Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
XIZIR [a.] –
islom rivoyatlaridagi shaxs, taqvodor inson. Xizir “Qur’on”da tilga olinmagan, lekin ulamolar “Qur’on”da «Allohning quli» nomi bilan tilga olingan shaxsni Xizir deb talqin qiladilar. Xizirga odamlarda Allohga bo‘lgan e’tiqodni qo‘llab turish uchun Iso, Idris singari abadiy hayot ato etilgan, shu sababli ham Xizir boqiy hayot degan qarashlar mavjud va mardlarning yo‘ldoshi va rahnamosi sifatida talqin qilinadi. Jilovni ushlab qo‘liga, Tushdi yorining yo‘liga, Qaramay o‘ng-u so‘liga, Yo‘ldoshim bo‘lsin Xizir deb, Mindi otning beliga. (NS-20). Umuman olganda, teonimlar miqdori xalq dostonlari matnida juda ko‘p miqdorda bo‘lmasa-da uchraydi. Qashqadaryo xalq dostonlarini tadqiq qilishda ko‘pincha teonimlar chigal vaziyatga tushib qolgan qahramonlarning ulardan madad so‘rab, marhamat kutgan paytdagi nutqida qo‘llangan o‘rinlarga duch keldik. “Nurali va Semurg‘” dostonida demononim ham qo‘llangan. Demononim – iblis, shayton; jin kabilarga berilgan maxsus nom 184 . “Nurali va Semurg‘” dostoni matnida Xonnoz nomi uchraydi. Bu nom “shaytonning o‘g‘li” sifatida izohlangan, shuning uchun biz ushbu nomni demononim sifatida qayd etdik. Nurali o‘rtadan nasiyasi naq bo‘lib, dumog‘i juda choq bo‘lib, o‘ziga ko‘ngli to‘q bo‘lib, sevinganidan o‘zida yo‘q bo‘lib, uylariga kelib shu kecha 183 Қора бахши Умиров. Нурали ва Семурғ. –Қарши, 2016. Б – 5. 184 Теория и методика ономастических исследований. С. 9-10. 82 uxlolmay yotdi, ertalab tong otdi, onasidan oldin turib kiyinib uydan chiqib ketdi, ana-mana deguncha, ikki kampir bir shaftolini yeguncha, Xannozning tozisiday jalanglab sayl bog‘ning yo‘liga yetdi 185 . Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan abionimlar. Abionim termini “O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati”da tabiiy yoki notabiiy (inson tomonidan yaratilgan) jonsiz obyektilar, narsalar, hodisalarning atoqli oti sifatida izohlangan 186 . Xalq dostonlari matnida abionimlar juda faol bo‘lmasa-da, qo‘llanganining guvohi bo‘ldik. Jumladan, Qodir baxshi Rahimov kuylagan “Jorxun maston” dostonida Misqol pari bog‘i, Og‘a Yunus bog‘i, “Nurali va Semurg‘” dostoni matnida esa Eram bog‘i singari abionimlar uchraydi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling