“raqamli iqtisodiyot” kafedrasi boxodirov bunyod otasini ismi


Mehnat unumdorligi va uning o‘zgarishi


Download 0.85 Mb.
bet17/32
Sana04.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1327728
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Bog'liq
Xodimlar ish samaradorligini oshirish 2022 (5)

Mehnat unumdorligi va uning o‘zgarishi. Mehnat unumdorligi mehnat samaradorligining ajralmas muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, moddiy ishlab chiqarish sohasidagi inson mehnat faoliyatining mahsuli tarzidagi (vaqt yoki mehnat birliklarida) darajasini ifoda etadi. Mehnat unumdorligi darajasi 2 ta ko‘rsatkich asosida tasniflanadi: birinchidan, vaqt birligida mahsulot ishlab chiqarish; ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotda mehnat sig‘imi.
Vaqt birligida mahsulot ishlab chiqarish - ma’lum vaqt davomida (soat, kun, hafta, oy, yil) ishchi (ishchilar guruhi) tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ifoda etadi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotda mehnat sig‘imi – ishlab chiqarilgan mahsulotga sarflangan mehnat miqdorini tasiflaydi.
Mehnat unumdorligi darajalarining vaqt birligida mahsulot ishlab chiqarish va mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlari qo‘yidagi formulalar asosida hisoblab topiladi:

Bunda: Mи.ч – vaqt birligida mahsulot ishlab chiqarish (soat, kun, hafta, oy, yil), Mx – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (so‘m), Mж.м – mahsulot ishlab chiqarishda jonli mehnat sarfi (so‘m), Mс – mahsulot ishlab chiqarishda mehnat sig‘imi.
Mehnat unumdorligi o‘zgarishini ta’minlovchi manba bo‘lib, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni texnik-texnologik yangilab borish, mehnatning fond bilan qurollanganligi, energiya va xom-ashyoning yangi turlarini vujudga kelishi xizmat qiladi. Sanoat korxonalarda mehnat unumdorligining o‘zgarishi (oshishi) qo‘yidagicha namoyon bo‘ladi: mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi, vaqt birligi davomida yaratilayotgan mahsulot sifatining o‘zgarmasligi, bir birlik mahsulot ishlab chiqarishda mehnat sarfining kamayishi, mahsulot ishlab chiqarish vaqtining qisqarishi, daromad normasi va massasining oshib borishi.
Mehnat unumdorligining mahsulot ishlab chiqarish hajmi ko‘payishi va mehnat sarfi kamayishi natijasida oshishi qo‘yidagi hisoblash asosida aniqlab topiladi:

Bunda: Mx0 – ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan mahsulotning oshish foizi, Иск – korxonada ishchilar sonining qisqarish foizi.
Mehnat unumdorligining o‘zgarishi korxona va jamiyatning kelgusidagi rivojlanishi va taraqqiy etishini, pirovardida aholi farovonligi oshishi va ishchi xodimlarning ehtiyojlari tula tukis qondirilishiga erishilishini ta’minlaydi.
Ishchilarning mehnat tajribasi. Mehnat faoliyatini olib borayotgan ishchi-xodim o‘z mehnat natijalariga mehnat malakasi va bilimini safarbar etgan holda turli murakkablikdagi mehnat vazifalarini bajara olishlik imkoniyati bilan mehnat tajribasini namoyon etadi. Mehnat tajribasining oshib borishi ishchining murakkab ishlarni bajarishda samarali va sifatli mehnat qila olish qobiliyatini oshiradi. “Ishchi xodimning mehnat tajribasini aniqlashda ushbu mehnat vazifasini bajarish bo‘yicha bilim saviyasi, mehnat qobiliyati, mehnatga bo‘lgan munosabat, mehnat uslubi va vaziyatni tahlil qilish darajasi, ish staji, bajarilgan mehnat natijasining sifatini hisobga olish lozim”61.
Ishchi-xodimlarning mehnat faoliyatidagi miqdor va sifat natijalari hamda kasbiy tayyorgarlik darajasi qo‘yidagi ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘ladi:
• o‘z kasbiy mutaxassisligi yoki asosiy mehnat faoliyati bo‘yicha ish stajining davomiyligi;
• mutaxassislik va umumiy ma’lumotlarning (oliy, o‘rta maxsus, o‘quv kurslar) mavjudligi;
• belgilangan mehnat vazifasini bajarishdagi mas’uliyat darajasi.
Ushbu ko‘rsatkichlar ishchining mehnat funksiya (vazifa)laridagi ish joyi, sharoiti, ish jarayoniga moslashish, mehnat vazifalarini bajarishda nazariy va amaliy ahamiyati katta. Mehnat funksiyasini belgilashda ishchi(xodim)ning mehnat tajri- basi va mahorat darajasiga muvofiq belgilanadi. Ishchining mehnat tajribasiga ega ekanligi uning bajaradigan mehnat funksiyasiga, maxsus va umumiy bilim darajasi, mehnatning og‘irligi, majburiyat, mahorat (ish ko‘zini bilishi), mehnat natijasining sifati, mas’uliyatlilik, ish staji, maxsus topshiriqlarni bajara olish qobiliyati va boshqalar asosida aniqlanadi.
Ishchilar belgilangan mehnat funksiyasini yuqori mehnat tajribalariga ega bo‘lish asosida bajarishlari mehnatlarining natijalari yuqori bo‘lishi, ish sifatining oshishiga, bir-birlik mahsulotda mehnat va vaqt sarfi qisqarishiga olib keladi.
Ish sifati. Mahsulot ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilarning individual va jamoa mehnat faoliyatlari natijasi ish sifatida tavsiflanadi. Ish sifati o‘zida ishlab chiqarish va boshqaruv darajasini, ishchilarning kasbiy mahoratini, texnologik hamda jonli mehnat sifatini namoyon etadi. “Mehnat sifati” tushunchasi muayyan mehnat jarayonini tavsiflab, uning mohiyatiga, birinchi navbatda, mehnat turlari o‘rtasida sifat bilan bog‘liq farqlarning mavjudligi nuqtai nazaridan qaraladi, qaysiki ushbu farqlar turlicha bo‘lgan iste’mol qiymatlarini hosil qiladi. Ikkinchidan esa, muayyan mehnat turidagi sifat bo‘yicha farqlardan kelib chiqiladi. Ish sifati ishning natijasida, mehnat predmetidagi o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi. Ish jarayoni tarkibini bir qator o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar tashkil etadi. Ushbu operatsiyalarning har birini u yoki bu ishchi bajaradi. Biz aytayotgan ushbu bosqichma-bosqich ish jarayonidagi ish sifati – bu ish jarayonida bajariladigan bir nechta operatsiyalarning belgilangan talablar va me’yorlarga muvofiqlik darajasidir. Ish sifatining bosqichma-bochqich darajasidan tashqari umumiy ish sifati darajasini ham aytib o‘tishimiz mumkin. Ishlab chiqarish jarayonidagi ish sifati bajariladigan ish jarayonlarining belgilangan talablar tizimiga muvofiqlik darajasi bo‘lib, bunda chiqariladigan mahsulot soni ortishi va sifati ko‘tarilishidagi teng shart-sharoitlar hamda ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanilganlik darajasidan kelib chiqadi (2.3.1-rasm).


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling