Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
ERAM [a. — Sharq mifologiyasida: Yamanda podshoh Shaddod tomoni dan bunyod etilgan afsonaviy bog‘]: bog‘i eram yoki eram bog‘i. Go‘ro‘g‘li sulton Eram bog‘idan Yunus parini, Ko‘hi Qofdan Misqol parini olib kelib xotinlikka ko‘ndirdi. (NS-5). Qashqadaryo xalq dostonlari matnida miqdor jihatdan juda kam bo‘lsa- da, godonimlar ham uchraydi. Godonim termini “O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati”da (yun.obo – ko‘cha, yo‘l +onoma – atoqli ot) – shahardagi liniyali obyektilar (shoh ko‘cha, ko‘cha, tor ko‘cha, bulvar, xiyobon, suv qirg‘oqlari, sohillari va b.) atoqli oti. Urbanonim turi sifatida izohlangan 187 . Qodir baxshi Rahimov kuylagan “Jorxun maston” dostonida Gulzor ko‘cha godonimini uchratdik 188 . GULZOR [f.] – Gul bilan qoplangan joy. “Jorxun maston” dostoni matnida uchraydigan ko‘cha nomi. Bu so‘zlarni Avaz Nuralibekka aytdi. Nurali ham bu so‘zlarni bilib, duoni, nasihatni olib, olqordek bo‘lib, ikki ko‘zi yonib, 185 Қора бахши Умиров. Нурали ва Семурғ. –Қарши, 2016. Б – 7 186 Бегматов Е., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати. – Наманган, 2006. Б-11. 187 Бегматов Е., Улуқов Н. “Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати”. – Наманган, 2006. Б.26. 188 Қодир бахши Раҳимов. “Жорхун мастон”. // WWW Зиёуз.ком кутубхонаси.– Б. – 56. 83 ko‘ngli ko‘tarilib, Gulzor ko‘chadan o‘tib, Charmgarga yetib qarasa, G‘anibek ham tayyor bo‘lib yo‘lda turibdi. (JM-56). Bob bo‘yicha xulosa 1. Xalq dostonlari onomastikasi, shu jumladan, antroponimlarga bag‘ishlangan ishlarda kishi nomlari 1) tarixiy shaxslar nomlari, 2) dostonlar tilida qo‘llangan laqab nomlar 3) dostonlar tilida qo‘llanilgan badiiy qahramon nomlari, 4) dostonlar tilida qo‘llanilgan mifik va diniy-situativ nomlar kabi lug‘aviy-ma’noviy guruhlarga ajratilgan. Qashqadaryo xalq dostonlaridagi onomastik birliklar ham xuddi shunday lug‘aviy-ma’noviy guruhlarga ajratib tahlil qilindi. 2. “Jorxun maston”, “Kelinoy yoki Norguloy”, “Oychinor”, “Nurali va Semurg‘” hamda “Oyparcha” dostonlari tilidagi antroponimlarning ma’lum qismi laqab bilan atalgani dostonlar matnida uchraydigan nomlar tarkibidagi og‘a, pari, cho‘ri, usta, mergan, sardor, yayondoz, jag‘-jag‘, botir, nayzaboz, bayroqdor, chaqqon, maston, doston, boy, kalxat, sher, o‘g‘ri, vazir, domla, pahlavon singari apellyativlar shaxs nomlari bilan birgalikda qo‘llanilib, laqab nom maqomiga o‘tganligi aniqlandi. 3. Qashqadaryo xalq dostonlari tilidagi toponimlar real yoki norel toponim sifatida ajratilib, real toponimlar alohida tahlilga tortilgan. Ba’zi noreal toponimlarning ham doston voqealaridan kelib chiqib joylashuv o‘rni aniqlangan. 4. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan boshqa tur onomastik birliklar, jumladan, zoonim, etnonim, oronim, astronimlar ham alohida tahlilga tortilib, matn badiiyligini oshirishdagi o‘rni haqida atroflicha fikr bildirildi. 5. Dostonlar tarkibida qo‘llangan ba’zi onomastik birliklar bir paytning o‘zida birdan ortiq nominativ vazifani bajara olishi tahlillar orqali isbotlandi. 84 6. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida uchragan antroponim, toponim, zoonim va boshqa onomastik birliklar keyingi davrlarda yaratilgan badiiy matnlar uchun boy manba bo‘libgina qolmasdan, ularga turli xil uslubiy-estetik bo‘yoq ham bera olishi misollar bilan dalillandi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling