Raqamli iqtisodiyot asoslari


Rahbar fazilatlari va madaniyati


Download 1.47 Mb.
bet13/22
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1572760
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
texnologik xarita

7.3. Rahbar fazilatlari va madaniyati.
Fazilat bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha bo`lishi hamda xulq-atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko`p jihatdan bog’liq ekanligi tajribada kuzatilgan.
Faylasuflar qadim zamonlardan buyon shaxs xulq-atvorining ma`lum bir shakllari qonuniyatlarini aniqlashga, nima sababdan bir kishi bilan umumiy til topish oson-u, boshqa bir kishi bilan umumiy til topishishning hech qanday iloji yo`qligini, ayrim kishining xulq-atvori mantig’i nima bilan belgilanishini aniqlashga urinib kelganlar.
XX asrning 20-yillarining boshlarida shvetsariyalik psixiatr K.G.Yung shaxsning psixologik xususiyatlarini “ekstraversiya” va “introversiya” tushunchalari orqali ta`riflab berishni taklif etadi.
Ekstraversiya” (extra-tashqari) shaxsning shunday psixologik xususiyatlarini ko`rsatib beradiki, bunda shaxs o`zining qiziqishlarini tashqi omilga, tashqi ob’yektlarga qaratadi, ba`zan buni o`zining qiziqishlari hisobiga, shaxsiy ahamiyatini pasaytirish hisobiga amalga oshiradi. ekstravertlarga xulq-atvorining ta`sirchanligi, imo-ishoralardagi faollik, samimiylik tashabbus ko`rsatish, ijtimoiy ko`nikuvchanlik, ichki olamning ochiqligi xos bo`ladi.
Introversiya” (intro - ichki) shaxsning o`z shaxsiy manfaatlariga, ichki olamiga diqqat-e`tiborining qayd qilinishi bilan ajralib turadi.
Introvertlar o`zlarining manfaatlarini eng muhim deb hisoblab, uni yuqori darajada qadrlaydilar. Ular uchun odamovilik, biqiqlik, ijtimoiy passivlik, mustaqil tahlil qilishga moyillik, yetarli darajada murakkab ijtimoiy ko`nikish xosdir.
Ekstraversiya va introversiyaning hissiy tavsiflar bilan birga qo`shilib kelishi shaxs temperamentini belgilab beradi.
Temperament” tushunchasi lotincha temperamentum – qismlarning tegishli nisbati, mutanosiblik degan ma`noni bildiradi.
Qadimgi tibbiyotning yirik namoyandasi Gippokratning inson badanida qon asosiy o`rinni ishg’ol etsa, bunday odam harakatchan, engil bo`ladi, taassurotlarining almashinishiga tez ko`nikib keta qoladi, o`z atrofida sodir bo`layotgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas. Mana shu xil kishilarni Gippokrat sangviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan.



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling