Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Sarv oy boshida katta to‘g‘ol bor.  Sarv


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

Sarv oy boshida katta to‘g‘ol bor. 
Sarvda oy bilan Hulkar tug‘ilar
169

Qodir baxshi Rahimovning “Kelinoy yoki Norguloy” dostonida Hulkar 
va Yetti qaroqchi yulduzlar nomi keltiriladi: 
Osmondagi hulkarlar, 
Norgul holiga yig‘ladi, 
Yetti qaroqchi So‘ltoqqa, 
Yordam qilgali tayladi
170

Ushbu matnda Yetti qaroqchi yulduzi asar qahramoni So‘ltoqqa Kelinoyni 
o‘g‘irlash uchun ko‘mak bermoqchi ekanligi qayd etilgan. Baxshi astronimlar va 
167
Abatov D.R., Nurchayeva M. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan onomastik birliklar tadqiqi. // 
O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish masalalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – 
Qarshi, 2022. – B. 213-215. 
168
Abatov D.R., Nurchayeva M. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan onomastik birliklar tadqiqi. // 
O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish masalalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – 
Qarshi, 2022. – B. 214. 
169
Қора бахши Умиров. Нурали ва Семурғ. –Қарши, 2016. Б – 91. 
170
Қодир бахши Раҳимов. “Келиной ёки Норгулой”. Қарши давлат университети нашриёти. 2011. Б- 71. 


75 
insonlar suhbati asnosida asarga jonli suhbat manzarasini berishga harakat 
qilgan. 
Qora baxshi Umirovning “Nurali va Semurg‘”, Qodir baxshi 
Rahimovning “Jorxun maston” hamda Umir shoir Safarov dostonlari tilida 
Savr (NS // JM // O ) astronimi qo‘llangan. Savr  astronimi o‘zbek tilining izohli 
lug‘atida quyidagicha izohlanadi: 
SAVR [a. buqa, ho‘kiz] 1 (S katta) astr. O‘n ikki burjning biri, Hamal va 
Javzo burjlari o‘rtasida joylashgan.
2 Shamsiya yil hisobida ikkinchi oyning arabcha nomi (22 aprel — 21 
may davriga to‘g‘ri keladi). Savr kirdi, ekinlarga davr kirdi. Maqol. 
Momaqaldiroq gulduragi, savr oyining beqaror yomg‘irlari yurakka to‘lqinlik 
beradi. «Saodat». Savr edi. Havo g‘amzada. «Yoshlik»
171
. Ushbu izohdan 
bilishimiz mumkinki, qadimdanoq turkiy xalqlar yuzduzlardagi o‘zgarishlarga 
qarab ekin ekish, yo‘lga chiqish, hosilni yig‘ishtirish singari mashg‘ulotlarini 
rejalashtirgan, ya’ni yulduzlarga kelajakdan darak beruvchi vosita sifatida 
qarashgan. Biz tadqiq etayotgan dostonlar matnida ham Savr yulduzining ko‘kda 
namoyon bo‘lishi yomg‘irli mavsumning boshlanishidan darak ekanligi qayd 
etilgan. 
Savr kirsa bulut barin tog‘ olar, 
Shu bulutdan kuchli yomg‘ir yog‘ilar. 
Qodir baxshi Rahimovning “Jorxun maston” dostonida esa Go‘ro‘g‘li va
Avazxonning Gapsarshoh qo‘shinlarining boshiga qirg‘in solishi jarayonida 
dushman askarlari qonining tog‘dan oqishi Savrda yog‘gan selga o‘xshatilishi 
misolida bu astronimning badiiy tashbehni vujudga keltirishida asos bo‘lib 
xizmat qilganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Ne bir sherlar hayqirib,
Bir-birini chaqirib, 
Savrdagi selday bo‘b, 
171
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Беш жилдли. 3-жилд. – Тошкент, 2006. –Б. 417. 


76 
Qonlar oqdi sharqirab
172

Qora baxshi Umirovning “Nurali va Semurg‘” dostoni matnida Hamal 
(NS), Hut (NS) singari astronimlar qo‘llangan. Hamal va Hut astronimlari
o‘zbek tilining izohli lug‘atida quyidagicha izohlanadi: 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling