aynan shu shaharda bo‘lib o‘tgan.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling