Raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 1.47 Mb.
bet17/22
Sana22.11.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1794540
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
texnologik xarita

Samimiy xushmuomalalik – bunday rahbar sofdil, ochiq ko`ngil bo`ladi, chin yurakdan gapiradi. Qo`l ostidagilarga sadoqat bilan ixlos qo`yib xizmat qiladi. Ular samimiylikning og’ir va juda nozik masala, u aql va chuqur ma`naviy odobni talab etishini, shuningdek, kimki o`zgalar bilan nosamimiy munosabatda bo`lishga odatlangan ekan, u pirovard natijada o`z-o`ziga ham samimiy bo`lolmay qolishini yaxshi tushunishadi.
Donolarning aytishlaricha, xushmuomalalikning o`nta belgisi bor. Ular quyidagilar: insof, aql, ilm, olijanoblik, ko`rkam fe`l, yaxshilik, sabr va muloyimlik.
Rahmdillik–bunday rahbar barchaga rahm-shafqatli bo`ladi. Ular boshqalarni ko`p narsada kechirishadi, ammo o`zlarini hech narsada kechirishmaydi. Ular rahm-shavqat insonlarning eng oliy fazilatlaridan biri ekanligini, rahm-shavqatli kishi doimo odamlarga yordam qo`lini cho`zishini, ojiz va notavon kishilardan xabar olib turish lozimligini yaxshi tushunadilar.
Xushxulqlilik–bunday rahbar inson go`zalligining asosi uning chiroyli xulqida ekanligini, aynan xushxulqlik insonni ulug’likka olib borishini, yoqimli xulq egasidan barcha katta-kichik xursand bo`lishini, bunday xulq egasi boshqalarni xursand qilishdan tashqari, o`zi ham doimo xursand yurishini, boshqalardan esa o`ziga muhabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi.
Donolarning fikricha, xushxulqlikning o`nta nishonasi bor:

  1. Yaxshi ishlarda odamlar bilan hamisha birga bo`lish;

  2. Nafs ko`yiga kirmaslik;

  3. O`zgalar aybini qidirmaslik;

  4. Birovda biror ayb sodir bo`lsa, uni yaxshilikka yo`yish.

  5. Aybdor uzr so`rasa, aybni kechirish.

  6. Muhtojlar hojatini chiqarish;

  7. O`zi haqida o`ylayvermay, boshqalar haqida ham qayg’urish.

  8. O`z aybiga iqror bo`lish.

  9. Ochiq yuzli bo`lish.

  10. Xushmuomala bo`lish.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling