Raqamli iqtisodiyot asoslari


Boshqarish samaradorligini ta`minlay olish


Download 1.47 Mb.
bet16/22
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1572760
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
texnologik xarita

Boshqarish samaradorligini ta`minlay olish: boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati; ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati; ishga oid buyruq, farmoyishlar yoza bilish; turli manbalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati; rahbarlarni va qo’l ostidagilarni tinglay olish qobiliyati; asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila olish qobiliyati; rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini ta’minlash qobiliyati; boshqaruv organi qarorlarini bajarish ustidan nazoratni ta’minlay bilish; boshqarish strukturasini takomillashtirib borish qobiliyati.

Rahbarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlar ko`p. Biroq quyidagi ijobiy xislatlar ular orasida alohida mavqega ega:
Dovyuraklik – bunday rahbarda mardonavorlik, botirlik, dadillik mavjud bo`ladi. Ular omadsizlikdan qo`rqmaydi. Qo`rquv ularni jasoratga chorlaydi va zafarlarga olib keladi. Har bir yangi harakatni taraqqiyotga va hayotiy tajribalarga erishtiradi.
Sabrlilik – bunday rahbar muvaffaqiyatga birdaniga erishish mumkin emasligini yaxshi tushunadi. Unga faqat bardosh va sabr-toqatli bo`lib, matonat bilan qiyinchiliklarni engish orqali erishish mumkinligini biladi. Chidam, sabr to`g’risida Abdulla Avloniy shunday degan: “Sabr shunday bir kuchli narsadirki, g’azabni shijoatga, kattalikni tavoze (kamtarlik)ka, yomonlikni yaxshilikka aylantirmakka quvvati yetar”.
Yaxshi niyatlik – bunday rahbar xayrixoh va iltifotli bo`ladi, kishilarga nisbatan doimo yaxshi niyatda bo`ladi. O`zidagi qanoatsizlikni g’irrom raqobatchilik yo`li bilan emas, balki xayrixohlik yo`li bilan bartaraf qilishga harakat qiladi. Uning hayotidagi shiori hasad emas, balki: “Birni ko`rib shukur qil, birni ko`rib fikr qil” degan shiordir.
Shu o`rinda quyidagi hikmatli so`zlarni ta`kidlash o`rinlidir. Uch dardga davo yo`qdir: dangasalikdan kelgan kambag’allikka; hasaddan tug’ilgan dushmanlikka; xo`jayinlikdan kelib chiqqan kasallikka.
Sog’lom shubhalilik – bunday rahbar ko`pincha “har narsada shubhada bo`l” degan shiorga amal qilsa-da, biroq nosog’lom shubha – bu xoin, u kishilarni urinib ko`rishdan qo`rqitib, erishishlari mumkin bo`lgan yaxshi narsalardan mahrum etilishini yaxshi biladi. Shuningdek ular o`z kuchiga ishonish, unga sog’lom shubha bilan qarash ishchan mas`uliyatli qarorlarni qabul qilishga chorlashini, ularni bajarish yo`lida kishi kuchiga kuch qo`shishni yaxshi tushunishadi.
Kamtarinlik – bunday rahbar kamtarlikning deyarli har doim iste`dodga to`g’ri mutanosib ekanligini, kamtarlikni etishmasligi esa nodonlikning darakchisi ekanligini yaxshi tushunadi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling