Raqamli iqtisodiyot sharoitida korporativ boshqaruv: joriy holati va rivojlanish istiqbollari
Download 226.43 Kb. Pdf ko'rish
|
raqamli-iqtisodiyot-sharoitida-korporativ-boshqaruv-joriy-holati-va-rivojlanish-istiqbollari
foizdan ham oshmaydi.
Raqamlashtirishning ahamiyati va ta’sirini qanchalik ortib borayotganligini baholash uchun so’nggi o’n yillikdagi bir necha yirik texnologik kompaniyalar va raqamli platformalarning jahon bozoridagi kapitallarining ulushini ko’rish kifoya. Xususan, BMTning savdo va rivojlanish konferensiyasi ma’lumotlarida qayd etilganidek, bu ko’rsatkich 2009-yilda 16 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2018-yilning oxiriga kelib 56 foizga yetgan. Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalarni qo’llab- quvvatlagan holda qulay ekotizmni yaratishi lozim. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik rivojlanish sharoitida O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotsiz tasavvur qilish qiyin. Tadqiqotlar natijalariga ko’ra, 2022-yilga kelib global YaIMning chorak qismi raqamli sohada bo’lishini taxmin qilmoqda. Lekin, xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirish indeksi bo’yicha O’zbekiston 170 dan ortiq davlat ichida 103-o’rinni egallab turishining o’zi mamlakatimizda bu sohada hali o’z yechimini kutayotgan masalalar va qilinishi lozim bo’lgan ishlar ko’pligidan dalolat beradi. "Science and Education" Scientific Journal January 2021 / Volume 2 Issue 1 www.openscience.uz 203 Davlatimiz raxbarining ta’kidlashicha, “….yurtimiz xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo’yicha 2019-yilda 8 pog’onaga ko’tarilgan bo’lsa-da, hali juda ham orqada. Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko’p mablag’ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo’lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo’ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o’tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo’ladi. Raqamli iqtisodiyotning o’sishi uchun mamlakatning barcha imkoniyatlarini ochib berishga to’sqinlik qilayotgan O’zbekistonning telekommunikatsiya bozorida muammolar mavjud. Bozorni cheklovchi asosiy omil investitsiyalarni kuchaytiradigan va narxlarni ko’taradigan raqobatbardosh raqobatdir. Natijada IP tranziti narxi dunyodagi eng qimmat bo’lib qolmoqda va aholi jon boshiga nisbatan mamlakatning o’tkazish qobiliyati juda past. UzTelecom shuningdek, mamlakatda uzoq masofalarga xizmat ko’rsatuvchi va eng keng tarmoqqa ega. Garchi 2018-yil iyun holatiga ko’ra mamlakat uchun qaryb 24,500 ta ichki tolali kilometr xizmat ko’rsatadigan bo’lsa, bu mamlakat uchun bu ko’rsatkich past. Garchi bozorga kiradigan boshqa operatorlar, shu jumladan xorijiy kompanyalarga nisbatan xech qanday qonuniy cheklovlar qo’llanmasa ham, UzTelecom ISP ulanish uchun imtiyozli foydalanish va narxlarni olishiga oid aniq dalillar mavjud. Uyali aloqa operatorlari (MNO) uchun litsenziyalashning murakkab, noan’anaviy jarayonlari o’tmishda ba’zi xorijiy kompaniyalarni bozorni butunlay tark etishga majbur qildi va mavjud soliq tuzilmalari xususiy MNO o’sishiga to’sqinlik qilmoqda. Raqamlashtirish katta va misli ko’rilmagan imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu bilan birga, bunday transformatsion texnologiyalarni rivojlanishida jiddiy noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Hukumatlar jamiyat uchun yuzaga kelishi mumkin bo’lgan oqibatlar va ushbu paydo bo’layotgan texnologiyalar ularning boshqaruv faoliyatida yuzaga keladigan tanqidiy muammolarni chuqurroq tushunishga intilishlari kerak. Xulosa va takliflar. Xulosa qiladigan bo’lsak, har bir mamlakatning o’sishi, rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun har bir sohada yangi-yangi o’zgarishlar, g’oyalar va vaqti-vaqti bilan o’zgartirilib turadigan yangicha tartiblar bo’lishi lozim. Bugungi davrda Raqamli iqtisodiyot va uni rivolanishi zamon talablaridan biridir. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Davlatimiz raxbari ta’kidlaganlaridek iqtisodiyotni shakllantirish ko’p mablag’ va mehnat talab qiladi. Ammo biz bundan qo’rqmasdan raqamli iqtisodiyotni shakllantirishimiz kerak. Bu ishni bugundan, hozirdan ma’sulyat va qai’iyat bilan "Science and Education" Scientific Journal January 2021 / Volume 2 Issue 1 www.openscience.uz 204 boshlashimiz lozim. Mamlakat rivojlanishi, taraqqiy etishi uchun har bir shaxs mas’ul. Har birimiz bu masalaga jiddiy qarashimiz lozim. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasida 2020-yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berish taklifi ilgari surilishi tom ma’noda O’zbekiston hayotida global taraqqiyotga hamohang ravishda yarixiy burilish davri boshlanganligini tasdiqladi. Raqamli iqtisodiyotni rivojklantirish to’g’risidagi har bir qonunlar va taklif, tavsiyalar o’z vaqtida amalga oshirilishi va keng targ’ib qilinishi lozim. Mamlakatimiz hayotida ham raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o’tkazilishini hisobga olib, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga o’tkazilmoqda. Albatta bu to’xtab qolmasligi lozim va boshqa sohalarda ham raqamli iqtisodiyotga o’tish ishlari jadal ravishda amalga oshirilishi kerak. Shuningdek, davlat innovatsion va raqamli ekotizmni qo’llab-quvvatlash sohasida raqamli ta’limning zamonaviy metodlarini qo’llab-quvvatlashi, innovatsion xizmatlarni samarali tartibga solish normalarini ishlab chiqishi, yangi bozorlarni o’zlashtirishda ko’maklashishi hamda texnologikk jarayonlarning chuqurlashuvida yuzaga chiqadigan rikslarni pasaytirish choralarini ko’rishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 226.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling