«raqamli iqtisodiyot texnologiyalari» 1-mavzu: Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. O’zbekiston Respublikasi raqamli iqtisodiyotni joriy qilishning asoslari Reja


Download 30.56 Kb.
bet5/5
Sana28.12.2022
Hajmi30.56 Kb.
#1014726
1   2   3   4   5
Bog'liq
axborot texnologiyalari

Mehnat mezoni. Bu yerda aholi bandlik tuzilmasi va bu tuzilmaning o‘zgarish tendensiyasi ko‘rib chiqiladi. Faoliyat yurituvchi jamiyat a’zolarining ko‘pchiligi axborot sohasida ishlaganda, jamiyat o‘z rivojlanishining raqamli axborotlashgan bosqichiga kirib boradi deb tushuniladi. Bunday yondashuvda axborot jismoniy bo‘lmagan mehnat uchun xomashyovazifasini bajaradi.
Zamonaviy raqamli iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi insonlar bo‘lib, ularning asosiy vazifasi axborot yaratish va undan foydalanishdan iborat bo‘ladi. Mehnat mezoni amerikalik sotsiolog Deniyel Bell asarlarida o‘z nazariy asosiga ega bo‘ldi. U har qanday bosqichda butunlay va yaxlit holda mehnatning ustuvor yo‘nalishi bilan belgilanadigan ijtimoiy tuzilish turkumlarini taklif qildi. Uning fikricha, industrial rivojlanish davrigacha bo‘lgan jamiyatlarda qishloq xo‘jalik mehnati asosiy faoliyat turi bo‘lgan, industrial jamiyatlarda eng ko‘p tarqalgan mehnat manufakturalardagi mehnat bo‘lsa,postindustrial jamiyatda bandlikning asosiy turi hizmat ko‘rsatish sohasi ustuvorligida namoyon bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlarning asosiy sababini Bell ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishi tufayli deb tushuntiradi. Ishlab chiqarish unumdorligining o‘sishi sababli, jamiyatda o‘qituvchilar, shifokor hamda shifoxonalar va shu kabilar sonining oshishi imkoniyati paydo bo‘ladi. Industrial jamiyat qanchalik ko‘p ne’matlar yaratsa, hizmat ko‘rsatish turlari shunchalik ko‘payadiki, industrial soha ishchilari hizmat ko‘rsatish sohasiga o‘tadi. Hizmat ko‘rsatish sohasida mehnatni avtomatlashtirish qiyin bo‘lgani sababli, ushbu sohada ishlaydigan ishchilar soni industrial ishlab chiqarish unumdorligi o‘sgan sayin oshib boraveradi. Shuning uchun ish bilan bandlik keskin pasayib ketishiga mutlaqo o‘rin qolmaydi, deb hisoblaydi D.Bell. Yuqoridagi mehnat mezoniga qarshi quyidagi e’tirozlar bildirilgan:

  • mehnatni axborot va noaxborot turlarga ajratishning ob’yektiv usuli mavjud bo‘lmaydi. Masalan, temir yo‘ldagi yo‘naltiruvchilar yo‘llar, poyezdlarning harakatlanish jadvali, marshrutlar haqida katta hajmdagi ma’lumotiga ega bo‘lishlari kerak. Shunga qaramay, ular industrial asr xodimlariga kiritiladi;

  • Raqamli axborot jamiyatida intellektual va texnik ziyolilardan tashkil topgan yangi sinf jamiyatning rivojlanish omili bo‘lib hizmat qiladi. Ushbu sinf a’zolarining soni qanchalik o‘sib bormasin, ularning soni aholining band qismidan juda kam bo‘lib qolaveradi.

1


Download 30.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling