Raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 1.47 Mb.
|
texnologik xarita
- Bu sahifa navigatsiya:
- Byurokratizm
- Mahalliychilik
- Hadiksirashlik
Qanoatlilik – bunday rahbar qanoatsizlikdan keladigan ofatlarni, ya`ni nafs balosi, hasad, xudbinlik, baxillik, tamagirlik kabilarni yaxshi anglaydi. Ular nafs balosi odamni har ko`yga solishini, nafsini tiygan hurmat-izzat topishini va bexavotir yashashini, qanoatni esa izzatning asosi, o`lmaydigan boqiy xazina, qurimaydigan daraxt, zavol mulk ekanligini yaxshi tushunishadi. Tamagirlik qanoatsizlikdan kelib chiqadi. Tamasi ko`pning insofi oz, ochko`z bo`ladi.
Yuqorida qayd qilingan insonlarga xos ijobiy xislatlarning hammasini bir kishi to`la-to`kis egallab olishi juda qiyin, albatta. Lekin shunday fazilatlarga ega bo`lishga barcha rahbarlar intilishi kerak. Ammo obro`li bo`lish fazilati har qanday rahbar uchun shak-shubhasiz zarurdir. Obro` – bu hamma tomonidan tan olingan hamda mehnat evaziga orttirilgan, rahbar uchun zarur ishonch va qalqondir. Ayni paytda har bir rahbar o`zidan yuqori turuvchi rahbarlar oldida ham, o`ziga bo`ysunuvchi xoditmlar oldida ham, o`zi bilan huquqi teng boshqa rahbarlar oldida ham obro`ga ega bo`lishi lozim. Obro` halol mehnat, tashabbuskorlik va o`z vazifasiga mas`uliyat bilan munosabatda bo`lish, jamoa a`zolariga talabchanlik va g’amxo`r bo`lish, o`z ishini chuqur bilish bilan orttiriladi. Rahbar shu talablarga rioya qilmas ekan u o`z rahbarlik usulida quyidagi salbiy hodisalarga yo`l qo`yishi, pirovardida esa o`z obro`yini ketkizishi va el nazaridan qolishiga sabab bo`lishi mumkin. Byurokratizm: ishlab chiqilgan qoida, qo`llanmalar doirasidan chiqmaydi, uni o`zining birdan-bir maqsadi deb biladi; odamlarga to`ralarcha munosabatda bo`ladi; qog’ozbozlikni avj oldiradi; boshqarishga eski usullar bilan yondoshadi; ish mohiyatini rasmiyatchilik bilan ko`mib tashlaydi; masalani hal etishdan, shaxsiy javobgarlikdan o`zini chetga oladi. Mahalliychilik: bunday “dardga” mubtalo bo`lgan rahbarlar: ishga tor tarmoq, tor funktsional nuqtai nazardan yondoshadilar; ularda siyosiy, ma`naviy yetuklik etishmaydi; uzoqni ko`ra olmaydilar; boshqalar hisobidan foydalanib qolishga intiladilar; urug’chilik, tanish-bilishlik, oshna-og’aynigarchilikka yo`l qo`yadilar. Hadiksirashlik: Bunday rahbar, murakkab bo`lmagan masalalarni ham mustaqil hal qila olmaydi, yuqori turuvchi rahbar bilan kelishib olishga intiladi; har ishda sustkashlik qiladi; kabinetda o`ralashib, qog’ozbozlik bilan band bo`ladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling