Raqamli ilmiy kengash qarshi davlat universiteti


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/61
Sana20.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1711490
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61
Bog'liq
doston lotin so‘nggi (4)

KO‘HI QOF // KO‘YI QOF – “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi xalq dostonlari 
matnida tilga olingan afsonaviy tog‘ nomi. Go‘ro‘g‘li sulton Eram bog‘idan 
Yunus parini, Ko‘hi Qofdan Misqol parini olib kelib xotinlikka ko‘ndirdi.
(NS-5).
Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan cho‘l nomlari. Dostonlar 
matnida Zarchaman (NS), Malik (KN) kabi cho‘l nomlari qayd etib o‘tilgan. 
Otni qistab qamchi berib, Kallatoshdan-ku o‘tdi. Oldida bor Malik cho‘li, Malik 
cho‘lga tashlab ketdi. (KN-15). 
Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan dasht va yaylov nomlari. 
Tabiiyki, qadimdanoq ajdodlarimiz chorvachilik va yilqichilik bilan 
shug‘ullanishgan, bu sohani esa keng yaylov va dashtlarsiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida Xidir (O), Arpa (JM), 
Dumachavli (KN) singari dasht va yaylov nomlari qo‘llanganini kuzatdik. 
XIDIR [a.] – aynan Xizir nomining fonetik o‘zgarishga uchragan shakli. 
Qashqadaryo xalq dostonlari matnida bu nom ham antroponim, ham dasht nomi 
, ham cho‘l nomi sifatida uchraydi. Ketar Xidir dashida. Qistab haydar otini, 
Tabanchi naxshi tirqillab, Xezlab borar Nurali. (NS-24). Uch kun bo‘ldi Xidir 
cho‘ldan, Ikki bola ketgan qo‘ldan, Kiyik juda g‘amdan o‘lgan. Ikki bolasini 
cho‘lda, Mergan otib olib qo‘ygan. (O-235). 


73 
ARPA – “Jorxun maston” dostonidagi dasht va cho‘l nomi. Chambildan 
chiqib, Arpa dashtidan o‘tib, Asqar tog‘iga yetib, xon Go‘ro‘g‘li G‘irotni 
to‘xtatib, yigitlarga qarab, murtini burab, nima uchun Chambildan 
chiqqanini bayon aylab bir so‘z aytdi. (JM-101). 
2.3. Dostonlardagi boshqa tur onomastik birliklarning lug‘aviy-
ma’noviy xususiyatlari 
Xorazm dostonlari onomastikasiga bag‘ishlangan tadqiqotda boshqa tur 
onomastik birliklarning lug‘aviy qatlami sifatida mifonimlar, diniy-situativ 
nomlar alohida o‘rganilganini kuzatamiz. Biz tadqiq etayotgan Qashqadaryo 
xalq dostonlari matnida ham shu onomastik qatlamga kiruvchi atoqli otlar 
mavjud, ularning miqdori bir talay
165

Xalq dostonlari onomastikasiga bag‘ishlangan tadqiqotlarda mifik nomlar 
sifatida dostonlar tilida uchraydigan afsonaviy otlar, devlar va boshqalarning 
nomlari kirishi aytiladi. Jumladan, Q.Olloyorovning tadqiqotida ana shunday 
nomlar sifatida Aspi Jahongir, Botipoy, Buzdumon, Buroq, Ko‘ktemir, 
Majnunko‘k//Majdumko‘k, Olmako‘z, Palang//Palang ot, Sandal ot, Qora 
tulpor, Havoli g‘ir, G‘irot//G‘irtoy, Girko‘k singari afsonaviy otlar nomlarini 
hamda ayrim afsonaviy qushlar va ilonlar: Semurg‘, Tarlon, Anqo; Ajdaho, 
Musicha kabilar qayd etilgan
166

Biz tadqiq etayotgan Qashqadaryo xalq dostonlari matnida esa shunday 
nom sifatida Jayron qashqa, Jiyron ot, Jiyron qashqa, G‘irot//G‘ir, Majnunko‘k, 
Oqbo‘z, Chavkar ko‘k, Tarlon ko‘k singari ot nomlari qo‘llanganiga duch keldik. 
165
Abatov D.R., Nurchayeva M. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan onomastik birliklar tadqiqi. // 
O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish masalalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – 
Qarshi, 2022. – B. 213. 
166
Abatov D.R., Nurchayeva M. Qashqadaryo xalq dostonlari matnida qo‘llangan onomastik birliklar tadqiqi. // 
O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish masalalari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – 
Qarshi, 2022. – B. 213.


74 
Bundan tashqari, “Jorxun maston” va “Nurali va Semurg‘” dostonlari tilida esa 
Semurug‘ nomining qo‘llanishiga guvoh bo‘ldik
167
.
Qashqadaryo xalq dostonlari matnida Savr (NS//JM//O), Hulkar (NS 
//KN), Oy (NS), Hut (NS//O), Hamal (NS), Yetti qaroqch (KN) kabi astronimlar 
qo‘llangan. Astronim termini “O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli 
lug‘ati”da (yun. aster – astr – yulduz +onoma – atoqli ot) – alohida olingan 
samoviy jismlar, obyektilar (yulduzlar, sayyoralar, kametalar, asteroidlar va b.) 
nomi. Atoqli ot turi sifatida izohlangan
168

“Nurali va Semurg‘” dostonida Hulkar, Oy kabi astronimlar uchraydi: 
Odamzotda bir-biriga cho‘g‘ol bor, 
Tiklab ko‘rsang oy yuzida dag‘al bor, 
Tov boshida katta –kichik shag‘al bor, 
O‘lib ketsam ehtiyot bo‘l, yo‘ldoshim, 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling