Raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 1.47 Mb.
bet10/22
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1572760
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
texnologik xarita

Rahbarning ish uslubi – bu boshqaruv jarayonida ma`lum masalani hal qilishda uning o`ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo`l ostida ishlovchi xodimlar ishini nazorat qilganda o`z vazifalariga muvofiq tarzda ish ko`radi. Bunda har bir rahbar o`ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o`ziga mos bo`lgan, o`z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi. Rahbarning ish uslubi qo`l ostida ishlovchi xodimlar bilan aloqasida, ularning o`zaro munosabatida tarkib topadi.
Uslub boshqaruv organining intellektual salohiyati, sifatlari, uning individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
Rahbarlik uslubi boshqarish usullari bilan muayyan o`zaro aloqada bo`ladi.
Boshqarish usuli ham boshqarish faoliyatini amalga oshirish usullari va yo`llari majmuidan, boshqarish tizimiga samarali, maqsadga muvofiq ta`sir ko`rsatishidan, ya`ni boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. Lekin shuni alohida e`tiborga olish lozimki, usul – bu tamomila ob’yektiv, rahbarga bog’liq bo`lmagan va mustaqil tushunchadir. Uslub, garchi u ta`sir o`tkazish usullari majmuidan iborat bo`lsada, usuldan farq qiladi, uslub rahbarning sub’yektiv, individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
Qiyoslash uchun shuni aytish mumkinki, musiqa notasi hamma uchun bir xil bo’lsada, lekin musiqachilarnung ijro etish uslub(manera)lari har xildir.
Barcha rahbarlar xodimlarni rag’batlantirish maqsadida boshqarishning iqtisodiy usullaridan foydalanishlari kerak. Lekin ba’zi rahbarlar individual rag’batlantirishga, boshqalari esa jamoani rag’batlantirishga ko’proq mablag’ ajratishga harakat qiladi. Ba’zi rahbarlar yil choragi natijalariga, ba’zilari esa yillik ish natijalariga ko’ra mukofotlashni afzal ko’radi.
Buyruq va farmoyishlar chiqarish kabi boshqarishning tashkiliy-ma`muriy usullaridan ham rahbarlar turlicha foydalanadi. Bular bo`lmasa ham buyruq chiqarish va aksincha, boshqarish funktsiyalarini buyruqsiz ham muvaffaqiyatli bajarish mumkin.
Buyruq chiqarib, uni nazoratsiz qoldirish ham, uning bajarilishi ustidan aniq va amaliy nazorat o`rnatish ham mumkin. Shunday qilib, muayyan usullarni amalga oshirishga har xil rahbarlar o`z individual uslubi bilan yondoshadi. Shu bilan birga, rahbarlik uslubi butunlay individual asosga ega deb ham qarash noto`g’ri bo`ladi. Rahbarlik uslubiga boshqarish qonunlari va tamoyillari, rahbarlarga bo`lgan yagona talablar, jamoadagi ijtimoiy-ruhiy muhit, yuqori rahbarlar tomonidan boshqarishda qo`llaniladigan usullar kabi ko`pgina ob’yektiv omillar ta`sir ko`rsatadi. Demak, har bir rahbarning faoliyatida rahbarlik uslubining sub’yektiv va ob’yektiv unsurlari aralashib ketadi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling