“raqamli iqtisodiyot” kafedrasi boxodirov bunyod otasini ismi
Download 0.85 Mb.
|
Xodimlar ish samaradorligini oshirish 2022 (5)
1.1.1-жадвал
2022 йилда жаҳоннинг 10та энг йирик суғурта компаниялари (млрд. АҚШ дол.)8
Амалиётга кўра, ривожланган мамлакатлар суғурта компаниялари дуч келаётган муаммолар орасида қуйидагиларни келтириш мумкин: йирик суғурта гуруҳларининг пайдо бўлиши; қимматли қоғозларга инвестициялар; мижозлар томонидан сўровларнинг ортиши; янги АКТнинг пайдо бўлиши; суғурта хизматчиларининг шахсий хавфсизлигини таъминлаш. Тадқиқотларимиз суғурта фаолияти иқтисодий тоифа сифатида қуйидаги аломатлар билан тавсифланишини кўрсатмоқда: барча иштирокчилар ўртасида зарар қийматини ҳисоблаш билан боғлиқ суғурта иштирокчилари ўртасида ёпиқ қайта тақсимлаш муносабатлари; суғурталанувчиларнинг тўловлари ҳисобига мақсадли суғурта жамғармаси ва суғурта ҳодисаси юз берганда суғурталовчи томонидан кутилаётган суғурта бадалларини тўлаш маблағларини шакллантириш; суғурта тўлови қийматининг суғурта жамғармасини яратган иштирокчилар сонига боғлиқлиги; суғурта фаолияти билан бирга инвестиция фаолиятидан ҳам фойда олиш. Тадқиқотларимизга кўра, Ўзбекистон Республикаси суғурта бозорида 2021 йилда ихтиёрий суғурта бўйича суғурта тўловлари ҳажми 107,2 млрд. сўм бўлган бўлса, 2022 йилда 114,4 млрд. сўмга тенг бўлган. Мажбурий суғурта бўйича суғурта тўловлари ҳажми 2015 йилда 43,8 млрд. сўм бўлган бўлса, 2016 йилда 33,1 млрд. сўм бўлиб, 31,3 % камайиш кузатилган (1.1.1-расм). Samaradorlik masalalari bo‘yicha uzoq xorijiy va MDX mamlakatlari olimlari tomonidan turli ilmiy izlanishlar olib borilib, o‘zlarining qarashlarini bayon qilganlar. Hozirgi zamon g‘arb iqtisodchilari D.L.Gibson, D.M.Ivansevich va D.X.Donneli tomonidan “samaradorlik tushunchasini uch yo‘nalishda: birinchi- dan, korxona (tashkilot) maqsadalariga erishish darajasi sifa- tida, ikkinchidan, qiziqishlar kelishuvi darajasi sifatida, uchinchidan, tashqi muhitda yashab ketish, ko‘nikish, egiluvchanlik darajasi”9 sifatida tahlil qilganlar. Samaradorlik tushunchasiga Italiyalik iqtisodchi Vilfred Pareto qo‘yidagicha ta’rif bergan: “samaradorlik - bu ishlab chiqarish tizimida biron bir jarayonga putur (zarar) etkazmagan holda Yuqori natijadorlikka erishishdir”10. V.V.Novojilov samaradorlikka qo‘yidagicha ta’rif bergan: “samaradorlikni umumiy tarzda foydali samarani (natijador- likni) uni olish uchun sarflarga nisbatida ifodalanadi. Samaradorlik ko‘rsatkichi qo‘yidagi hollarda teskari shaklda, ya’ni sarflarni samaradorlikka nisbatida ifodalanadi”11. L.M.CHistov tomonidan “samaradorlik” tushunchasiga: “sama- radorlik – bu vaqt birligida ishlatiladigan resurslar birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot ko‘rinishida foydali xossalarni konsentratsiyasidir”12 deb ta’rif bergan. SHuningdek, samaradorlikning bir xil mazmunga ega bo‘lgan bir necha ko‘rsatkichlarini: resurs qaytimi, ijtimoiy-iqtisodiy tizimning intensiv amal qilishi va yalpi resurslardan foydalanish sifati ko‘rsatkichlarini ko‘rsatgan. U resurs qaytimi ko‘rsatkichini yalpi foydalanilayotgan resurslar ob’ektlari quvvati birligini o‘rtacha yalpi yillik foydalanilayotgan resurslar qaytimi birligiga bo‘lish orqali aniqlashni ilgari so‘radi13. A.V.Karpovning fikricha “Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U “samara” toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega. Samaradorlik chora sifatida ko‘plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo‘jalik qarorlarini avvaldan bel- gilab beradi. Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va inves- titsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi”14. Amerikalik iqtisodchi olim D.Sink tomonidan samaradorlik so‘zining mazmuniga turli xil ta’riflarni beradi: “1. Effeciency-inglizcha, kam sarf-xarajat, tejamkorlikni anglatib zururiy va amalda sarflangan resurs xarajatini ifodalaydi. 2. Effectiveness-inglizcha, mahsulot sifati va reja bajarilish munosabatlarini butun tizim darajasida ifodalaydi. 3. Productivity-inglizcha, mahsuldorlik, ishlab chiqaruvchanlik (mahsulot hajmini amaldagi mavjud resurs xarajatlar nisbati)ni ifodalaydi. 4. Profitability-inglizcha, foydalilik. 5. Innovation-innovatsiya. 6. Quality of la - bour life-sifatli mehnat faoliyati”15 kabi tushunchalarni izoh- laydi. Kolens lug‘atida ”samaradorlik” kam xarajatli omillar hamda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish oraliq munosabatlarida namoyon bo‘lishi qayd etilgan16. “Samaradorlik tushunchasini “Cash flow” metodida17 ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, samaradorlikka tizimli yondashilib: “umum samaradorlik, tijorat samaradorligi, ma’lum loyihada ishtirok etish samaradorligi kabi tushunchalarga ajratish mumkin”18. SHuningdek, iqtisodiy samaradorlik tushunchasini ifodalashda: “samaradorlik tushunchasining bir bo‘lagi sifatida: umumiqtisodiyot nuqtai nazaridan investitsion loyiha samaradorligidir”19. SHuni qayd etish lozimki, umum samaradorlik (umum jamiyat samaradorlik) bu iqtisodiy samaradorlikdir. I.I.Sidirov tomonidan iqtisodiy samaradorlikni baholashda “haqiqiy samara / potensial samara” munosabatlari asosida ifodalash”20 konsepsiyasini ilgari suradi. SHu nuqtai nazardan iqtisodiy samaradorlik tushunchasiga: “cheklangan resurslardan samarali maksimal foydalanish va sifat harakatidan iborat”21 kabi izoh beradi. Ushbu yondashuv asosida samaradorlikni ifoda- lashda optimal (potensial imkoniyatga) holatga yaqinlashishni nazarda tutadi. Optimal holat tushunchasiga Pareto tomonidan: “ ...bu shunday iqtisodiy tizim yoki resurslarni taqsimlash hola- tiki parametrlarning ijobiy o‘zgarishi boshqa bir parametrning salbiy o‘zgarishisiz erishib bo‘lmaydi. Xususan, bir ijtimoiy guruh holatining ijobiy o‘zgarishi boshqa bir ijtimoiy guruh holatining yomonlashuvisiz imkonsizdir”22 degan izohni beradi. Bizning fikimizcha, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari ikki guruhga: xususiy va umumlashgan ko‘rsatkichlarga bo‘lish lozim. Sanoat ishlab chiqarish korxonalarida iqtisodiy samarador- likni tavsiflovchi xususiy ko‘rsatkichlarga mehnat resurslaridan foydalanish ko‘rsatkichlari, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari kiradi. Xususiy ko‘rsatkichlar tizimida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari alohida muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasi (natural, qiymat va mehnat ko‘rsat- kichlari), o‘rtacha mehnat haqi, bir xodim hisobiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmining o‘sish sur’ati va mehnatga haq to‘lash sur’atining nisbati, mehnat haqining bir so‘miga olingan natija ko‘rsatkichlari tizimidan foydalanib mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini keng tavsifiga ega bo‘lish mumkin. Amerikalik iqtisodchi Stivin Kovi o‘zining tadqiqotlarida samaradorlik tushunchasini qo‘yidagicha talqin qiladi: “mahsulot” (yakuniy natija) va “mahsulot manbai” (resurs, manba, imkoniyat) tushunchalari bilan o‘zaro muvozanatda ekanligini qayd etadi hamda o‘zaro tushunchalarning “mahsulot” / “mahsulot manbai” nisbatini ilgari so‘radi. “Samaradorlikka keng yondashilsa, sama- radorlik samarali boshqaruv, tashabbuskorlik, shaxsiy poten- siyalni boshqarish kabi sifatlarda namoyon bo‘ladi”23. Mamlakatimizning etuk olimlari ham samaradorlik masa- lasi bo‘yicha o‘zlarining qarashlarini bayon qilganlar. Xususan, Q.X.Abdurahmonov tomonidan qo‘yidagicha ta’rif beriladi: “samaradorlik tushunchasi nihoyatda keng tushunchadir, u olingan samaraning sarflarga nisbatini aks ettiradi”24. A.O‘lmasov, A.Vahobov tomonidan “Samaradorlik resurs sarflari bilan ishlab chiqarishdan olingan natijaning taqqos- lanishini bildiradi, ya’ni bu nima sarflab nimaga erishgan- ligini ko‘rsatadi”25. Q.J.Mirzaev, M.Q.Pardaev tomonidan “Samaradorlik deyilganda, mulk shaklidan qat’iy nazar, barcha mavjud resurslardan samarali foydalanish va xarajatlarning tejamkorligini ta’minlash evaziga jamiyat, davlat, mulkdor, korxona, ish kuchi sohibi kabi sub’ektlarning manfaatlari mushtarakligini ta’minlashga qaratilgan ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar majmui”26 deb ta’rif beriladi. M.Q.Pardaev, B.A.Abdukarimov tomonidan esa: “Samara- dorlik - bu sodir bo‘layotgan biror iqtisodiy jarayonning qanday natija bilan yakunlanganini ifodalaydi”27 deb izoh beradilar. Ushbu berilgan ta’rifda samaradorlik tushunchasiga iqtisodiy nuqtai nazardan yondashilib, samaradorlik faqat biror bir iqtisodiy jarayonda vujudga keladi degan konsepsiyani ilgari so‘radilar. Bizning fikrimizcha, samaradorlik nafaqat iqtisodiy jarayonning yakunidagi holati, balki ijtimoiy natijaning erishilgan darajasi hamdir. Samaradorlik tushunchasi murakkab tushuncha ekanligini e’tirof etib, ilmiy adabiyotlarda (efficiency – inglizcha) (efficientia – lotincha) bir nechta tarjimaviy talqinga ega, bir muncha keng tarqalgan “efficiency” iborasini samaradorlik, mahsuldorlik, harakatchanlik qobiliyati va operativlik28 kabi tushunchalar bilan izohlash mumkin. Hozirgi vaqtda samaradorlikni ko‘plab ta’riflari nafaqat iqtisodiy fanlarda, balki boshqa fanlarda ham keltirilgan. Iqtisodiyot fanlarda “samaradorlik” tushunchasi tor va keng ma’noda talqin qilinadi. Samaradorlik tushunchasi tor ma’noda: potensial va real faoliyatlar natijasining kompleks tasnifi bo‘lib, bunda asosiy e’tibor faoliyat bo‘yicha olingan natijalarga qaratiladi. Keng ma’noda “samaradorlik” tushunchasi: atrof- muhitga samarali va adekvat yondashuv qobiliyati29, nisbiy samara, operatsiyalar va loyihalar30, sarflanadigan resurslardan unumli foydalanish31 sifatida talqin qilinadi. Samaradorlik mohiyatini aniqlashning Yuqoridagi ta’rifini qaraydigan bo‘lsak, uning bir qancha resurslari mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. CHunki, bu tushuncha bir qancha mezonlar, xususiyatlar orqali ifodalanishi mumkin. SHuningdek, samaradorlik kategoriyasi iste’molni qondirish sifatida ham, ishlab chiqarishning maqsadga muvofiqligi sifatida ham, korxonalarning samarali shakllanishi sifatida ham, ijtimoiy natija sifatida va boshqa ko‘rinishlarda ham namoyon bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan ta’riflar “Samaradorlik” mohiyatining qo‘yidagi asosiy jihatlarini ifodalaydi: birinchidan, samaradorlik murakkab ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u bir yoki bir necha mezonlar asosida aniqlanadi; ikkinchidan, u har doim muayyan maqsadlar faoliyatiga bo‘ysunadi, ya’ni samaradorlikni baholash bosh maqsadlar asosida faoliyatlarni tavsiflaydi. SHunday qilib, samaradorlik nisbiy tushunchadir. Mazkur tushun- cha haqida fikr yuritilganida bir necha holatlar taqqoslanadi. Masalan, iqtisodiy nazariyada – iqtisodiyotdagi biron-bir manfaat bilan bog‘liq bo‘lgan farovonlik darajasi taqqoslanadi. Gap shundaki, jamiyat farovonligi barcha jamiyat a’zolarining manfaatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumlashtirish natijasidir. Bizning fikrimizcha, Yuqorida keltirilgan ta’riflarni e’tiborga olgan holda, samaradorlik mohiyatining aniq bir mualliflik ta’rifini berish maqsadga muvofiqdir. Samara dorlik – bu ishlab chiqarish va noishlab chiqarish jarayonida erishilgan iqtisodiy va ijtimoiy natijaning ko‘zlangan maqsadga nisbatini ifodalaydi. Ushbu mulliflik yondashuvidagi sama- radorlik ta’rifida ishlab chiqarish va noishlab chiqarish muno- sabatlarida erishiladigan iqtisodiy manfaatdorlik va ijtimoiy naflilik ko‘zlangan maqsadga nisbatan ortiq yoki ustunligida namoyon bo‘ladi. Ushbu samaradorlik tushunchasiga berilgan mualliflik ta’rifi murakkab va keng qamrovligi jihatidan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qo‘llash imkonini beradi, ishlab chiqarish iqtisodiyotida ishlab chiqarish hamda mehnat faoliyati samaradorligi tushunchalariga izoh berishda ham qo‘llash mumkin. Mehnat samaradorligini baholash uchun uning ijtimoiy- iqtisodiy kategoriya sifatida ko‘p jihatliligi muayyan ko‘rsat- kichlar tizimini talab qiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish darajasini ishlab chiqarish miqyoslari (iqtisodiyot tarmoqlari, soha, korxona, sex, uchastka, brigada)ga qarab mehnat samara- dorligini aniqlashning turli darajalarini e’tiborga olinishi lozim. Buning ustiga, hatto bir darajaning o‘zida – ayrim korxona (tarmoq, sex)lar darajasida – ko‘rsatkichlar tizimlari farqla- nishi mumkin, chunki mahsulot ishlab chiqarish hajmlari turlicha hisoblab chiqiladi, xodimlar tarkibi (malaka darajasi, ish staji, soni) tafovutli va mehnat sarflarini hisobga olishning o‘z hususiyatlari bo‘ladi. Hozirgi kunga qadar iqtisodchilar o‘rtasida sanoat ishlab chiqarish tarmog‘ida mehnat samaradorligini baholash uslubi to‘g‘risida yagona fikr yo‘q. Ko‘pchilik iqtisodchi olimlar “mehnat unumdorligi” va “mehnat samaradorligi” tushunchalarini bir-biriga o‘xshash tushuchalar, deb ta’kidlashadi. Masalan, V.I.Ivanitsskiy, I.N.Maksimenko va N.N.Ushakovalar32 qo‘yidagi ta’rif- ni keltirishadi: “mehnat samaradorligi bajarilgan ish hajmi uchun mehnat sarflarini kamaytirish yoki yaratishni ko‘paytirish bilan bog‘liq mehnat unumdorligi orqali tavsiflanadi”. Bu fikrni O.I.Volkov33 ham o‘z tadqiqot ishlarida qayd qilgan. SHuningdek, mamlakatimiz olimlari tomonidan ham chalkashliklar mavjud, masalan A.O‘lmasov va A.Vahobovlarning “Iqtisodiyot nazariyasi” nomli darsligida: “Mehnat unumdorligi mehnat nati- jasini, mehnat samaradorligini anglatadi”34 deb e’tirof etiladi. Tadqiqotlarimizda aniqlandiki, ko‘pgina boshqa xorij olimlari ham mehnat samaradorligini o‘rganishda uni ishlab chiqarish samaradorligiga ham tenglashtirishadi. Biroq, shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu kategoriyalar alohida 3 ta iqtisodiy kategoriyalar hisoblanadi. Ushbu chalkashliklar kelgusida takrorlanmasligi uchun, mehnat samaradorligining mohiyatini mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligi kategoriyasidan alohida kategoriya sifatida tadqiq qilamiz. Ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat unumdorligi o‘rtasida farq borligiga shubha yo‘q. Ishlab chiqarish samaradorligi iqtisodiy jamiyatning mehnat, material, tabiiy va pul resurslarining moddiy ishlab chiqarish sohasida qanchalik darajada foydali ishlatilishini ifodalaydi. Uning darajasini kompleks ko‘rsatkichlar yordamida hisoblash mumkin. Ularda eng muhimi bu moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar, mehnat unumdorligi, fond qaytimi, mahsulot sifati va tannarxi kabi ko‘rsatkichlarning har bir-birligiga teng yaratilgan YaIM hajmidir. Ishlab chiqarish samaradorligi mehnat unumdorligidan farqi shuki samaradorlik ishlab chiqarish jarayoni doirasidan chetga chiqib iste’mol davrining ham samarasini ifodalaydi. Mehnat unumdorligi mehnat samaradorligining muhim ko‘rsatkichidir, biroq, mehnat unumdorligi iqtisodiyot tarmoqlari darajasidan toki ish joyigacha ishlab chiqarishning barcha darajalarida uzluksiz tusda bo‘lishi mumkinligi uchun muhimdir. Mehnat samaradorligi esa mehnat unumdorligidan mehnat natijalari ko‘rsatkichi jihatidan ham, sarflar ko‘rsatkichi jihatidan ham farq qiladi. Mehnat unumdorligini ta’riflashda uning natijasi mehnat mahsuli tarzida (vaqt yoki qiymat birliklarida) ifodalanadi. Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan farqli o‘laroq, nafaqat mehnat hajmini, balki uning sifatini ham ifodalaydi. Mehnat sifati deganda ikki ma’noni tushunmoqlik lozim. Tor ma’noda mahsulot sifatini, keng ma’noda ijtimoiy foydaliligi, mehnat natijalarining qo‘yilgan talablarga javob berishini ifodalaydi. Mehnat samaradorligining yana bir muhim jihati shuki, u o‘z o‘rnida mehnat resurslaridan foydalanishdagi tejamkorlikni, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohasidagi inson mehnat faoliyatining sermehnatliligini ifodalaydi. Ushbu bir-biridan iqtisodiy foydalanish darajasi bo‘yicha farq qiluvchi kategoriyalarni o‘zaro farqli jihatlarini 1.1.2-jadvalda tasniflaymiz. Mehnat samaradorligi iqtisodiy kategoriya sifatida targ‘ib etilishida V.V.Novojilovning hissasi katta, uning fikricha, “...mahsulotning foydali hususiyati uning soniga bog‘liq emas. Mahsulot foydali yoki keraksiz, zarur yoki ortiqcha bo‘lishi mumkin. Ortiqcha mahsulot ishlab chiqarishning o‘sishi, mehnat hajmining oshishiga olib kelishi mumkin, ammo bu uning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”35. SHuning uchun mehnat samaradorligi ishlab chiqarish tushunchasidan ancha keng tushuncha hisoblanadi. Mehnat samaradorligi o‘zida nafaqat mahsulot miqdorini aks ettiradi, balki mahsulotning iste’mol qiymatini, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlaridagi mehnat samarasini ham ifoda etadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling