Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
doston lotin so‘nggi (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jayron qashqa
Tanglayimda qotdi qizil tillarim.
Qarsillaydi sinar bugun bellarim, Alvido, qol, turkman, o‘zbek ellarim, Sen yo‘g‘ingdan, men borimdan ayrildim 178 . Qashqadaryo dostonlari matnida bir qator zoonimlar ham qo‘llangan. Izohli lug‘atda zoonim zoo… + yun. onuma — nom, ism ma’nolarini anglatishi qayd etilgan. “Hayvon nomlariga aloqadar so‘zlar” tilshunoslikda shu termin bilan nomlanadi 179 . Biz tadqiq etayotgan folklor asarlari matnida Jayron qashqa (KN), Bo‘yra biya (KN), Qarri to‘ri (KN), Bo‘z (KN), Olmako‘z (KN), To‘ri ola oyoq (KN), Ko‘k qashqa (KN), Ko‘kchil inak (KN), Boychibor // Chibor (KN), Jiyron ot // Jiyron qashqa (KN), G‘irot//G‘ir (NS //JM), Majnunko‘k (JM), Oqbo‘z (KN), Chavkar ko‘k (NS), Tarlon ko‘k (NS), Saman (NS), G‘irko‘k (NS // JM), Semurug‘(NS //JM) singari zoonimlar uchraydi. “Nurali va Semurg‘” dostonidagi asosiy qahramon hisoblangan Go‘ro‘g‘li bor nasihatlarini aytib, Nuralidan borar joyini so‘radi. Nurali: “Bilmayman”, – deb javob berdi. Shunda Go‘ro‘g‘li bilan Soqibek qo‘l ko‘tarib: “Ovmin! Ollo yoring bo‘lsin, Xidir jilovdoring, qirq Chilton madadkoring bo‘lsin”, – deb yuziga fotiha tortishdi. “Nurali quvdoniga quv olib, suvdoniga suv olib, bobosidan duo olib, dumog‘i choq bo‘lib, nasiyasi naq bo‘lib, otini burib yo‘lida davom etayotgan yeri: Gul ochildi bahordan, Bulbul sayraydi sahardan, Ot do‘g‘inadi nahordan, Sahar-sahar chiqib ketdi, Chambilday katta shahardan. Qarang Avazning uliga, 178 Қора бахши Умиров. Нурали ва Семурғ. –Қарши, 2016. Б – 68. 179 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Беш жилдли. 2-жилд. – Тошкент, 2006. –Б. 159. 79 Minib dal G‘irot beliga, Jilovni ushlab qo‘liga, Sahar-sahar chiqib bordi, Chambilning katta cho‘liga” 180 . “Nurali va Semurg‘” dostonida Nurali shunday yonboshiga qarasa, o‘tinni tepaday qilib buvgan, dal G‘irotni izma-iz quvgan chol Nuraliga tikka- tikka qarayotir, xili-xeshini so‘rayotir. G‘irotning oldini o‘rayotir. Shunda Nurali otning boshini burib, o‘tinchi cholni yaxshilab ko‘rib, yuragi g‘alt urib, bir so‘z aytib turgan ekan: Bobo, eshitgin so‘zimdi, To‘rt qilding ikki ko‘zimdi, Qo‘ldagi o‘rdak, g‘ozimdi, Mendan so‘rading bobojon, Javob bermog‘im lozimdi. Tirdonimga soldim qator o‘q, Ostimga mindim Tarlon ko‘k, Shuni qilaman ko‘ngil to‘q, Yurak yaramni tirnama, Menday g‘aribda ota yo‘q 181 . Qodir baxshi Rahimovning “Jorxuni maston” dostonida Go‘ro‘g‘lining afsonaviy oti G‘irot nomi keltirilib, u shunchaki hayvon emas, balki Go‘ro‘g‘lining yurti uchun omonlik olib keluvchi tinchlik ramzi ekanligi ham ta’kidlanadi, chunki bu otning beliga chiqqan sulton Go‘ro‘g‘lini birorta g‘anim mag‘lubiyatga uchrata olmagani uchun ham bu ot nomi hozirgacha she’riyatda keng qo‘llanib keladi. Bundan tashqari, ushbu dostonda Majnunko‘k, Qora tulpor singari otlar nomi ham keltirilgan. G‘ani aytdi: “Farzand toshni eritar”, 180 Қора бахши Умиров. Нурали ва Семурғ. –Қарши, 2016. Б – 23. 181 Қора бахши Умиров. Нурали ва Семурғ. –Қарши, 2016. Б – 33. 80 – degan gap bor. Sen chini bilan otangga yalinsang, albatta, G‘irotni olib beradi. (JM-46). Qodir baxshi Rahimovning “Kelinoy yoki Norguloy” dostonida esa Bo‘yra biya, Jayron qashqa, Qarri to‘ri, Olmako‘z, Bo‘z, To‘ri ola oyoq, Ko‘k qashqa, Jiyron qashqa, Boychibor singari bir qator otlar nomi keltirilgan. Ergash aytdi: “Hayla Jayron qashqa ham bor. Bo‘yra biya ham bor. Qarri to‘ri ham, Bo‘z ham, Olmako‘z ham, To‘ri ola oyoq ham, Ko‘k qashqa ham bor”. (KN-15). Yuqoridagi dostonlar matnida ot nomlarining faol qo‘llanilganligidan bilinib turibdiki, xalqimiz otga azaldan chuqur mehr qo‘ygan, shu bilan birga har bir yigit uchun ot ularning qanoti, ya’ni yaqin yo‘ldoshi sanalgan. Otli yigit g‘ururli yigit hisoblangan. Xalq dostonlaridagi otlar shunchaki hayvon sifatida talqin etilmasdan, er yigitning yo‘ldoshi, uni murodiga yetkazish-u, murakkab vaziyatlardan qutqarish uchun jonini ayamagan sadoqatli do‘st timsoli sifatida ham qaraladi. Qashqadaryo dostonlari matnida teonimlar ham keng qo‘llanilgan. Teonimlarga bag‘ishlangan ishlarda dostonlar tilidagi bu tur onomastik birliklar quyidagicha guruhlarga ajratib tahlil qilingan: 1) Olloh (Xudoning) nomlari; 2) payg‘ambarlar, xalifalar va sahobalarning nomlari; 3) pari, farishta va maloiklarning nomlari. Qora baxshi Umirovning “Nurali va Semurg‘” dostonida Karim, Rahmon, Jabbor, G‘affor, Qahhor, Samad, Sattor kabi Olloh nomlari 182 hamda Odam, Muso, Iso, Hotam kabi payg‘ambarlar nomlari ham tilga olingan. Dostonda bu nomlar Semurg‘ tilidan aytilgan. 182 Abatov D.R., Nurchayeva M. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan onomastik birliklar tadqiqi. // O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish masalalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Qarshi, 2022. – B. 214. 81 Qora baxshi Umirovning “Nurali va Semurg‘” hamda Qodir baxshi Rahimovning “Jorxun maston” dontonlarida Yunus pari va Misqol pari, Azroil, Xizir nomlari uchraganiga guvoh bo‘ldik. “Chilla kirsa baland tovning boshi qoyadi, havo jovsa nor tuyalar toyadi, farzandsizning ko‘rgan kuni zoyadi, obro‘yini bergan xudo bir farzanddan ayadi. Shuning uchun Yunus pari Avazxonni yoshligida yoqasidan soldi, etagidan chiqarib oldi. Misqol pari Hasanxonni yoqasidan solib, etagidan chiqarib oldi” 183 . (N S-5). Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling