59
biri. Go‘ro‘g‘lining asrandi o‘g‘li. Qodir baxshining “Jorxun maston” dostonida
Nuralining otasi sifatida tasvirlanadi. O‘g‘lining aldov yo‘li
bilan asir tushib
qolishini bilgach yakka o‘zi Gapsarshoh qo‘shiniga qarshi kurashga otlanadi.
Avazday chopqin podasi, Qurigan terak xodasi, but bo‘lgan qavming xudosi,
yo‘limni bo‘shat qulbachcha. (NS-13).
ALPOMISH [o‘z.] – dovyurak, jasur, botir.
Men Alpomish, sen Boychibor,
Ko‘ngilda qolmasin g‘ubor, Qattiqroq yurgin jonivor, Sanam yordan olay
xabar, Yurgin dildorga boraylik, taqsam tumorga boraylik. (KN-83).
TOHIR [a.]
– pokiza, dog‘siz,
nuqsonsiz, begunoh bola. O‘rta Osiyo,
Volgabo‘yi, Ozarbayjon xalqlari orasida keng tarqalgan dostonlar turkumidagi
bosh qahramon sanaladi. Bu nom Qodir baxshi Rahimovning “Kelinoy yoki
Norguloy” dostonida ham tilga olingan.
Oppoq siynangni ko‘rganda, Tohir
Zuhrodan qochguday, Ochsang ko‘ylakning yoqasin, Majnun Laylidan
kechguday. (KN-47).
Do'stlaringiz bilan baham: