2-rasm – Xodimlar samarali boshqarilganda erishish kutilgan asosiy natijalar*
*Muallif tomonidan tuzildi.
Ta’kidlash joizki, “Xodimlarni boshqarish” tushunchasining mazmun olimlari orasida yakdil fikrlar mavjud emas. jadval).
2 – jadvaldan kelib chiqib, olib borgan tadqiqotlarimiz asosida xodimlarni boshqarish kategoriyasiga tarif berildi. Demak, bizningcha, xodimlarni boshqarish – tashkilotning maqsad va yo‘nalishidan kelib chiqqan holda ish jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiyalash, muvofiqlashtirish va nazorat qilish orqali ishchilarga vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash, yo‘naltirish va ta’sir etish natijasida samaradorlikka erishish jarayoni deyishimiz mumkin bo‘ladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish asosida xodimlarni boshqarish tizimini optimallashtirish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Shu bilan birga, mamlakatning hamma korxonalari ham bu tajribaga murojaat qilmasdan, odat bo‘yicha, eski ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidagi ishchi kuchini boshqarish konsepsiyasiga xos bo‘lgan, eskirib ketgan, xodimlarni boshqarish usullaridan foydalanmoqdalar.
2 – jadval
“Xodimlarni boshqarish” tushunchasi bo‘yicha yondashuvlar*
Muallif
|
Tushunchaning mohiyati
|
N. Mausov
|
Insonlardan maksimal darajada foydalanish uchun ularning motivatsiyasi maqsadli o‘zgartirish natijasida Yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan jarayon.
|
V. Kramarenko
|
Menejment qonuniyatlari va tamoyillarida ifodalangan boshqaruv usullari, maqsadi, funksiyalari, tuzilishi va va ta’sir ko‘rsatish shakli hamda o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish jarayoni.
|
R. Marra,
G. SHmidt
|
Asosiy vazifasi tashkilot va shaxsiy maqsadlarga erishish uchun kadrlardan maqsadli foydalanuvchi barcha korxonalarga xos bo‘lgan faoliyat sohasi.
|
V. Doroffenko
YU. Komar
V. Tokarev
|
Tashkilotning maqsadlariga erishish uchun xodimlarning imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish orqali ularga ta’sir o‘tkazish usul va uslublaridan iborat jarayon.
|
E. Maslov
|
Korxona darajasida ishchi kuchini shakllantirish va qayta taqsimlash jarayoniga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy chora - tadbirlar yordamida tizimli ravishda ta’sir ko‘rsatish g‘amda korxonaning samarali ishlashini va unda faoliyat yuritayotgan xodimlarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash maqsadida ishchanlik sifatlaridan foydalanish uchun sharoit yaratish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |