Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
Hovdak ko‘llarnin g‘oziday
161 . Qodir baxshi Rahimovning “Jorxun maston” dostonida ham Hovdak ko‘li nomi tilga olingan bo‘lib, bunda ham bu ko‘l yuqoridagi folklar asarlari matnidagi singari ko‘plab parrandalarning makoni sifatida qayd etiladi hamda asar qahramonlaridan biri Avazxonning o‘g‘li Nuralining soxta do‘sti G‘ani, ya’ni Jorxun mastonning maslahati bilan bobosining otini minib ushbu ko‘lga ovga borishi va mastonlar qo‘liga asir tushishi tasvirlanadi. “Nurali va Semurg‘” dostonida Jayxun daryosi nomi tilga olinadi va bu daryo asar qahramonlarining boshiga turli azoblarni solishi aytiladi. Doston qahramoni Nurali va oila a’zolarini Jayxun daryosi o‘zanidan toshib oqizib ketadi, shunda Nurali “izg‘in tortib jilab, o‘limini tilab, Jayxunga qarab, Qubbonoy va Jahongirning sog‘lig‘ini so‘rab, ikkovini, Jayxun, senga topshirdim”, – deb zor-zor yig‘lab, Jayxundan ularning joniga zomin bo‘lmaslikni yolvorib so‘raydi. Asarda Nuralining shu so‘zlarni aytib kelayotgan joyi: Moziylardan tarix degan noming bor, Hech kim bilmas o‘tkir tig‘li daming bor, Odam chiqmas burum-burum guming bor, Ikkovini, Jayxun, senga topshirdim. Ikkovini berdim senga omonat, Omonatga qilmagaysan xiyonat. Ikki jonni saqla sog‘-u salomat, 161 Қодир бахши Раҳимов. “Келиной ёки Норгулой”. Қарши давлат университети нашриёти. 2011. Б- 71. 71 Ikkovini, Jayxun, senga topshirdim 162 . “Nurali va Semurg‘” dostonida Jayxun gidronimi daryo va orol singari suv inshooti nomi hamda mamlakat nomini ifodalsh uchun xizmat qilganiga ham guvoh bo‘ldik. “Oyparcha”, “Nurali va Semurg‘”, “Kelinoy yoki Norguloy”, “Jorxun maston” va “Oychinor” dostonlari matnida oronimlar ham qo‘llanilgan. Oronim termini “O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati” 163 da (yun. opo – tog‘ +onoma – atoqli ot) – yer yuzasi relefidagi bo‘rtib, ko‘tarilib chiqqan har qanday baland joylar (tog‘, qir, tepa, cho‘qqi, dovon va b.) atoqli oti. Toponim turi sifatida izohlangan 164 . Dostonlar matnida Sunduz (NS // JM), Ko‘hi Qof (NS // JM), Shiram (NS), Asqar (NS, JM), Kerga (NS), Qulon (O), Polapon (JM), Junxay (JM), Oqbosh (KN), Oqbet (KN), Oqtog‘ (KN), Oqdovon (KN), Chakchak (KN), Hisor (KN) singari tog‘ nomlari uchraydi. Ba’zi tog‘ nomlarining izohini berishga harakat qildik. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling