Raqamli iqtisodiyot asoslari


Menejerlarning ishbilarmonligini baholash


Download 1.47 Mb.
bet7/22
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1572760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
texnologik xarita

Menejerlarning ishbilarmonligini baholash.

Boshqaruv lavozimida ishlayotgan xodimning insoniy xususiyatlari, intellektual salohiyati, ishbilarmonlik va professional qobiliyatlarini adolatli baholash bugungi kunning eng dolzarb va asosiy talablaridan biridir. Baholashning belgilab qo`yilgan tartibi “attestatsiya” deb ataladi. U mutaxassislarning lavozimga layoqatini, malakasini, bilim darajasi va xulq-atvorini aniqlashga va shu asosda ishga tayinlash yoki unvon berishga, shuningdek, ishdan chetlatishga xizmat qiladi.
Attestatsiya jarayonida xodimlarning malakasiga, bajarayotgan ishiga yoki lavozimiga loyiqligiga xolisona baho berilishi kerak. Attestatsiya qilinayotgan xodimning ishiga baho berishda uning reja topshiriqlarini bajarishdagi shaxsiy xizmati, mehnat intizomi, o`z vazifasini sidqidildan bajarishi kabilar inobatga olinishi zarur. Bunda asosan, menejerning intellekti, bilimdonligi, kasbiy bilimi va tajribasi, tashkilotchilik qobiliyati va tajribasi, kirishimliligi, shaxsiy xislatlari va qobiliyati, sog’lig’i va ish qobiliyati, tashqi ko`rinishi va o`zini tuta bilishi kabi xususiyatlariga baho beriladi. Ana shular asosida attestatsiya o`tkazuvchilar ochiq ovoz berish yo`li bilan quyidagi baholarni berishi mumkin:

  • bajarayotgan lavozimiga loyiq;

  • xodim ko`rsatilgan nuqsonlarni keyingi o`tkaziladigan attestatsiyagacha yo`qotsa, bajarayotgan lavozimiga loyiq;

  • egallab turgan lavozimiga loyiq emas.

Attestatsiya menejerlarning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baholash usuli bo`lishi bilan birga ularni qayta tayyorlash bilan ham chambarchas bog’liqdir.
Menejerlar ishbilarmonligini nafaqat attestatsiya orqali balki reyting orqali ham baholash mumkin. “Reyting” so`zi ingliz tilida “baho” ma`nosini anglatadi. Uni qo`llash zamirida xodimlarni ularning malakasi, bilim darajasi, ish tajribasi, xulq-atvori va xislatlari darajalariga qarab reyting ballarini aniqlash va ularga baho berish g’oyasi turadi. Reyting usuli orqali menejerlarning ijtimoiy va ishchanlik, kasbiy mahorati va bilimi, shaxsiy sifatlari va obro`si kabi xususiyatlariga baho berish mumkin.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling