“raqamli iqtisodiyot” kafedrasi boxodirov bunyod otasini ismi


-rasm. Mehnat va mehnat sifati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik62


Download 0.85 Mb.
bet18/32
Sana04.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1327728
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Bog'liq
Xodimlar ish samaradorligini oshirish 2022 (5)

2.3.1-rasm. Mehnat va mehnat sifati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik62
Yuqori ish sifatiga erishish vositasi bo‘lib zamonaviy ishlab chiqarish va texnologik jarayonga, mehnat intizomiga amal qilish, texnika va xom-ashyoga xo‘jalik munosabati, mehnat malakasi va sifati hamda texnologik daraja xizmat qiladi.
Ish sifati ko‘rsatkichini tadqiq qilish korxonada tezkor boshqaruvni amalga oshirish imkonini beradi. Bu ish sifatini joriy tahlil qilish uchun muhimdir. Ushbu ish sifati ko‘rsatkichi va uning o‘zgarish dinamikasini mahsulot ishlab chiqarish hajmi, daromad miqyosi, mehnat unumdorligi va samaradorligi natija- lari asosida baholash mumkin.
Jonli mehnatni tejash. Jonli mehnatdan samarali foydalanish ko‘rsatkichi o‘zida, ishchi kuchi, texnologiya va uskunalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ish vaqti qisqarishi, xom-ashyo va materiallardan unumli foydalanishni yoki boshqacha qilib aytganda, ichki ishlab chiqarish manbalaridan nechohlik foydalanilayotganligini ifoda etadi. Jonli mehnatdan samarali foydalanish unumdorlik va mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshishiga ta’sir ko‘rsatadi. Jonli mehnatni tejash ko‘rsatkichini aniqlashda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat miqdoridan joriy mehnat miqdorini yoki sarflangan mehnat sarfidan joriy mehnat sarfini ayirish orqali hisoblab topiladi va u qo‘yidagi formula asosida aks etadi:

Bu yerda: Mм – jonli mehnatni tejash; Mс – mehnat miqdori; Mж.с – joriy mehnat miqdori; Mи – mehnat intensivligi; Вс – ish vaqti davomida sarflangan mehnat; Вж.с – ish vaqti davomida sarflangan joriy mehnat.
Mazkur 2.3.4 a - va 2.3.4 b - hisoblash formulalari jonli mehnat tejalishini mehnat sarfi (vaqt sarfi) hisobiga keng miqyosli aniqlash imkonini beradi.
Jonli mehnatdan yangi texnika-texnologiyalarni joriy etish hisobiga samarali foydalanilishini aniqlashda, mavjud uskuna va texnologiyalardan foydalanish hamda yangi texnika-texnolo- giyalarni joriy etish evaziga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmining ishchilar soniga nisbati asosida hisoblab topiladi63:

Bunda: O – muayyan muddatda mavjud umumiy uskunalar soni; O1 – yalpi uskunalar soni; P1 – yangi uskunaning eski uskunaga nisbatan unumdorlik foizi; Kk1 – yangi uskunani joriy qilingan (foydalanilgan) kunlar soni; O2 – modernizatsiya qilingan uskunalar soni; P2 – modernizatsiya qilingan uskunaning eski uskunaga nisbatan mehnat unumdorligini oshirish foizi; O3 – modernizatsiya qilinmagan uskunalar soni; Ao – ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilar soni; K – umumiy ishchilar sonida uskunalar bilan band bo‘lgan ishchilar salmog‘i.
Ish vaqtidan oqilona foydalanish. Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, faqat ularni ishlab chiqarishda sarflangan vaqtiga emas, balki, insonning aniq foydali faoliyatning samara- dorligiga hamda o‘z ish vaqtidan samarali to‘liq foydalan- ganligiga bog‘liqdir. Yuqori mehnat samaradorligiga erishishning shartlaridan biri ham ish vaqtidan to‘liq foydalanishdir, ya’ni undan oqilona foydalanishdan iborat. Ish vaqtidan oqilona foydalanish bu, ishlab chiqarishga daxldor bo‘lmagan har qanday unumsiz va ish vaqti fondining yo‘qotilishi bilan bog‘liq elementlarni bartaraf etish hamda shu asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga bo‘lgan jarayondir.
Ish vaqtidan mahsulot ishlab chiqarishda oqilona foyda- lanishni tahlil qilishning asosiy yo‘nalishi kundalik ish muddati davomida ish vaqti yo‘qotilishini aniqlash hisoblanadi. Ish vaqti davomidagi unumsiz vaqt sarfi yo‘qotilishini aniqlash va bartaraf etish muhim masala hisoblanadi. Ish vaqtining unumsiz sarf bo‘lishi: xom-ashyo materiallari, zaruriy detallar va instrumentlarning o‘z vaqtida mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishtirokini ta’minlanmasligi, ishni oqilona tashkil etilma- ganligi, noqulay mehnat sharoiti, ishchilarning intizomsizligi, elektr energiya o‘zilishi, asosiy vositalarning moddiy eskir- ganligi hamda nososligi oqibatida yuzaga keladi. Ish vaqtidan oqilona foydalanish: mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish hajminig oshishini, bir-birlik mahsulotda mehnat sarfining kamayishiga, mehnat natijasining ko‘payishi, ishchilarning mavjud mehnat salohiyatidan va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni ta’minlash imkonini beradi.
Mehnat haqi mablag‘laridan foydalanish samaradorligi. Har bir ishlab chiqarish korxonasida mehnatga haq to‘lash mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tahlil qilish katta ahamiyatga egadir. Bu jarayonda mehnatga haq to‘lashni muntazam ravishda nazorat qilishni amalga oshirish, mehnat unumdorligi va mehnat sifatining o‘sishi, mahsulotga mehnat sarfini qisqar- tirish hisobiga mablag‘larni tejash imkoniyatlarini aniqlash zarur. Mehnatga haq to‘lash mablag‘laridan foydalanishni tahlil qilishda mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanish va mehnat unumdorligi darajasini tahlil qilish bilan chambarchas bog‘liq ravishda qarab chiqish maqsadga muvofiqdir. Mehnat unumdorligining ortishi bilan unga haq to‘lash darajasini oshirish uchun real shart-sharoitlar yaratiladi. Mehnatga haq to‘lash mablag‘laridan shunday foydalanish kerakki, mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari unga haq to‘lashning o‘sish sur’atlariga nisbatan o‘sishga ega bo‘lishi lozim. Shunday sharoitda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sur’atlarini oshirish uchun imkoniyat yaratiladi.
Mehnatga haq to‘lash uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligiga baho berish uchun mehnat haqining bir so‘mi hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmi, tushum, olingan yalpi foyda, sof foyda va boshqa ko‘rsatkichlardan foydalanib aniqlab topiladi.
Mehnat haqi mablag‘laridan maqsadli tejab samarali foyda- lanish mahsulot ishlab chiqarishda mehnat sarfini kamaytirgan holda mehnat natijasini oshirish evaziga sarflanadigan moddiy rag‘batlantirish imkoniyatlarini kengaytirib mehnat motiva- siyasini oshirish, unumsiz (samarasiz) sarflangan mehnat haqi mablag‘larini tejash, moliyaviy imkoniyatlar kengayishi va samarali boshqaruvni amalga oshirish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat samaradorligini yuqorida tasniflangan xususiy ko‘rsatkichlar asosida umumiy holda aniqlash imkoni mavjud emas, chunki xususiy ko‘rsatkichlarni alohida ko‘rsatkichlarga bo‘lingan holda aniqlab topiladi. Shu boisdan mehnat samaradorligini keng qamrovli ifoda etuvchi yagona hisoblash “mehnat ko‘rsatkichi” uslubini ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. Buning uchun umumiy va xususiy ko‘rsatkichlardan foydalangan holda ishlab chiqish ahamiyatlidir. Mehnat samaradorligini aniqlash uchun taklif etiladiyotgan mehnat ko‘rsatkichi pirovard mehnat natijasi o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlarni tavsiflaydi.
Mehnat samaradorligini aniqlashda mehnat ko‘rsatkichi asosida hisoblash uslubi, natijasi ishonchli bo‘lib, undan foydalanish nihoyatda unumli hisoblanadi va bu qo‘yidagini aniqlash imkonini beradi:
• umumiy mehnat samaradorligi ko‘rsatkichi ifoda etmagan ko‘rsatkichlarni ifodalash;
• ishchi mehnatining rivojlantirishi mehnat natijasiga ta’sir ko‘rsatishini;
• umumiy va xususiy mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlarining o‘zaro uyg‘unligini;
• mehnat natijasining samarasiga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlarni yaxlit bir tizimga solgan holda hisoblashni;
• mehnat hajmi va mehnat sifati o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni.
Yuqorida keltirilgan mehnat samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, mehnat samaradorligini aniqlovchi umumiy hisoblash uslubi mehnat sifati va sarfini ish hajmiga nisbati asosida aniqlashga yondashadi, xususiy hisoblash ko‘rsatkichlar umumiy hisoblash uslubidan keskin farq qilib mehnat samaradorligini aniqlash imkoniyatini kengaytiradi. Unga asosan mehnat samaradorligini vaqt birligi davomida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki mehnat sarfi hajmi, ishchilarning mehnat potensiali, mehnat faoliyat- lari natijasi, resurs va ish vaqti fondidan oqilona foydalanish, intensiv mehnat sarfi oshishiga bevosita ta’sir qiluvchi mehnat haqi ko‘rsatkichlarini hisobga olib tasniflaydi. Xususiy ko‘rsatkichlar mehnat samaradorligining umumiy natijasini ifodalamaganligi bois keng qamrovli samaradorlikni ifoda etuvchi “mehnat ko‘rsatkichi” uslubidan foydalanish ob’ektiv va ishonchli mehnat natijasini olish imkonini beradi.
"Inson resurslari" toifasi "kadrlar" toifasiga o‘xshamaydi. Ushbu konseptsiya nafaqat haqiqiy xodimlarni, balki belgilangan maqsadlarga erishish uchun xodimlarning ma’lum darajadagi qo‘shma qobiliyatlarini ham o‘z ichiga oladi. Tashkilotning kadrlar salohiyati ushbu tashkilot xodimlarining salohiyatiga bog‘liq, ammo ularning yig‘indisi emas. U har bir xodimning potensialiga xos xususiyatlardan tubdan farq qiladigan yaxlitlik xususiyatiga ega.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling