Raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 1.47 Mb.
bet12/22
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1572760
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
texnologik xarita

Demokratik rahbar:

Qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. Hayotda har bir rahbarning ish uslubi har xil bo`ladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq sezilib turadi. Turli xil ishlab chiqarish vaziyatlarida har xil xodimga nisbatan rahbarlikning ijobiy tomonlaridan foydalanish kerak. Rahbar haqiqiy ahvolga qarab ish tutishi va bo`ysunuvchilarning o`ziga xos shaxsiy xislatlarini hisobga olib muomala qilishi lozim.

Rahbar turlarining o`ziga xos xususiyatlari

Hozirgi vaqtda boshqarishga adabiyotlarda boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirish sifatida qaraladi. Shuning uchun boshqaruvning quyidagi qoidasi qabul qilingan:


Boshqaruv – bu tashkilot maqsadlarini aniqlash va ularga erishish uchun zarur bo`lgan rejalashtirish, tashkil qilish, motivlashtirish va nazorat jarayonlari hisoblanadi. Boshqaruv funktsiyalarini kengroq holatda biz boshqa mashg’ulotlarda ko`rib o`tamiz.
Boshqaruv sohasida yirik nazariyotchi olim Piter F.Druker boshqa ta`rifni taklif etadi: Hamma rahbarlar ma`lum rol va funktsiyalarni bajarishsa ham, yirik korxonadagi rahbarlarning ko`pligi ularning hammasining faqat bir ishni bajarishini bildirmaydi. Har bir rahbarning ishi chegaralangan. Ayrim rahbarlar o`z vaqtini xodimlar ishini muvofiqlashtirishga sarflasa, boshqalari o`z navbatida quyi rahbarlar ishini muvofiqlashtiradi.
Shunday qilib, biz bevosita ishlovchilar ishini muvofiqlashtiruvchi rahbar darajasigacha tushishimiz mumkin. Bunday vertikal mehnat taqsimoti boshqarish pog’onasini tashkil etadi. Korxonada lavozim asosida bir rahbar boshqasiga nisbatan qanday darajada turganligini aniqlash mumkin.
Korxona ko`lami (masshtabi) – bu boshqaruv pog’onasini aniqlovchi omillardan faqat biri hisoblanadi. Optimal natijalarga kam pog’onali boshqaruv orqali ham erishish mumkin.
Boshqaruv pog’onalarining soniga qarab rahbarlarni uch toifaga bo`ladilar. Sotsiolog Talkott Parsons bu uch kategoriyani rahbarning tashkilotda bajaruvchi funktsiyalari nuqtai-nazaridan quyidagicha ta`riflaydi:

    1. Texnikaviy pog’ona.

    2. Boshqaruv pog’ona.

    3. Institutsional pog’ona.

Boshqacha qilib, boshqaruv pog’onalarini ko`pchilik tomonidan qabul qilingan quyi, o`rta va yuqori bo`g’in rahbarlariga ajratish mumkin. Har uchala rahbarlik turi o`rtasida mutanosiblik mavjud bo`lib, aniq sharoitlarda birining salmog’i oshishi bilan boshqasining salmog’i kamayadi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling