Raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 1.47 Mb.
|
texnologik xarita
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xushxulqlilik
Samimiy xushmuomalalik – bunday rahbar sofdil, ochiq ko`ngil bo`ladi, chin yurakdan gapiradi. Qo`l ostidagilarga sadoqat bilan ixlos qo`yib xizmat qiladi. Ular samimiylikning og’ir va juda nozik masala, u aql va chuqur ma`naviy odobni talab etishini, shuningdek, kimki o`zgalar bilan nosamimiy munosabatda bo`lishga odatlangan ekan, u pirovard natijada o`z-o`ziga ham samimiy bo`lolmay qolishini yaxshi tushunishadi.
Donolarning aytishlaricha, xushmuomalalikning o`nta belgisi bor. Ular quyidagilar: insof, aql, ilm, olijanoblik, ko`rkam fe`l, yaxshilik, sabr va muloyimlik. Rahmdillik–bunday rahbar barchaga rahm-shafqatli bo`ladi. Ular boshqalarni ko`p narsada kechirishadi, ammo o`zlarini hech narsada kechirishmaydi. Ular rahm-shavqat insonlarning eng oliy fazilatlaridan biri ekanligini, rahm-shavqatli kishi doimo odamlarga yordam qo`lini cho`zishini, ojiz va notavon kishilardan xabar olib turish lozimligini yaxshi tushunadilar. Xushxulqlilik–bunday rahbar inson go`zalligining asosi uning chiroyli xulqida ekanligini, aynan xushxulqlik insonni ulug’likka olib borishini, yoqimli xulq egasidan barcha katta-kichik xursand bo`lishini, bunday xulq egasi boshqalarni xursand qilishdan tashqari, o`zi ham doimo xursand yurishini, boshqalardan esa o`ziga muhabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi. Donolarning fikricha, xushxulqlikning o`nta nishonasi bor: Yaxshi ishlarda odamlar bilan hamisha birga bo`lish; Nafs ko`yiga kirmaslik; O`zgalar aybini qidirmaslik; Birovda biror ayb sodir bo`lsa, uni yaxshilikka yo`yish. Aybdor uzr so`rasa, aybni kechirish. Muhtojlar hojatini chiqarish; O`zi haqida o`ylayvermay, boshqalar haqida ham qayg’urish. O`z aybiga iqror bo`lish. Ochiq yuzli bo`lish. Xushmuomala bo`lish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling