Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
QARSHI [mo‘g‘.] – ko‘shk, saroy. Qashqadaryo viloyati markazi. Qarshi
miloddan avval ham aholi yashash manzilgohi bo‘lgan. Uzoq o‘tmishda Bolo, Nashebolo, o‘rta asrlarda Nasaf, Naxshab deb atalgan. Arab, ayrim fors qo‘lyozma manbalarida Nasaf Naxshabning o‘zgartirilgan, arab tiliga moslangan shakli deb qayd etilgan. Qarshi nomi XIV asr boshlaridan ma’lum. XVII asr tarixchisi Mahmud ibn Valining aytishicha, “Kepakxon mo‘g‘ul u yerda bir ko‘shk qurgan edi va mo‘g‘ul tilida ko‘shkni Qarshi ataganlari uchun o‘sha vaqtdan boshlab ul shahar Qarshi nomi bilan mashhur bo‘ldi 154 . Qarshilar bilan G‘uzora, Borguncha olti guzara, Bo‘yningda kuyov munchog‘ing, Qandaylar yigit uzara. (KN-50). G‘UZOR – Qashqadaryo viloyatidagi G‘uzor tumani markazi, shahar. Professor T.Nafasov viloyatlar qishloqlari haqidagi kitobida G‘uzor toponimi to‘g‘risida quyidagilarni yozadi: “G‘uzor – tuman (1926), shahar (1977). Qadimgi turkiy toshbitiklarda Xuzor/Xuzar/Xazar tarzida bitilgan nomning tarkibi, ma’nosi, qaysi tilga mansub so‘zligi noaniqroq. Muhimi – bu nomning Xuzor/Xuzar/Xazar tarzida V – VII asr qadimgi turkiy yodnomalarda bitilgani va turkiy xalqlar yashaydigan eng chekka hududdagi shahar nomi sifatida izoh berilganidir. Xalq rivoyatlarida turlicha izohlanib keladi: xuk+zor – cho‘chqa yo‘llari bo‘lgan joy. Yoki mo‘g‘ulcha gazar (tal gazar) – cho‘l, dasht joy; xal gazar – eng chekka joy. Bu izohlarning hammasini ilmiy izoh deb bo‘lmaydi. G‘uzor nomi turkiy xazar etnonimi bilan bog‘liq bo‘lishi haqiqatga yaqinroq. Xazar/hazar – qadimgi turkiy qabila, xalq nomi. Xazar/Hazar qabilalar ittifoqi 153 Ўзбекистон миллий энсиклопедияси.// WWW Зиёуз.ком кутубхонаси. Қ ҳарфи. – Б. – 465-466. 154 Ўзбекистон миллий энсиклопедияси.// WWW Зиёуз.ком кутубхонаси. Қ ҳарфи. – Б. – 73. 68 yaqin o‘tmishda Afg‘oniston hududida yashaganligi ma’lum. Kavkazda – Kaspiy dengizi atrofida o‘tmishda Xazar davlati bo‘lgan. Kaspiy dengizi Xazar dengizi deb ham atalgan. O‘zbekistonning turli tuman va viloyatlarida Xazara, G‘azara, G‘azira, Hazira, Hazora, Hazara kabi tovush qiyofasida farqlanadigan qishloq nomlari bir nechta. Shu nomlar ham G‘uzor nomi bilan adashlikka ega. Qadimgi turkiy qabila, xalq nomidan G‘uzor nomi yaralgan” 155 . Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling