Raqamli iqtisodiyot va axborot tenologiyalari
Mavzuga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar sharhi
Download 1.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Tayyor. Manzura dissertatsiyasi.12
1.2. Mavzuga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar sharhi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi “2022–2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida” gi “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturida quyidagilar ta`kidlab o`tildi: 30 “Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi” 6 . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2022-yildagi PF-287-son Farmoni 3-bandiga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan: a) umumiy belgilangan shartlar doirasida 4 va 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga: – tijorat banklarining kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 40 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi; – tijorat banklari kreditlarining 75 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi; b) kichik tadbirkorlik subyektlariga tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda, ular avval olgan kreditlari bo‘yicha mazkur Jamg‘arma kafilligidan foydalanayotgan bo‘lishidan qat’i nazar qo‘shimcha kreditlar bo‘yicha belgilangan umumiy miqdor va shartlar doirasida kafilliklar taqdim etiladi. Ma'lumotlarni olish va adabiyotlarga sharx bеrish bilan, tadqiqotchi o`z fikriga ega bo`ladi hamda asoslangan ma'lumotlar asosida amalga oshirmoqchi bo`lgan tadqiqotni amalga oshiradi. Tadqiqotni nufuzi uni qay darajada nazariy va amaliy asoslanganligi bilan xaraktеrlanadi. Bu o`z–o`zidan tadqoqotchidan tadqiqot ohirigacha mavzu bo`yicha doimiy tarzda izlanishlar olib borish va ma'lumotlarni olib tahlil qilib borishni taqozo etadi. Shu sababli zamonaviy tadqiqot ishida adabiyotlar shahriga bir bob ajratilgan. 6 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-son “2022 — 2026 yillarga moʼljallangan yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” Farmoni. Toshkent sh., 2023 yil. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling