“raqamli iqtisodiyot” kafedrasi boxodirov bunyod otasini ismi


Download 0.85 Mb.
bet13/32
Sana04.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1327728
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
Xodimlar ish samaradorligini oshirish 2022 (5)

1 bob bo‘yicha xulosa
Xulosa qilib aytganda, sanoat xodimlari mehnatining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi – bu kam mehnat sarfi va Yuqori xizmat sifati orqali iste’molchilar ehtiyojini Yuqori darajada qondirish uchun tovarlar va xizmatlar realizatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p tomonlama faoliyat natijasida erishishda ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik balansining mehnat munosabatlari orqali aks ettirishdir.
Sanoat xodimlarining mehnat samaradorligi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu sanoat tarmoqlarining ijtimoiy-ommaviy va xo‘jalik tizimi sifatida xususiy, aralash mulkchilikka asoslanadi hamda ishlovchilarga ikki yoqlama munosabatni taqozo etadi. Sanoat xizmati sahasining o‘ziga xos jihati va undagi mehnat resurslarining ikki yoqlama xususiyati, ushbu sohada band bo‘lganlar mehnatidan foydalanish natijasini baholash mezonlarini tanlashda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Sanoat korxonalarida mehnat salohiyatidan etarli foydalanmaslik (sanoat hodimi real va potensial imkoniyatlari bilan ularni amalga oshirish o‘rtasidagi nomuvofiqlik) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ehtiyojlari bilan sanoat xodimlarining kasbiy tarkibi o‘rtasidagi, xodimlar malakasining mavjud va haqiqatga zarur darajasi o‘rtasidagi nomuvofiqlikda mehnat funksiyalarini oqilona taqsimlashda mehnatdan, uni tashkil etishdan va shart-sharoitlardan qoniqmaslikda; xodimdagi ma’suliyatni xis qilish tuyg‘usining etarli rivojlanmaganligida va hokazo omillarda namoyon bo‘ladi.
Mazkur omillar sanoat korxonalarida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini pasayishiga, sanoat ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sifatiga va natijada mehnat samaradorligi pasayishiga olib keladi.

II BOB. ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA XODIMLAR ISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILLARI TAHLILI


2.1 Korxonalarda mehnat samaradorligini oshirishga taʼsir etuvchi iqtisodiy omillar
Korxonalarda mehnat samaradorligiga taʼsir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va taʼsir darajasini tadqiq qilish asosida samaradorlikni oshirish bugungi iqtisodiyot fanining oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Shu boisdan, mehnat samaradorligiga taʼsir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tadqiq qilamiz. Mehnat samaradorligining oshishiga taʼsir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni ko‘rib chiqishdan oldin, omil tushunchasiga aniqlik kiritish maqsadga muvofiqdir. Omil – bu sabab, rivojlanish jarayonini, uning alohida hususiyati va holati- ni boshqaruvchi kuch. Ishlab chiqarish sohasida omil – maʼlum bir obʼektiv holat yoki jarayonning taʼsirida ishlab chiqarish samaradorligi darajasi o‘zgarishini anglatadi. Omillarning alohida hususiyati shundaki, ularning harakati zamon va makondan qatʼiy nazar o‘z davomiyligini saqlab qoladi. Ular har doim har qanday vaziyatda, o‘rganilayotgan subʼektning hajmidan qatʼiy nazar, hoh umumiqtisodiyot, hoh tarmoqlararo, yoki korxona va bo‘limlar darajasida bo‘lsin o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi.
Mehnat samaradorligining o‘sish zahiralarini omillardan farqlash lozim, chunki ularning har ikkisi ham mehnat unumdor- ligiga sabab bo‘lishi mumkin. Zahiralar odatda omillardan to‘laqonli foydalanish imkonini yaratadi52. Omillardan farqli o‘laroq zahiralar doimiy emas va ular barham topishi mumkin, shunga bog‘liq holda mehnat samaradorligining keyingi taraqqiyoti ham imkonsiz bo‘ladi. Qolaversa, mehnat samaradorligini taʼmin- lashga qodir zahiralar har qanday subʼektda ham bo‘lavermasligi mumkin. Masalan, baʼzi korxona va tarmoqlarda ortiqcha bandlik kuzatilsa, baʼzilarida esa xodimlar miqdori kerakligicha ijobiy taqsimlangan bo‘lishi mumkin.
Mehnat samaradorligi oshishiga taʼsir ko‘rsatuvchi omillar- ni tadqiq qilishda turli olimlar turlicha yondashadilar, masalan, Q.X.Abdurahmonov tomonidan “...fan-texnika taraqqiyotining avj olishi, ishlab chiqarish (texnika, texnologiya) moddiy asosining taʼminlashuvi va xilma-xil, ko‘p hollarda esa ancha murakkab tashkiliy tadbirlarning amalga oshirilishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi, balki faqat ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilari bo‘lgan insonlarning faol mehnat faoliyati natijasidagina sodir bo‘ladi. Bu mehnat faoliyatining harakatlantiruvchi kuchi – muayyan natijani qo‘lga kiritishga bo‘lgan qiziqishdir, u o‘z navbatida ishlab chiqarish ishtirokchilari bo‘lgan insonlarning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish imkoni beradi”53, Z.B.Irma- tova tomonidan “…ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish evaziga uni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish, innovatsiyalar hisobiga yangi mashina va texnologiyalarni joriy qilish, ishlayotgan dastgohlarni zamonaviylashtirish, dastgohlar- dan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, unda mehnatni ilmiy tarzda tashkil etishni yaxshilash, ish vaqtidagi yo‘qotishlarni bartaraf qilish, xorijdagi va o‘zimiz- dagi sinalgan ilg‘or ishlab chiqarish tajribalaridan foydalanish, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tizimini to‘g‘ri tashkil qilish”54, L.A.Kostin tomonidan, “...kadrlarning bilimi, madaniy-texnik va professional darajasi hamda mehnat intizomining oshishiga bog‘liqdir”55 deb taʼkidlab o‘tishgan.
Mehnat samaradorligiga taʼsir qiluvchi ijtimoiy va iqtisodiy omillarni birma-bir qayd etib o‘tish orqali, bizning fikrimizcha ushbu omillarni to‘liq taʼsir doirasini ifoda etib bo‘lmasdan, balki mehnat samaradorligiga taʼsir etuvchi ikki- lamchi omillarni birlamchi omillar sirasida qayd etib o‘tish kabi xatolikka yo‘l qo‘yish mumkin. Bunday jiddiy xatolikka yo‘l qo‘ymaslik uchun omillarning mohiyati va taʼsir doirasini chuqur tahlil qilish orqali, so‘ng ularni taʼsir doirasi bo‘yicha sinflarga bo‘lib chiqish maqsadga muvofiq. Shuni qayd etib o‘tish lozimki, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni tahlil qilishda samaradorlikka taʼsir ko‘rsatuvchi boshqa omillar guruhi bilan bog‘liq holda, o‘zaro to‘ldiruvchi hamda guruh omillari ijtimoiy- iqtisodiy omil sifatida namoyon bo‘lishligi mumkin. Masalan, mehnat samaradorligiga bevosita mehnat predmetlari, ishlab chiqarishdagi texnologik daraja, mehnat sharoiti va mehnatdan mamnun bo‘lish orqali taʼsir qiluvchi omillar texnik-texnologik omillarni tashkil etadi. Ushbu omillar bilvosita mehnat samara- dorligiga taʼsir qiluvchi ijtimoiy va iqtisodiy omillarni o‘zida ham ifoda etadi. Tashkiliy omillar (mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi, ish joylarini tashkil etish, ishlab chiqarish rivojlanishini taʼminlash) mehnat samaradorligiga bevosita ishchi kuchi va ish vaqtidan foydalanishda taʼsir ko‘rsatadi. Boshqa tomondan, mehnatni tashkil qilish va ishlab chiqarish darajasi muhim ijtimoiy-iqtisodiy omilga taʼsir ko‘rsatib, mehnat sharoiti va mehnat tartibi hamda uning turli vaqt oraliqlarida intensivligini, mehnat og‘irlig‘ining bir meʼyorda taqsimlangan- ligi, haqiqatda ish kuni va haftasining davomiyligini belgilab berib, bu insonning mehnatga qobiliyatliligini, mehnatga bo‘lgan munosabatini, texnologik va mehnat tartiblariga amal qilishini namoyon etadi.
Mehnat samaradorligiga taʼsir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-iqti- sodiy omillarni taʼsir doirasi va mohiyatini chuqurroq aniqlash uchun omillarni alohida iqtisodiy va ijtimoiy guruhlarga bo‘lgan holda tadqiq etamiz. Mehnat samaradorligiga mehnatni rag‘batlantirish tizimi orqali taʼsir ko‘rsatish iqtisodiy omilni yuzaga keltiradi.
Mehnat samaradorligining oshishiga birlamchi omil bo‘lib, ishchining isteʼmol sarflarini (ehtiyojini) qoplash va sarflan- gan kuchni qayta hosil qilishdagi ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyat- larining oshishi hisoblanadi. Insonning tabiiy xususiyatidan kelib chiqib isteʼmol sarfini moddiy va ijtimoiyga bo‘lish mumkin. O‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida indivi- dual ishchi kuchi sifatida mehnat faoliyatini olib boradi. Ehtiyoj va uni qondirish bo‘yicha harakat qilishga undovchi kuch o‘zaro bog‘liqlikda qo‘yidagicha namoyon bo‘ladi. Shaxs ehtiyojlari mehnat faoliyatida samarali mehnat qilish evaziga qondirilsa, unda meh- nat qilishga to‘rtki yuzaga keladi. Bu albatta mehnat motiva- siyasini yuzaga keltirib, ishchining mehnatga bo‘lgan munosabatini namoyon etadi.
Insonning isteʼmol sarflari uchun zarur bo‘ladigan moliya-viy manbalarning minimal miqdori ko‘rsatkichini belgilashda eng kam oylik mehnat haqini asos sifatida olish maqsadga muvofiqdir (2.1.1-jadval).

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling