Raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 1.47 Mb.
|
texnologik xarita
Balandparvozlik: Bunday rahbar, o`zining kichkina, ko`z ilg’amas muvaffaqiyatini bo`rttirib ko`rsatadi, shov-shuv ko`tarib ovoza qiladi; yuqori organlardan maqtov eshitishni yoqtiradi; tilga tushishni, matbuotda yozishlarini, televizordan ko`rinishni istaydi; soxta tashabbuslar atrofida shov-shuv ko`tarishga, ijodiy izlanish o`rniga ishni xo`jako`rsinga tashkil etishga intiladi; ishchanlik o`rniga ko`zbo`yamachilik, qo`shib yozish bilan shug’ullanadi.
Rahbarlik uslubidagi garchi kam bo`lsada, har holda uchrab turadigan va umumiy ishga zarar keltiradigan boshqa salbiy tomonlar ham borki, bular: xudbinlik, takabburlik, maqtanchoqlik, tamagirlik, yovuzlik, zolimlik, xasislik, baxillik, xushomadgo`ylik, dimog’dorlik, g’arazgo`ylik, ayyorlik, jizzakilik, boqibeg’amlik, badnafslik, subutsizlik, mansabparastlik va h.k.z. Bunday salbiy qusurlar mavjudligini anglasak, ko`rsak ham lekin ko`pincha ularni yo`qotish qiyin kechadi. Chunki har qanday kishiga, xususan rahbarga uning mazkur fazilati yoki uning ish uslubidagi noto`g’rilik aytilsa, u norozi bo`ladi. Shu sababli bunday nuqsonlarni bartaraf qilish uchun kurash juda ham oson va silliq o`tmaydi. Buning uchun kundalik mehnat, izchillik va matonat talab qilinadi. Rahbar salbiy qusurlar domiga tortilmaslikka intilishi kerak. U egallab turgan lavozimidan mahrum bo’lmasligi uchun quyidagi o’nta qoidaga roiya qilmog’i lozim: Iloji boricha qulog’ingizgacha ishga ko’miling. O’z kompaniyangiz mijozlarini ko’paytirish uchun barcha imkoniyatlaringizni ishga soling. Komp’yuterni mukammal o’rganing. Chet tilini o’rganing. O’z arxivingizni tashkil qiling. Zarur tashkilotlar va kishilar adreslari, telefon raqamlarini yozib boring. Ular favqulotda hollarda kerak bo’lib solidi. Har doim “ha” deng. Hamma narsani bajarishga urining. Hattoki imkoniyatingiz, qobiliyatingiz yetarli bo’lmasa ham oldin bajarmagan ishingizni bajarishga harakat qiling. Ishdan mahrum bo’lib qolishning eng qisqa yo’li: “bu mening ishim emas” deb javob berish. Bunday so’zni aytishdan o’zingizni tiying. Chiroyli imo-ishora qilishni biling. Firma inqirozga uchragan vaqtda ham uni bunday holatdan chiqarish uchun vaqtingizni ayamasligingizga tayyor ekanligingizni bildiring. Malakangizni muttasil oshirib boring. Kishilar bilan bo’ladigan muomalada xushfe’l va iltifotli bo’ling. Noyob, nazokatli, do’stona kayfiyat jamoadagi muhitni yaxshilaydi, o’zaro ishonchni mustahkamlaydi, kishilarni hamjahatlikka chorlaydi. Boshqalar bilmaydigan va bajara olmaydigan u yoki bu ishni bilish va bajara olishga urining. Bu nur ustiga a’lo nur bo’ladi. Ish vaqti faqat, masalan: coat 800 dan 1700 gacha bo’lmasin. Agar Siz ertalab ish vaqtidan oldin yoki ish vaqti tugagandan so’ng ish joyida bo’lsangiz, bilingki bu ham e’tibordan chetda qolmaydi. Bulardan tashqari, lavozimdan mahrum bo’lmaslik uchun rahbar quyida qayd qilingan kishilar bilan o’zaro maslahatlashmasligi kerak. Ular: Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling