Raqamli iqtisodiyot asoslari


Ijtimoiy va ishchanlik sifatlari


Download 1.47 Mb.
bet8/22
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1572760
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
texnologik xarita

Ijtimoiy va ishchanlik sifatlari: printsipialligi; burchini bilishi; ishga printsipial yondashuvi; uddaburonligi; ishbilarmonligi; irodasi; matonati; ishni qiyomiga yetkazish qobiliyati; o`ziga nisbatan talabchanligi; qo`l ostidagilarga nisbatan talabchanligi; mas`uliyatni sezish darajasi; mehnat unumdorligi; mehnat sifati; dadillik, qat`iylik darajasi; g’ayratliligi; mehnatsevarligi; jamoani jipslashtirish qobiliyati; vijdonliligi; intizomliligi; jamoada yuqori darajada intizomni saqlay olish qobiliyati; qaror qabul qilishdagi mustaqilligi; kishilar tashvishi haqida o`ylashi; tashabbuskorligi.

Kasbiy mahorati va bilimi: novatorligi; ish tajribasi; texnika va texnologiya sohasini bilish darajasi; iqtisodiyot sohasini bilish darajasi; boshqarish sohasini bilish darajasi; psixologiyani bilish darajasi; sotsiologiyani bilish darajasi; pedagogikani bilish darajasi; lavozimiga oid bilimlarni bilish darajasi; umumiy ma`lumoti; madaniyatliligi; o`z mahoratini oshirishga bo`lgan intilishi; qo`l ostidagi xodimlar malakasini oshirishga munosabati.

Shaxsiy sifatlari: sog’lig’i; ish qobiliyati; o`z qadrini bilishi; adolatliligi; halolligi; o`zini tuta bilishi; sabrliligi; murakkab, og’ir vaziyatdan chiqa olish qobiliyati; kirishimliligi; axloqiy barqarorligi; kamtarinligi; hazilkashligi.

Obro`si: mutaxassis sifatida; rahbar sifatida; tarbiyachi sifatida; inson sifatida.

Menejerlarning ishbilarmonligi va shaxsiy xususiyatlarini yana ham ob’yektiv baholash uchun attestatsiya va reyting usulidan tashqari boshqaruv amaliyotida uch guruhga bo`linadigan turli xil usullar qo`llaniladi:
1-guruh. Xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baholaydigan, ob’yektiv xususiyatga ega bo`lgan ta`rif beruvchi yoki sifat usullarini o`z ichiga oladi. Ularga “Xodimlar shaxsiy varag’i” va “Tarjimai hol”dagi boshqaruvchi lavozimiga da`vogarlik qiluvchi nomzodning tarjimai holini o`rganish yoki rahbarlardan o`sha odam haqida ma`lumot yig’ish kiradi.
2-guruh. Xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini yetarli darajadagi ob’yektivlikdan miqdoriy bahosi aniqlanadi. eng ko`p tarqalgan usul ball bo`yicha baholash usulidir. Bu usul bo`yicha xodimning har bir bajargan vazifasi va erishgan yutuqlariga qarab ballar qo`yib boriladi va o`rtacha ball chiqarib aniqlanadi.
3-guruh. Yuqoridagi 2 ta guruhni, ya`ni ta`rif beruvchi va miqdoriy usullarni o`z ichiga oladi. Ulardan eng ko`p tarqalgani test usuli bo`lib, oldindan tayyorlab qo`yilgan masalalar natijalariga qarab baho beriladi. Ishbilarmonlik o`yinlari usuli – qo`yilgan ishlab chiqarish masalasi yoki nizoli vaziyatga berilgan to`g’ri javobga qarab baho qo`yiladi.
Rahbarning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baholash uchun kamida 2 ta qo`l ostida ishlovchi xodim, 2 ta yuqori turuvchi rahbar va 2 ta hamkasbining bergan bahosi hisobga olinadi. Oxirgi natijaviy bahoni komissiya beradi.
Umuman olganda, har bir rahbar, menejer yoki xodim ish jarayonida doimo bilimini kengaytirib, tajribasini oshirib, yangilikka intilib, ish uslubini doimo takomillashtirib borishi lozim. Menejer o`z faoliyatini zamon talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirishga harakat qilishi shart. Shundagina u har qanday attestatsiyadan muvaffaqiyatli o`tib, yuqori reyting ballari olishga muvaffaq bo`ladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling