Raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 1.47 Mb.
bet15/22
Sana18.06.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1572760
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
texnologik xarita

Ma`naviy yetuklik: siyosiy yetuklik; huquqiy yetuklik; axloqiy yetuklik; yuqori saviya va ong; ma’rifatchilik; madaniyatlilik; xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qodirlik; topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik; shaxsiy manfaatlarni jamoa manfaatlariga bo’ysundirishga qodirlik; kishilarga nisbatan mehribon va e’tiborli bo’lish; tashabbus va ilg’orlikni qo’llab-quvvatlash qobiliyati; printsipiallik; tanqidga chidamli bo’lish, o’z-o’zini tanqid qila bilish.

  • Intizom va mehnat bo`lgan munosabat: mehnatsevarlik; jamoa o’rtasida intizomni yo’lga qo’ya bilish; atrofdagilarga mehnatsevarlikni tarbiyalay bilish.

    Bir noshud rahbarning beg’amligi yuzlab, minglab kishilar taqdirining bedaxl qirralariga ta’sir etishi mumkin. Boqibeg’am bu toifa rahbarlarning ish uslubi bilan murosa qilib bo’lmaydi.

    1. Bilim darajasi: iqtisodiyotni bilish; texnika va texnologiyani bilish; boshqarish ilmini, funktsiyalari va strukturasini bilish; istiqbolni bilishga qodirligi va h.k. Rahbar aniq, chuqur va keng bilimga ega bo’lishi, uni doimo to’ldirib va yangilib borish kerak. Aks holda u obro’ qozona olmaydi, xodimlarning ishonchiga sazovor bo’la olmaydi.

    2. Tashkilotchilik qobiliyati: xodimlarni tanlay bilishi va ulardan samarali foydalana olishi; qo’l ostidagilarni mehnatga o’rgatish va tarbiyalashni bilish; jipslashgan jamoani vujudga keltira olish; maqsad sari intiluvchanlik; kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yo’qotmaslik.

    “Yomon korxona yoki tashkilot yo’q, lekin yomon rahbarlar bor”. Bu ibora shuni bildiradiki, yomon ishlab turgan korxonaga jamoani yaxshi boshqaradigan, tashkilotchilik qobiliyati yuqori, mehnatsevar, talabchan, bilimdon rahbar qo’yilsa, u korxonani tezda yaxshi korxona safiga qo’shadi. Agar yaxshi ishlab turgan korxonaga tasodifan tashkilotchilik qobiliyati past rahbar kelib qolsa, aksincha, u korxona asta-sekin tanazzulga yuz tutadi.


    1. Download 1.47 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling