Raqamli iqtisodiyot asoslari


Nodon – Sizni yo’ldan adashtiradi. Dushman –


Download 1.47 Mb.
bet20/22
Sana22.11.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1794540
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
texnologik xarita

Nodon – Sizni yo’ldan adashtiradi.

  • Dushman – Sizning zarar topishingizni o’ylaydi.

  • Hasadchi – faqat xato qilib qo’yishingizni poylaydi. Ular badanning sog’ joyi qolib, nuqul yaraga qo’nishni mo’ljallaydigan pashshalarga o’xshaydi.

  • Qo’rqoq – Sizni dadillikdan qaytaradi.

  • Baxil – boylik to’plashga hirsmand bo’ladi va undan birovga foyda yetmaydi.

  • Nafsiga berilgan – hoyu havasning asiri bo’lib, nafs to’ridan qutulishga kuchi yetmaydi.

  • Yolg’onchi – fikringizni buzib ko’rsatadi.

    Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. Bu individuallik shaxsdagi temperamentda, hissiyotda, qobiliyatda, fe`l-atvor, iroda, xotira va boshqalarda namoyon bo`ladi. Ana shular ta`siri ostida rahbar injiq, janjalkash, kurashchan, bilag’on va h.k.zlar bo`lishi mumkin(7.3-chizma).

    Har qanday holatda ham rahbar qaysi bo’g’inda rahbar bo’lishidan qat’iy nazar, o’zining asosiy majburiyati, ya’ni qo’l ostidagilarni o`zining misolida tarbiyalashni unutmasligi kerak.

    Chunki rahbar nafaqat lavozim, u o`z navbatida ham tarbiyachi, ham sotsiolog, ham psixolog, sodda qilib aytganda, rahbar –bu kishilar o`rtasidagi murakkab munosabatlarni sozlovchi, uyg’unlashtiruvchi “muhandisdir”. Bugungi kunda jamiyatimiz ana shunday rahbarlarga o`ta muhtojdir.
    Rahbar xodimlarni qabul qilish madaniyatiga ega bo`lishi lozim. Chunki, xodimlarni qabul qilish, ularning tashvishlariga quloq solish, og’irliklarini yengil qilish har bir rahbarning burchi va vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun ham qabul madaniyatiga rioya qilish uchun rahbar quyidagilarga e’tibor bermog’I lozim:

    • suhbatdoshingizni qancha vaqtingiz borligi to’g’risida ogohlantiring;

    • faqat suhbatdoshingiz gaplariga mo’ljal olib vaziyatni ko’z oldingizga keltiring;

    • to’xtatib bo’lmaydigan, uzil-kesil munozaradan o’zingizni tiying;

    • o’z fikringizni ishonchli va batafsil ayting;

    • o’z g’oyangizni izchillik bilan bayon eting;

    • ovozingizni baland qilmasdan gapiring, sozlaringiz dona-dona va ravon bo’lsin;

    • qarshi tanbeh hollarda o’zingizga nisbatan tanqidiy yondoshing;

    • shunchaki fikrlash yoki haqiqatan ham shunaqami – bular o’rtasidagi farqni biling;

    • savollarni shunday tuzingki, ularni tushunish bir xilda bo’lsin;

    • muammo muhokamasini aniq yechim bilan tugating;

    • ishni qalashtirmang. Zudlik bilan ko’rsatma bering;

    • suhbatdoshingizning yumushi o’zi uchun o’ta muhim ekanligini unutmang.


    Qabulingizda bo’lgan kishining muammosini yechish imkoniyatingiz bo’lmasa ham Siz u kishini samimiy, iltifot bilan kuzating va xayrixoxlik bilan ishining o’nglanib ketishiga umid baxshida eting.

    Umuman xizmat yuzasidan qabul chog’ingizda quyidagi qoidaga rioya qilsangiz nur ustiga a’lo nur bo’lar edi:
    Uchrashuv chog’ida – xushfe’llik.
    Quloq solish chog’ida – e’tibor, rag’bat.
    Bahslashuv chog’ida – ko’p narsani bilishga qiziquvchanlik.
    Tanqid chog’ida – o’zini tuta bilishlik.
    Tashkilotda rahbarlardan qaysi biri, qanday masala yuzasidan kishilarni qabul qilishi aniq belgilab qo’yilishi zarur. Bo’ysunuvchilarni iltimosiga ko’ra qabul qilganda rahbar ularga iltimos va takliflarini qisqa bayon qilishni o’rgatishi lozim. Agar rahbar o’zi taklif qilib qabul qilsa, bo’ysunuvchi bu haqda oldindan xabardor qilinishi kerak. Suhbat chog’ida ishonch muhitini vujudga keltirish lozim, suhbatdoshni majbur qilish, sha’nini pastga urish mumkin emas.
    Har qanday muammoni muhokama qilish chog’ida o`zaro to`g’ri munosabat o`rnatish uchun rahbar hamma vaqt o`zida muayyan fazilatlar va rahbarlik uslubini hosil qilishga intilishi kerak. Kishilar bilan ochiq va to`g’ri muomalada bo`lish, do`stona munosabat o`rnatish, doim bir xil muomala qilish, mayda ishlar yuzasidan tortishmaslik, o`z xatolarini tan ola bilish shunday fazilatlar jumlasiga kiradi.
    Aytaylik, Siz biror-bir muammoni muhokama qilayapsiz. Shu jarayonda:

    • Muhokama qilinayotgan muammoni va shu muhokamaga qatnashuvchilar sonini chegaralang.

    • Diqqatni nuqtai-nazarga emas, balki manfaatga qarating.

    • Yechimdan oldin uning imkoniyatlarini ajrating.

    • Natijani ob’yektiv holdan keltirib chiqaring .

    • Muhokama qatnashchilari – bu insonlar ekanligini unutmang.


    Download 1.47 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling