“raqamli iqtisodiyot” kafedrasi boxodirov bunyod otasini ismi


Download 0.85 Mb.
bet23/32
Sana04.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1327728
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Bog'liq
Xodimlar ish samaradorligini oshirish 2022 (5)

1. Huquqiy asoslar - ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil etishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma’muriy, mulkchilik huquqlari, korxona ishlab chiqarishi bilan bog‘liq huquqiy hujjatlar).
2. Ma’naviy - psixologik asoslar - bu mehnat faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarish munosabatlarida tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va ularning shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda yollanma ishlovchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, rahbar yoki korxona yegasi bilan yollanma ishlovchi o‘rtasidagi munosabat yoki jamoa o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar).
3. Iqtisodiy asoslar esa, mehnat faoliyatini tashkil qi- lishning asosini tashkil etadi. Bunda mehnat faoliyatini tashkil qilish mezonlari (ya’ni shaxsning moddiy manfaatdorligi, bu yerda mehnat faoliyatidan qoniqish darajasi ko‘zda tutiladi).
4. Ijtimoiy-psixologik asoslar. Mehnat faoliyatini maz- muni – har bir bir jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhit, ya’ni jamoadagi har bir ishlovchining ruxiy kayfiyati, ishlovchilar ora- sidagi o‘zaro munosabatlar (bevosita va bilvosita) orqali shakllanadi68.
Mehnat faoliyatining mexanizmi mehnatni tashkil etishda amalga oshiriladigan elementlar majmuasini ifodalaydi. Bu elementlar majmuasi texnologik, huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy va iqtisodiy asoslardan tarkib topadi (3.2.1 rasm).
Hozirgi sharoitda insonlar faoliyatining mehnatdagi buyum- lashgan elementlar bilan o‘zaro aloqasini o‘rnatibgina qolmay, o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatning qatnashchilari o‘rtasida mehnat munosabatlarini shaklantirish, jonli mehnat samaradorligini oshirish kabi muammolarni yechish zarur bo‘lmoqda. Jonli mehnat samaradorligini oshirishda avvalo, insonlarning mehnat faoliyat- larini tashkil etishda ilmiy asoslarga tayangan holda tashkil etish muhim hisoblanadi. Shu boisdan mehnatni tashkil etish asoslari va mehnat jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni inobatga olgan holda mehnatni samarali ilmiy asosda tashkil etishning konseptual (asosiy) yo‘nalishlarini ishlab chiqish muhim vazifa hisoblanadi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling