Raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 1.47 Mb.
|
texnologik xarita
Tayanch iboralar: menejer, menejer mehnati, menejer vazifalari, hujjat, hujjatlashtirish, nominal belgi, muhokamalarni olib borish, attestatsiya, reyting.
II. Boshqaruvda rahbarning roli va rahbarlik uslublari. Rahbar – bu professional bilimlarga ega bo`lgan, maxsus tayyorgarlik ko`rgan, boshqarishning sir-asrorlarini biladigan, boshqaruv qonun-qoidalarini puxta egallagan va ularga amal qiladigan malakali mutaxassisdir. Rahbarlarning boshqarish faoliyatidagi umumiy omillarini qayd etish mumkin. Rahbar ishi ko`p qirrali. U amalga oshiriladigan faoliyatning qisqa muddatliligi, turli-tumanligi va aniqligi bilan xarakterlanadi. Gestning tadqiqotlariga muvofiq boshqaruv bo`yicha usta bir kunda 583 turli operatsiyalarni bajaradi. Rahbar mehnati mazmuniga muvofiq tarzda, Mintsberg boshqaruv ishining yana bir umumiy xususiyatiga alohida e`tibor qaratdi – bu rahbar roli. Mintsberg ta`rifi bo`yicha, rahbar roli – bu «aniq tashkilot yoki aniq lavozim uchun mos bo`lgan ma`lum hatti-harakat qoidalari to`plami» hisoblanadi. Menejerlar ma`lum tashkiliy bo`linmalar rahbarlari sifatida alohida lavozimni egallaydilar va bu ularning xizmat harakatini belgilaydi. Alohida shaxs rol bajarish xarakteriga ta`sir ko`rsatishi mumkin, lekin uning mazmunini o`zgartira olmaydi. Mintsberg rahbarning turli davrlarda va turli darajada o`z zimmasiga oladigan 10 rolini ajratadi. U bu rollarni uch kategoriya chegarasida turkumlaydi: shaxslararo rollar, informatsion rollar va qaror qabul qilish bo`yicha rollar. Mintsberg ta`kidlaganidek, rollar bir-biri bilan o`zaro bog’liq va yaxlitni yaratishda o`zaro ta`sir qiladi. Shaxslararo rollar rahbarning tashkilotdagi vakolati va mavqeidan kelib chiqadi hamda va uning odamlar bilan o`zaro munosabati sohasini qamrab oladi: bosh rahbar: huquqiy yoki ijtimoiy xarakterdagi doimiy majburiyatlarni bajaradi; lider (sardor): ishlovchilarni motivlashtirish va faollashtirish, ishchilarni ishga qabul qilish, tayyorlash va shu majburiyat bilan bog’liq holatlarga javob beradi; bog’lovchi bo`g’in: axborot etkazuvchi va xizmat ko`rsatuvchi tashqi aloqalar va axborot manbalari ishini ta`minlaydi. Ushbu rollar rahbarni axborot to`planadigan punktga aylantirishi mumkin, bu esa unga bir vaqtning o`zida informatsion rollarni bajarishga majbur qiladi va axborotni qayta ishlaydigan markaz sifatida ta`sir etishga imkoniyat beradi. Rahbarning informatsion rollari: axborotni qabul qiluvchi: maxsus xarakterga ega bo`lgan (asosan joriy) turli axborotlarni izlaydi va qabul qiladi; axborotni tarqatuvchi: tashqi manbalardan yoki boshqa ishlovchilardan olingan axborotni tashkilot a`zolariga yetkazadi; vakil: rejalar, siyosat, ta`sirlar, tashkilot ishi natijalariga taalluqli bo`lgan axborotni tashkilotning tashqi aloqalari uchun uzatadi, mazkur tarmoq savollari bo`yicha ekspert sifatida ta`sir o`tkazadi; Shaxslararo va informatsion rollarni o`z zimmasiga olgan holda rahbar qaror qabul qilish bilan bog’liq bo`lgan rollarni ham bajaradi: resurslar taqsimoti, nizolarni bartaraf etish, tashkilot uchun imkoniyatlarni izlash, tashkilot nomidan kelishuvlar olib borish. Qaror qabul qilish bilan bog’liq bo`lgan rollar: tadbirkor: tashkilot ichidan va tashqarisidan imkoniyatlarni qidiradi, o`zgarishlarga olib keluvchi “takomillashtirish bo`yicha loyihalarni” ishlab chiqadi va ishga soladi, mavjud loyihalar ishlanmasini nazorat qiladi; buzilishlarni bartaraf etuvchi –tashkilot muhim va kutilmagan holatda bo`lsa, bu holatdan chiqish harakatlariga javob beradi; resurslarni taqsimlovchi: tashkilotda ahamiyatga ega bo`lgan barcha qarorlarni qabul qilish va maqullashga olib keluvchi – tashkilot resurslarini taqsimlash bo`yicha javobgar; kelishuvlar olib boruvchi – hamma muhim va ahamiyatli kelishuvlarda tashkilot taqdimoti bo`yicha javobgar. Ana shu 10 ta rol, birgalikda aniq tashkilotning xususiyatidan bog’liq bo`lmagan menejer ishining hajmi va mazmunini aniqlab beradi. Har bir rahbar o`zining ish faoliyatda, o`ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub – bu ishlash, boshqarishdagi o`ziga xos yo`l, usul ma`nosini anglatadi. SHu nuqtai-nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim: boshqaruv uslubi; ish uslubi; rahbarning ish uslubi. Boshqaruv va ish uslubi tushunchalariga oldingi mavzuda izoh berilgan edi. Boshqaruvning turli pog’ona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. SHu nuqtai nazardan ish uslubi g’oyat ko`p qirrali tushunchadir. Menejment nuqtai nazaridan olib qaraganda, mutlaqo o`xshash kishilar bo`lmaganidek, vazifalar ko`pligi sababli mutlaqo bir xil boshqaruv uslubi ham bo`lmaydi. Rahbar faqat o`ziga xos xususiyat va sifatlar vositasida faqat o`ziga xos, o`ziga mansub uslubda ish yuritadi. Shu ma`noda uslub rahbarning shaxs sifatidagi xususiyatlarinigina emas, balki faoliyat xususiyatlarini ham ifodalaydi. Kishilarni boshqarar ekan, rahbar jamoaning natijaviy maqsadini ko`ra biladi va uni shu maqsad sari yo`naltiradi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling