Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar


Download 0.92 Mb.
bet1/2
Sana11.12.2020
Hajmi0.92 Mb.
#165144
  1   2
Bog'liq
630-18 Abduhakimov Muhammad Alining mustaqil ishi


MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG`ONA FILIALI

“TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASB TA`LIMI” FAKULTETI

630-18 GURUH TALABASI

ABDUHAKIMOV MUHAMMADALI

“RAQAMLI IQTISODIYOT VA INNOVATSIYALAR” FANIDAN
MUSTAQIL ISHI

O`QITUVCHI: BO`TABOYEV M.

TAYYORLADI: ABDUHAKIMOV M.


Mavzu: Raqamli moliyaviy texnologiyalar ‘‘reg tech’’ va ‘‘suptech’’ mohiyati va vazifalari.

Reja:

I.Kirish.

II.Asosiy qism:

II.1.Blokcheyn tushunchasi.

II.2.Raqamli moliyaviy infrastruktura.

II.3.Moliyaviy texnologiyalarda raqamlashtirish.

II.4. ‘‘Reg tech’’ va ‘‘suptech’’ mohiyati va vazifalari.

III.Xulosa.

IV.Foydalanilgan adabiyotlar.

I.Kirish.

Raqamli iqtisodiyot tushunchasi kundan kunga hayotimizda katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Xalqaro miqyosda olib qaralganda ko`pchilik naqd pulsiz ko`rinishda hisob-kitob qilishga va onlayn savdo qilishga odatlanib bormoqda. 2018-yil 28-dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish zarurligi alohida ta`kidlanib, Hukumatga 2 oy ichida raqamli iqtisodiyotga o`tish bo`yicha «Yo`l xaritasi» ishlab chiqish yuklatilganligi ham bejizga emas.Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqilishi hamda «Raqamli O`zbekiston-2030» dasturi hayotga tatbiq etilishi juda muhimdir.«Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o`stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar o`tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun iqtisodiyot sohalarida raqamli transformatsiyani amalga oshirish, milliy axborot texnologiyalarini rivojlantirish va bu yo`nalishda investitsiyalar jalb etish zarur», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Iqtisodiy va texnologik taraqqiyotning yangi bosqichi sifatida namoyon bo`layotgan raqamli inqilob insoniyat hayotini shiddat bilan o`zgartirib, keng imkoniyatlar yaratish bilan birga, xalqaro raqobat maydonining yanada keskinlashuv davrini boshlab berdi.

II.1.Blokcheyn tushunchasi.

«Blokcheyn» – bu nafaqat moliyaviy operatsiyalarni, balki deyarli har bir narsani yozib olish uchun dasturlashtirilishi mumkin bo’lgan iqtisodiy bitim va munosabatlarning buzilmaydigan raqamli kitobidir. Blokcheyn haqiqatan ham barchani eng yuqori mas’uliyatga va javobgarlikka tortadigan mexanizmdir. Blokcheyn yordam beradigan asosiy narsa reestrga qayd etilgan tranzaktsiyalarning haqiqiyligini kafolatlash, bularning barchasini xavfsiz tekshirish mexanizmi orqali bir-biriga bog’langan zanjirli bloklardir.

Blokcheyn – pulli va intelektual mulkni o’z ichiga olgan raqamli tovarlarni tezkor, ishonchli va shaffof ravishda uzatishga imkon beruvchi texnologiyadir. Sodda qilib aytganda, bu – biron bir shaxsga, davlatga tegishli bo’lmagan kompьyuterlar klasteri tomonidan boshqariladigan o’zgarmas yozuvlar to’plamidir. Ushbu ma’lumotlar bloklarining har biri kriptografik printsiplardan (ya’ni zanjirlardan) foydalangan holda himoyalangan va bir-biri bilan bog’langan.

Blokcheyn tarmog’i markaziy hokimiyatga ega emas – bu demokratik tizim mevasi. Blokcheyn umumiy va o’zgarmas jurnal bo’lganligi sababli, undagi ma’lumotlar hamma uchun va hamma ko’rib turadi. Demak, blokcheynda ko’rilgan har bir narsa ochiqdir va ishtirok etgan har bir kishi o’z qilmishlari uchun javobgardir. Minglab kompьyuterlar tarmog’ida saqlanadigan (joylashtirilgan) ma’lumotlar yangilanib turiladi, undagi yozuvlar ommaviydir va oson tekshirilib turiladi. Xakerlarning buzishi uchun ushbu ma’lumotlarning markazlashtirilgan versiyasi yo’q va bu ma’lumotlardan internet orqali hamma foydalanishi mumkin.

Blokcheynning afzalliklari.

Blokcheyn mo’jizasi quyidagi holatlarda namoyon bo’ladi.



  1. U bitta tashkilotga qarashli emas, u markazdan boshqarilmaydi. Blokcheyn ko’plab vazifalarni bajaradi.

  2. Ma’lumotlar kriptografik tarzda saqlanadi.

  3. Blokcheyn o’zgarmasdir, birovga bog’liq emas, shuning uchun hech kim blokcheyn ichidagi ma’lumotlarni buza olmaydi.

  4. Blokcheyn bir-biri bilan internet orqali bog’langan minglab kompьyuterlarda bir vaqtning o’zida saqlanuvchi ma’lumotlar ro’yxati (jurnal)dir.

  5. Blokcheyn shaffof, ochiq, shuning uchun xohlagan kishi ma’lumotni kuzatishi mumkin, ma’lumotlarni hamma ko’rib kuzatib turadi.

Demak, blokcheyn uchta xususiyatga ega – u markazlashmagan, oshkor va o’zgarmas.

Markazlashmagan tizimning markazlashgan tizimdan nima farqi bor?

Birinchidan, ular markazlashtirilganligi sababli, barcha ma’lumotlar bitta joyda (bankda) saqlanadi, agar bu tizim biror sababga ko’ra yopilsa, hech kim o’zi ega bo’lgan ma’lumotlarga kira olmaydi. Markazlashtirilgan tizimda ma’lumotlar bitta tashkilot tomonidan saqlanmaydi, bu yerda ma’lumotlarning har biri tarmoqqa tegishli bo’ladi.

Markazlashmagan tarmoqda siz biror firma bilan aloqa qilmoqchi bo’lsangiz, bank ishtirokisiz to’g’ridanto’g’ri aloqada bo’lishingiz mumkin. Sizning pulingiz faqat siz va o’zingiz uchundir. Bankka bormasdan, pulni bankdan o’tkazmasdan, xohlagan kishingizga yuborishingiz mumkin. Masalan, mobil telefon orqali. Bu tizimda hamma narsa ochiq-oydin bo’ladi. Bunday shaffoflik darajasi ilgari hech qachon moliyaviy tizimda bo’lmagan.

Shuningdek, blokcheynda o’zgarmaslik xususiyati muhim o’rin tutadi. Bu blokcheyn tarkibiga biror o’zgartish yoki ma’lumot kiritilsa, keyin uni buzib bo’lmasligini anglatadi. Bu moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Masalan, odamlar tovarlar bilan ishlaganda, firmaning hisob raqamini chetlab o’tsalar, qancha pullarni o’g’irlash mumkin bo’lardi. Blokcheynda kriptografik xesh algoritm funktsiyasi amal qiladi. Qay tarzda blokcheynlar o’zgarmaslikka erishishi haqida kitobning dastlabki boblarida aytib o’tganmiz.

Blokcheyn – bu tizim ishtirokchilari vositachisiz bir-biriga aktivlarini ishonchli tarzda uzatish imkonini beruvchi texnologiyadir. Masalan, blokcheynda pul o’tkazmalari haqidagi hujjatlarni saqlash mumkin. Blokcheyndan aynan kim, kimga va qancha virtual pul o’tkazganligi to’g’risidagi hujjalarni qayd qilish uchun foydalaniladi. Biroq unda boshqa aktivlarni ham saqlasa bo’ladi. Umuman, blokcheynda yozuvlarni almashtirish va soxtalashtirishning aslo iloji yo’q.

Blokcheyn g’oyasining yorqin namunasi – bu Ethereum kompaniyasidir. Unga Rossiyaning Kolomna shaharchasida tug’ilgan, hozir Kanadada yashayotgan 19 yoshli dasturchi Vitaliy Buturen asos solgan. Bu platforma blokcheynda ilovalar yaratish uchun xizmat qiladi. Bugungi kunda Ethereum kompaniyasi 703 milliard dollarga baholanayapti.

Blokcheyn texnalogyasining tuzilishi.



Blokcheyn texnologiyasining tuzilishi quyidagi yetti tamoyildan tashkil topadi:

  1. Ishonch tizimning ichida bo’ladi, u tashqaridan kiritilmaydi.

  2. Ishtirokchilar so’zida ham, ishida ham rostgo’y bo’lishadi.

  3. Boshqalarning manfaatlarini hurmat qilishadi. O’z harakatlarining oqibatlari uchun javob berishadi, ularning qarorlari shaffof bo’ladi. Jarayonning har bir bosqichi kodlangan bo’ladi va ishtirokchilar o’rtasida taqsimlangan bo’ladi, ya’ni bir kishiga tegishli bo’lmaydi. Ishtirokchilar xatti-harakatlari ochiq bo’ladi, ular birbirining harakatini bilib, ko’rib turadi.

  4. Tizim barcha manfaatdor tomonlarni teng ko’radi. Tarmoqning har bir foydalanuvchisi to’rt yil o’tishi bilan har bir yakunlangan blok uchun 50 bitkoindan mukofot oladi.

  5. Tarmoqning har bir ishtirokchisi shifrlashdan foydalanishi zarur, xavfsizlik choralari tarmoqda o’rnatilgan, ular maxfiylikning ta’minlaydi. Foydalanuvchida ikkita kalit bo’ladi, ulardan bittasi shifrlash uchun, ikkinchisi shifrni ochish uchun, ishtirokchilar ma’lumotlarni doimo nazorat qilishadi. Ular o’zlariga tegishli bo’lgan ma’lumotni qachon, qanday va qaysi vaqtda tarqatish huquqiga ega bo’ladi.

  6. Mulkdorlarning huquqlari shaffof va himoyalangan. Tranzaktsiya vaqtining qayd etilishi va RKI nafaqat ikki karra xarajatning oldini oladi, balki tarmoqdagi har bir bitkoinda bo’lgan mulkiy huquqni qayd qiladi, ro’yxatdan o’tkazadi.

  7. Uyali telefoni bo’lgan har qanday kishi – bozorda savdo qiluvchimi yoki iste’molchi bo’ladimi – ishtirok eta oladi.

Blokcheyn (bloklar zanjiri) – taqsimlangan ma’lumotlar to’plami bo’lib, unda ma’lumotlar saqlash qurilmalari umumiy serverga ulanmagan bo’ladi. Bu ma’lumotlar to’plami bloklar deb ataladigan va tartibga solingan kodlar doimiy o’sib boradigan ro’yxatda saqlanadi. Har bir blok vaqt belgisiga va bundan oldingi blokka ega bo’ladi. Shifrlashni qo’llash shuni kafolatlaydiki, foydalanuvchilarning ularsiz faylga yozuv kiritish imkoni bo’lmaydi, yopiq kalitlar mavjudligi esa bloklar zanjirlarining ma’lum bir qisminigina o’zgartirishi mumkin. Bundan tashqari, shifrlash barcha foydalanuvchilarda bloklar taqsimlangan zanjirlar nusxalarini sinxronlashtirishni ta’minlaydi. Ba’zida blokcheyn texnologiyasi «qadriyatlar interneti» deb ataladi va biz buni yaxshi metafora deb hisoblaymiz. Har bir kishi internetda axborot joylashtirishi, so’ngra boshqa odamlar unga dunyoning istalgan nuqtasidan turib ulanish imkoniga ega bo’lishi mumkin. Bloklar zanjirlari blokcheyn fayli yoki qandaydir qadriyatlar ochiq bo’ladigan dunyoning istalgan nuqtasiga ma’lumotlar jo’natishga imkon beradi. Biroq sizda faqat siz «egalik» qiladigan bloklarga kirish imkonini berish uchun kriptografik algoritm bo’yicha yaratilgan yopiq kalit bo’lishi lozim. Yopiq kalitni kimgadir berar ekansiz, mohiyatan bu shaxsga bloklar zanjirining mos keluvchi bo’limida saqlanadigan pul mablag’larini bergan bo’lasiz. Bitkoinlar holatida, kalitlar to’g’ridanto’g’ri moliyaviy qiymatni ifodalaydigan valyutadagi ayrim summalar saqlanadigan manzillarga ulanish uchun foydalaniladi. Xuddi shu bilan mablag’larni o’tkazishni qayd qilish funktsiyasi amalga oshiriladi. Bundan tashqari, yana bir muhim funktsiya – ishonchli munosabatlar o’rnatish va shaxsning haqiqiyligini tasdiqlash amalga oshiriladi, chunki mos keluvchi kalitlarsiz bloklar zanjirini hech kim o’zgartira olmaydi. Tegishli kalitlar bilan tasdiqlanmagan o’zgarishlar esa rad qilinadi. Albatta, kalitlar (jismoniy valyuta kabi) nazariy jihatdan o’g’irlanishi mumkin, lekin kompьyuter kodining bir nechta satrini himoya qilish odatda katta xarajatlar talab qilmaydi.

Bugungi kunda biz markazlashgan interaktiv internet platformasi orqali axborot almashinishga ko’nikib qolganmiz. Biroq agar gap moddiy boyliklarni (pulni) o’tkazish haqida borganda, biz odatda markazlashtirilgan moliyaviy muassasalar (banklar) xizmatlaridan foydalanishni tushunamiz. Internet orqali to’lovlar usullari amalda bu tarmoq dunyoga kelgan paytlarda paydo bo’lgan (eng ko’zga tashlanadigan misollardan biri — PayPal), biroq ular, qoidaga ko’ra, bank hisob raqami yoki kredit kartasi bilan integratsiya qilishni talab qiladi. Blokcheyn texnologiyasi esa bular singari «ortiqcha bo’g’in»lardan xolis bo’lishga imkoniyat yaratadi. U an’anaviy ravishda moliyaviy xizmatlar sektori bajaradigan uch muhim amalni o’z zimmasiga olishi mumkin: bitimlarni ro’yxatdan o’tkazish, shaxs haqiqiyligini tasdiqlash va shartnomalar tuzish. Bu holat bank ishida ulkan ahamiyatga molik bo’ladi, chunki butun dunyo miqyosida moliyaviy xizmatlar bozori – bozor kapitallashuvi bo’yicha eng katta bozordir. Bu tizimning hech bo’lmasa bir qismini blokcheyn texnologiyasiga o’tkazish moliyaviy xizmatlar sohasida ko’p sonli uzilishlarga olib kelishi mumkin, lekin shu bilan bir paytda, bunday xizmatlar samaradorligini sezilarli oshirishga imkon beradi. Blokcheyn texnologiyalarining uchinchi ehtimoliy roli (shartnomalar tuzish) moliya sektoridan tashqarida ham juda foydali bo’lib chiqishi mumkin. Yana bir valyutaning (bitcoin) muomalaga kiritilishi bilan, blokcheyn texnologiyasidan raqamli ma’lumotlarning har qanday turini, jumladan, kompьyuter kodini saqlash uchun foydalanilishi mumkin. Ushbu kod fragmentini shunday dasturlash mumkinki, bunda ikkala kelishuvchi tomon o’z kalitlarini kiritgan va shu tariqa shartnoma tuzishga rozilik bildirgan holda tegishli amal bajariladi. Xuddi shu kod tashqi ma’lumot oqimlaridan axborot olishi (aktsiyalar narxi, meteorologiya ma’lumotlari, yangiliklar sarlavhalari va kompьyuter tahlil qilishi mumkin bo’lgan boshqa narsalar)va ma’lum bir shartlar bajarilganda avtomatik ravishda ro’yxatdan o’tkaziladigan shartnomalar tuzishi mumkin. Ushbu mexanizm «aqlli shartnomalar» (smart-contract) deb ataladi va uni qo’llash imkoniyatlari amalda cheklanmaydi. Masalan, termoregulyatsiya intellektual tizimi energiya iste’moli haqidagi ma’lumotlarni intellektual elektr tarmog’iga uzatishi mumkin. Belgilangan miqdorda elektr energiyasi iste’mol qilinganda boshqa bloklar zanjiri avtomatik ravishda kerakli summani sizning hisob raqamingizdan energetika kompaniyasi hisobraqamiga o’tkazadi. Natijada hisoblagich ishi avtomatlashtiriladi. Mazkur yondashuv intellektual mulkdan foydalanishni nazorat qilish uchun ham to’g’ri keladi: u foydalanuvchiga necha marta axborotga ulanish, u bilan o’rtoqlashish yoki undan nusxa ko’chirishga ruxsat berilganini belgilashi mumkin. Undan yana qalbakilashtirishdan himoya qilingan ovoz berish tizimi yaratish, axborotni tsenzura qilish cheklovisiz tarqatish va boshqa amallar uchun foydalanilishi mumkin. Yirik banklar va ayrim davlat strukturalari «blokchain»dan taqsimlangan reestrlar sifatida ishlatishadi, oddiy «blokchain»dan esa axborot saqlash va tranzaktsiyalar amalga oshirish usulini tubdan o’zgartirish uchun foydalanadilar. Ular maqtovga loyiq maqsadlarni ko’zlaydilar: tezlik va xavfsizlikni oshirish, xarajatlarni pasaytirish, xatolar sonini kamaytirish, va zaiflik markaziy nuqtalarini bartaraf qilish kabi ishlarni amalga oshirishni rejalashtiradilar. Bunday modellar to’lovlarni amalga oshirish uchun kriptovalyutalardan foydalanishi shart emas. Biroq eng muhim va istiqbolli blokcheynlar bitkoinning Satoshi Nakomoto tomonidan ishlab chiqilgan blokcheyni va modeliga asoslanadi. Ular qanday ishlashini quyida ko’rib chiqamiz.


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling