Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar


Download 0.92 Mb.
bet2/2
Sana11.12.2020
Hajmi0.92 Mb.
#165144
1   2
Bog'liq
630-18 Abduhakimov Muhammad Alining mustaqil ishi

Bitkoin, boshqa har qanday raqamli valyuta kabi, biron joyda faylda saqlanmaydi. U blokcheynda yozilgan tranzaktsiyalar bilan ifodalanadi. Har qanday blokcheyn, bitkoindan foydalanishi yoki foydalanmasligidan qat’i nazar, taqsimlangan hisoblanadi: u butun dunyo bo’ylab ushbu tizimga kirgan ko’ngillilar kompьyuterlarida ishlaydi, shuning uchun ham, unda buzib kirish mumkin bo’lgan ma’lumotlar markaziy to’plami yo’q. Blokcheyn ommaviydir: uni istalgan kishi istalgan payt ko’rib chiqishi mumkin, chunki u tranzaktsiyalar auditi va hisobi bilan shug’ullanadigan bironta tashkilotga a’zo emas hamda taqsimlangan tarmoqda joylashgan. Blokcheyn shifrlangan: unda virtual xavfsizlikni ta’minlash uchun ommaviy va xususiy kalitlar (bank yacheykasi uchun foydalana oladigan ikkita kalit tizimi kabi) qo’llanadigan kuchli shifrlash tizimidan foydalaniladi. Masalan, Xitoyda biznes yuritish blokcheynga asoslanadi. Yevropa Ittifoqidagi 220 ming biznes sub’ektlari blokcheyn texnologiyalaridan foydalanadi. Angliya hukumati 2015 yil blokcheynni rivojlantirish uchun 10 mln. funt sterling sarfladi. Singapurda “Aqlli millat” dasturi raqamli iqtisodiyotga o’tishni rejalashtirdi.

Iqtisodiy tranzaktsiyalar yangi raqamli reistrini insoniyat uchun muhim va qimmatli bo’lan axborotni saqlash uchun ishlatish mumkin. Shu jumladan, tug’ilganlik haqida, nikoh haqida va o’lim haqidagi guvohnomalar, oliy ma’lumot haqidagi diplomlar, moliyaviy hisobotlar, tibbiyot kartalari, sug’urta to’lovlari uchun murojaatlar, saylovlardagi ovozlar soni, mahsulotlarning kelib chiqishi – kod ko’rinishida taqdim etilishi mumkin bo’lgan istalgan ma’lumotni saqlashi kafolatlanadi. Yangi platforma dunyodagi hamma narsa haqida raqamli ma’lumotlarni onlayn rejimida birlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, yaqin kelajakda moddiy dunyodagi milliardlab aqlli qurilmalar bu o’zgarishlarni qabul qilishi va uzatishi, ularga javob qaytarishi, o’z ehtiyojlarini ta’minlash uchun elektr energiyasi xarid qilishi va muhim axborotlarni tarqatishi, atrof-muhitni muhofaza qilishdan tortib, bizning sog’lig’imiz haqida qayg’urishgacha bo’lgan xilma-xil vazifalarni o’z zimmasiga olishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, «hamma narsa interneti»ga «hamma narsa reestri» kerak bo’ladi. Zero biznes, savdo va iqtisodiyotda ham raqamli hisoblashlar talab etiladi.

Barchaga ma’lumki, tadbirkorlik iqtisodiyotning rivojlanishi va jamiyatning gullab-yashnashi uchun juda muhimdir. Internet tadbirkorlarga yirik kompaniyalarning meros bo’lib qolgan madaniyatini, rivojlanishdan to’xtagan ish jarayonlarini va o’tmishning og’ir balosi kabi muammolarini emas, balki imkoniyatlar va vositalar taqdim etgan holda tadbirkorlikni tom ma’noda erkin va mustaqil qilishi lozim. Biroq o’z egalarini milliarderga aylantirgan dotkomlarning ovoza bo’lgan muvaffaqiyatlari yoqimsiz bir haqiqatni niqoblab turadi: ko’plab rivojlangan iqtisodiyotlarda tadbirkorlik va yangi kompaniyalar paydo bo’lishi oxirgi o’ttiz yilda ziddiyatlarni boshidan kechirmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda Internet davlatning halokatga eltadigan byurokratiyasiga qarshi kurashishga majbur bo’layotgan tadbirkorlar uchun to’siqlarni deyarli pasaytirmadi. Internet milliardlab odamlarga o’z ishini boshlash uchun zarur bo’lgan moliyaviy vositalarga ulanish imkonini bermadi.

Albatta, tadbirkor bo’lish hammaning ham taqdiriga bitilgan emas, lekin munosib pul ishlab topishga harakat qilayotgan, hatto o’rtacha statistik insonga ham moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yo’qligi va davlat cheklovlarining kuchayib ketganligi ancha xalal beradi. Bu albatta, murakkab muammo, lekin blokcheyn ko’p jihatdan tadbirkorlikka va mos ravishda, biznesning gullab-yashnashga kuch-quvvat baxsh etishga qodir. Endi, muhim ahamiyatga ega bo’lish hamda o’z jamiyatidan tashqarida ishbilarmonlik faoliyati yuritish imkoniyatiga ega bo’lish uchun rivojlanayotgan mamlakatlardagi o’rtacha statistik fuqaro internetga ulangan qurilmaga ham ega bo’lishi zarur. Global iqtisodiyotda Internetga ulanishni rag’batlantirish va moliyalashtirish manbalari, ta’minotchilar, hamkorlar va investitsiyalash uchun imkoniyatlarning keng miqyosdagi ochiqligini bildiradi. Har qanday iqtidor, har qanday resurs, hatto eng kichik bo’lsa-da, blokcheynda monetizatsiya qilinishi mumkin. Yangi platforma biz nimani va qanday qilib onlaynda amalga oshirishimiz mumkinligini, bunda kim ishtirok etishini, shu tariqa eng dolzarb ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun texnologik sharoitlar yaratishga imkon beradi. Agar bu vazifani uddalashning imkoni bo’lmasa, ko’p narsa va’da qiladigan blokcheyn texnologiyasi cheklanadi yoki umuman yo’q qilinadi. Bundan ham yomoni, u kuchli kompaniyalar qo’lidagi qurolga aylanishi mumkin bo’lib, uning yordamida ular o’z holatini saqlab qoladi, yoki agar unga hukumat ulanish imkoniga ega bo’lsa, blokcheyn yangi total kuzatuv jamiyati uchun bir vositaga aylanadi. Taqsimlangan dasturiy ta’minot, shifrlash, mustaqil agentlar va hatto sun’iy intellekt chambarchas bog’langan texnologiyalari nazorat ostidan chiqishi va o’z yaratuvchilariga qarshi ishlashi ham mumkin.

II.2. Raqamli moliyaviy infrastruktura.

Koʼplab mutaxassislar blokcheynni kelajagi porloq deyishadi. 2017 yil Sankt-Peterburgda boʼlib oʼtgan iqtisodiy forumda «Blokcheyn – yangi iqtisodiyotning vujudga kelishi» deb baholangan. Bunda jismoniy shaxslar identifikatsiyasi va koʼchmas mulk kelishuvlari, raqamli akkreditiv tuzish, depozitlar toʼgʼrisida elektron hujjatlar yuritish, oʼz mijozlari haqida hujjatlar almashinuvi kabilar markaziy masalalar hisoblangan.

Yuqorida blokcheyn texnologiyasidan foydalanishning qulay va foydali ekanligi xususida soʼz yuritildi. Blokcheyn texnologiyasining mohiyatini toʼla tushunish uchun blokcheyn va kriptovalyutalarni bir-biridan farqlash kerak. Odatda blokcheyn va bitkoinni bir tushuncha deb talqin qilishadi, lekin shuni eʼtiborga olish kerakki, bitkoin – toʼlov vositasi, blokcheyn esa aslo valyuta emas. Blokcheyn bitta, vazifasi esa mingta.

Blokcheyn, avvalo – piringli taqsimot tizimidir. Yaʼni “peer-to-peer” – “teng tengi bilan” shiori ostida vositachisiz ish yuritishdir. Bunda barcha tranzaktsiya xarajatlari toʼgʼridan-toʼgʼri, vositachisiz amalga oshadi. Maʼlumotlar bazasi juda murakkab matematik va kriptografik qoidalar asosida koʼrilib, yagona serverda saqlanadi va bir vaqtda koʼplab kompьyuterlar xotirasida saqlanadi.

Blokcheynning yana bir xususiyati – tranzaktsiyalarni saqlash va uzatishning yangi usulidir. Bu tranzaktsiyalar bloklar (tizimlar) zanjirida joylashadi. Buning oʼziga xosligi shundaki, blokcheyn yangi maʼlumotlarni saqlabgina qolmay, balki ularni shifrlaydi va maʼlumotda kriptografik «xesh» izini qoldiradi ham. Oʼz oʼrnida har bir blok oʼz raqamiga ega boʼlib, bloklar zanjirida vujudga keladi, maʼlumotlarni esa oʼzgartirib boʼlmaydi. Tranzaktsiya reestrida yozilgan tangachalar – aktivlar toʼlov qobiliyatiga ega boʼladi. Tokenlar – jetonlar oʼziga xos aktiv boʼlib, jismoniy koʼrinishga ega boʼladi.

Blokcheynning keyingi xususiyati – tranzaktsiyalarning xavfsizligi taʼminlanadi. Yaʼni foydalanuvchilar nomi parolь orqali shifrlanadi, kalitlar bilan yopilib-ochiladi. Ochiq kalit uzun sonlar bilan himoyalanadi va blokcheynda familiya saqlanadi. Yopiq kalit identifikatsiya tizimi boʼlib, oʼz egasiga raqamli aktivlarga kirish uchun imkon beradi, bu holatda aniq manzil (adres) koʼrsatiladi, oʼzga foydalanuvchi uchun hamma narsa taqiqlanadi. Yana bir xususiyat – xavfsizlik boʼlib, maʼlumotlarni saqlash va uzatish kelishuv protokolida qayd etiladi va blokcheyn xotirasida turadi. Bular hammasi elektron algoritmda har 10 daqiqada nazorat qilib boriladi. Shunday qilib, yozilgan, amalga oshirilgan tranzaktsiyalarni bekor qilib, oʼzgartirib yoki soxtalashtirib boʼlmaydi.

Blokcheynning yana bir xususiyati – tugunlardir. Yaʼni kompьyuter tarmogʼida ishtirokchi-ijrochilar tomonidan bajariladigan ishlar. Bular turli xil vazifalar boʼlib, bitkoin 3 xil tugunlarni yaratadi: bular – maynerlar, auditorlar va mijozlardir. Maynerlar tangachalar ishlab, bloklar yaratadi. Аuditorlar maynerlar ishini nazorat qilib, tarmoqda vazifalarni taqsimlaydi. Mijozlar baʼzi bir muhim maʼlumotlar bilan shugʼullanadi.

Blokcheynga asoslangan Dash toʼlov tarmogʼida boshqa turdagi tugunlar paydo boʼladi. Bu yerda ham 3 xil tugunlar mavjud. Masterlar Dash tarmogʼida asosiy tugun hisoblanadi. Bu xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlaydi, servis xizmatlarini bajaradi. Masalan, Private Send – toʼla maxfiylik va Instant Send – tezkor toʼlovni amalga oshiradi. Maynerlar hisoblash tugunlari yordamida Dash tangalarini ishlab chiqadi va xesh yaratiladi. Bu yerda shartli 1000 Dashni kafolatga qoʼyish mumkin. Toʼlov jarayonlarida kriptovalyutalar mayneridan foydalanish asosiy rolь oʼynaydi. Kriptovalyutalar emissiyasi bilan bogʼliq hollarda blokcheyn texnologiyasi mayningga bogʼliq boʼlmay, tugunlar boshqa vazifalar bilan shugʼullanadi.

Blokcheyn bloklarida tranzaktsiyalar tartib bilan jurnal reestriga kiritiladi va tarmoq ishtirokchilari oʼzaro kelishuv asosida harakatlanadi. Bir xil harakatlar takrorlanmaydi, mablagʼlar hisob raqamdan ikki marta joʼnatilib, double stending tartibida amalga oshadi. Bloklarning samarali ishlashi kompьyuterlar quvvatiga va hisob raqamdagi mablagʼ miqdoriga bogʼliq. Demak, blokcheyn maxsus texnologiya boʼlib, teng huquqli qatnashchilar harakati vositachisiz amalga oshadi va saqlanayotgan maʼlumotlarni, operatsiyalarni hamma qatnashchilar kuzatib turadi.

Shu oʼrinda taʼkidlash oʼrinliki, Rossiya Markaziy banki blokcheynni tasnif qilib, 3 guruhga boʼladi: ochiq, gibrid va xususiy. Chunki blokcheynlar har qanday cheklovlardan ozod va shaffof boʼladi. Ikkinchi tomondan, tartibga solib turiladigan qatnashuvchilar oldindan shu ishga javobgar boʼlishadi. Rossiya hukumati amalda qaysi tarmoqlarda blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish mumkin va qanaqa samaradorlik berishini rejalashtirgan.

Jahon tajribasining koʼrsatishicha, savdo tarmoqlarida savdo shartnomalarini kafolatlash uchun akkreditiv ochish, inkassa qilish, notarius tomonidan depozitlarni qonunlashtirish, bank toʼlovlarini nazorat qilish, shartnomalarni toʼla sugʼurtalash va boshqa amaliyotlar amalga oshiriladi. Bular esa bir talay qogʼozbozlik, sarfxarajat va vaqt talab qiladi. Аkkredativ shartli pul majburiyatlari boʼlib, qarzdor koʼrsatmasiga asosan haqdorga pul oʼtkazish amalga oshiriladi.

Аngliya banki – Barclays tarixda birinchi boʼlib 2016 yili blokcheyn texnologiyasi bazasida, akkredativ asosida pul oʼtkazmalarini bajardi. Bu sxemada mazkur blokcheyn texnologiyasi asosida Wave platformasida tranzaktsiyalar amalga oshiriladi. Bu holatda oʼzaro kelishuvlar SWIFT ga topshiriladi, barcha hujjatlar elektron usulda blokcheynga uzatiladi. Demak, sotuvchi tovarni vagonlarga joylashtirib isteʼmolchiga joʼnatadi. Elektron hujjatlar blokcheyn orqali buyurtmachiga, bankka yuboriladi. Bank esa oʼz vaqtida hujjatlarga qoʼshimcha qilib, xaridorning oʼziga joʼnatadi. Bu yerda blokcheynning vazifasi hujjatlarni uzatishda xavfsizlikni taʼminlashdir. Bu jarayon biz odatlanganimizdek 7-10 kun emas, 4 soatda bajariladi.

2017 yili Аlьfa bank Airlines bilan hamkorlikda, smart shartnomadan foydalanib, blokcheyn orqali akkredativ-kelishuvlarni oʼrganib chiqishdi. Smart shartnomalar tuzishda ikki tomonlama kelishuv imzolandi, yaʼni shartnomaning boshlanish va yopilish muddati tuzilib, xavfsizlik taʼminlandi hamda smart shartnoma shaffof holatga keltirildi. Bu holatda pul resurslari hech bir toʼxtovsiz buyurtmachi hisob raqamidan ijrochi (bajaruvchi) hisobiga kelib tushadi. Shartnoma shartlari bajarilishi dasturlash tili Solidity da amalga oshiriladi.

Operatsiyalar sikli blokcheyn yordamida juda tez bajariladi, yaʼni avvallari bu operatsiya uchun 14 kun sarflansa, blokcheynda 23 sekundda bajariladi. Bu yerda blokcheyn ikkita muhim vazifani hal qiladi: birinchisi – xavfsizlik, ikkinchisi – tezlik hamda qoʼl mehnati ishtirok qilmaydi, tranzaktsiya xarajatlari minimumga tushadi.

Bu borada Rayffayzen banki loyihsi asosida savdo-moliya ishlari boʼyicha smart shartnoma bazasida platforma yaratildi. Bu platformaning maqsadi blokcheyn texnologiyalaridan foydalanib biznes-keyslarni moliyasavdo tarmoqlariga joriy qilish (aktsiya, obligatsiya, kafolatga qoʼyilgan mulkni roʼyxatga olish) va yuqori foyda olishga erishishdir.

Yangi raqamli moliyaviy infrastruktura

Rossiya banklar uyushmasi mutaxassislarining fikricha, yangi raqamli moliyaviy infrastruktura 10 ta elementdan iborat:

1. Moliyaviy xizmatlar va mahsulotlar marketing platformasi;

2. Moliyaviy kelishuvlarni roʼyxatga olish platformasi;

3. Tezkor pul oʼtkazmalar platformasi;

4. Kelajakda Rossiya banklari toʼlov tizimlarini toʼla raqamlashtirish;

5. Milliy toʼlov tizimlari xaritasi;

6. Moliyaviy xabar va maʼlumotlarni uzatish tizimi;

7. Identifikatsiya, autentifikatsiya va

biometriklashning yagona tizimi;

8. Mijozlar identifikatsiya muhitini moslashtirish;

9. Bulutli moliyaviy xizmatlar platformasini rivojlantirish;

10. Taqsimlangan reestrlar texnologiyasi asosida platforma barpo etish.



II.3.Moliyaviy texnologiyalarda raqamlashtirish.

Mahalliy va xalqaro hisob-kitob hamda toʼlovlar.

Raqamli iqtisodiy munosabatlarda maʼlum qoida, talab va anʼanalar amal qiladi. Bir kilogram sabzini bozorda oʼzaro kelishuv (xaridor, sotuvchi) X2S sxemasi boʼyicha tepasida pul toʼlashdan tortib xalqaro hisob-kitob va toʼlov tizimlariga boʼlgan munosabatlarda pul-moliya ishtirok etadi.

Moliyaviy hisoblashish va toʼlov munosabatlari takomillashib boradi. Dastlab tovarni tovarga almashilgan boʼlsa, keyincha oltin, valyuta, elektron pul, samoviy (aslida yoʼq) kriptovalyutalar vositasida hisoblashuv va toʼlovlar amalyotga kirib keldi. 1961 yillardan boshlab xalqaro hisob-kitoblarni tartibga solib turib, banklararo xizmatlar koʼrsatuvchi tashkilotlar taʼsis etildi. Ularni va umuman hisob-kitob, toʼlov munosabatlariga xizmat koʼrsatuvchi tuzilmalarni moliyaviy texnologiyalarga xizmat koʼrsatuvchi infratuzilmalar deb yuritiladi. Moliyaviy munosabatlarda ishtirok etuvchi infratuzilmalarga xalqaro hisob-kitoblarda katta oʼrin va ahamiyat beriladi.

Davlatlarning markaziy banklari, xalqaro moliyaviy tuzilmalar bunday infratuzilmalarning ishlashi uchun shart-sharoit yaratib berishadi. Chunki taraqqiyot shuni talab qiladi. Xalqaro biznes shunchaki xoxish emas, balki zaruratdir.

Raqamli aloqa, hisob-kitob va toʼlovlarda aslida S2X yoki X2S (xaridor sotuvchi roziligi) yetarli boʼlishi kerak edi. Biroq qimmatli qogʼozlar bozori, valyuta bozori, texnologiyalar bozori,xomashyo, mehnat, turizm bozorlarida davlatlar va mintaqalarning xalqaro tashkilotlari ishtirok etadi, bu global munosabatlarda ikki tomonning roziligi yetarli boʼlmay qoladi.

Barcha pulga oʼlchanadigan katta kichik munosabatlar xalqaro kelishuvlar talablari asosida, xalqaro moliyaviy infratuzilmalar ishtirokida shaffof, ishonchli, kafolatli tarzda amalga oshiriladi. Bunda har bir alohida holatlar boʼyicha risk (xavf-xatar, noaniqliklar) lar aniq infratuzilma (bank, xalqaro tashkilot, markaziy bank, mintaqa banki, sugʼurta kompaniyalari) tomonidan kafolatlanadi.

Moliyaviy hisob-kitob, toʼlov tizimlari milliy toʼlovlar tizimi (MTT), alohida maxsuslashtirilgan toʼlovlar tizimlari (АTT), TАRSET, yalpi Trans-European Automated Real time cross settlenmnt Express Transfer – real vaqt ichida yaʼni hisob-kitoblarni avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshirib beruvchi Trans-Evropa ekspress tizimi. (Basel, January, 2001, www.bis.org), xalqaro bank, Yevropa banki, Osiyo banki, SWIFT.

SWIFT (Society for worldwide Interbank Financial Telecommunications) 1973 yilda tashkil etilgan – dunyo bankmoliya telekommunikatsiyalarining yuqori texnologiyali tizimi. Tashkil qilishdan maqsad, toʼlovlar bozorida qatnashuvchi banklarga telekommunikatsiya xizmatlari koʼrsatishdan iborat boʼlgan. Shuningdek, ishtirokchi banklar oʼrtasida moliyaviy axborotlar almashinishning standart shakl va usullarini yoʼlga qoʼyish ham bosh maqsadlardan boʼlgan.

Tashkilotchilar tomonidan maxsus himoya turi ishlab chiqilgan. 1987 yildan keyin SWIFTga banklardan tashqari fond bozorlarining ishtirokchilari ham kira boshlashdi. Ular ham SWIFT orqali moliyaviy axborotlarni qabul qilishuzatish imkoniyatiga ega boʼlishdi. 2019 yilning 1 fevralь sanasiga tuzilgan axborot boʼyicha, mazkur hamjamiyatga 200 dan ortiq mamlakatlarning 1100 ga yaqin yirik banklari va moliyaviy tashkilotlari birlashishgan.

Taʼkidlab oʼtish kerak, SWIFT ning faoliyati faqatgina axborot tavsifiga ega, demak, u toʼlov tizimi emas. Unda qoplanuvchanlik (likvidlik) va hisob-kitob agenti yoʼq, yaʼni faqat axborot beradi. SWIFT har kuni, jamlanma baholash qiymati boʼyicha 6 trln. АQSh dollari miqdorida toʼlov topshiriqnomalarini tarqatadi. Har yili toʼlovlar amalga oshirilganligi toʼgʼrisida 1,8 mlrd. xabarnoma yuboradi. Pul oʼtkazuvchi va pul oluvchi banklar oʼrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan vaziyatlarda SWIFT ularning oʼrtasiga uchinchi tomon sudi («treteyskiy sud») sifatida tushib, vaziyatga aniqlik kiritadi. Chunki har kuni 24 soat mobaynida kirgan va chiqarilgan maʼlumotlar uning xotirasida 124 kun saqlanadi. SWIFTga birovning dalolat qilishi kerak emas. Barcha maʼlumot va axborotlar oʼzida boʼladi. SWIFTdan foydalanuvchilari koʼpligi jihatidan АQSh birinchi, Rossiya oʼzining SWIFTga aʼzo 400 dan ortiq banklari bilan ikkinchi oʼrinni egallaydi.Mulkchilik shakli boʼyicha SWIFT kooperativ tashkilot boʼlib, shtab-kvartirasi Bryusselda joylashgan. Bu jamiyat oʼz faoliyatini Yevropa qonunchiligi asosida yuritadi. Hamjamiyatga aʼzo har bir bank oʼzining betakror SWIFT kodiga ega. Kod 11 belgidan iborat boʼlib, dastlabki 4 ta belgi bankning qisqacha nomini bildiradi, qolgan belgi va raqamlar esa davlati, shahar, bank boʼlimi kabi maʼlumotlarni bildiradi. Shunday betakror kodning mavjudligi toʼlovni oʼtkazishni tezlashtiradi va soddalashtiradi. SWIFT tizimining ishlash mazmuni quyidagicha: Yuboruvchi bank (toʼlovchi bank) toʼlovni yuborishda yoki kelishuvni tasdiqlashda maʼlumotnoma tayyorlaydi. Uni SWIFT shifrlash tizimi yordamida shifrlaydi va maxsus terminal orqali oʼzining mijoziga yuboradi. Oluvchi bank hujjatni olishda maʼlumotni deshifrovka qiladi va uni tayinlanishi boʼyicha foydalanadi. Tizim xabar yuborishining ikki turdagi tizimi mavjud: SWIFTdan foydalanuvchilar oʼrtasidagi moliyaviy xabarnomalar va foydalanuvchilararo tizimlashtirilgan xabarnomalar hamda SWIFT tizimi oʼrtasidagi ustuvor ahamiyatli xabarlar, yaʼni tizim yoʼriqnomalari, xavfsizlik toʼgʼrisidagi axborotlar va boshqa shu kabilar.

SWIFT xabarnomasi quyidagi tuzilishga ega boʼladi:

1. Sarlavha; 2. Matn; 3. Treyler.

Treyler – tushuntirishlar, izohlar, qoʼshimchalar, isbotlovchi maʼlumotlardir.

SWIFT tizimining hozirgi zamondagi roli

(www.swift.com)

1. Bozorning toʼlov infratuzilmasi sifatidagi roli-SWIFT RTCS ning 80 dan ortiq toʼlov tizimlarining uzluksiz ishlab turishini taʼminlaydi va netto asosida atomatlashtirilgan kliring tizimlarining 25 dan ortiq toʼlov tizimi ishlashini kafolatli amalga oshirib turadi.

2. Qimmatli qogʼozlar bozorining infratuzilmaviy elementi-SWIFT 80 dan ortiq depozitoriylar va 35 dan ortiq markaziy kotragentlarni uzluksiz qoʼllab-quvvatlab turadi. SWIFT butun dunyo boʼyicha qimmatli qogʼozlar bozorlarining infratuzilmalariga savdo kliringining funktsiyalarini avtomatlashtirishda, hisob-kitoblarda, saqlashda, aktivlarni boshqarish va meʼyoriy hisobotlarni tayyorlashda yaqindan doimiy yordamlar koʼrsatadi. Qimmatli qogʼozlarning infratuzilmalariga, ASXdan tortib, Clearstream, DTCC, Euroclear, T2S, SIS va Strate gacha oʼz tranzaktsilarini xavfsiz yetkazishda ularga amaliy yordam koʼrsatadi. Аyniqsa pul oʼtkazmalarni xavfsiz yetkazish masalasida, hamma SWIFT xizmatlaridan foydalanadi;

3. Jahon valyuta bozorining infratuzilmasi – SWIFT CLS toʼlov tizimi va FOREX bozori ishlab turishini axborot almashinuv provayderi hisoblanadi;

4. Toʼlov industriyasi barqarorligini taʼminlaydi. SWIFT xizmati MIRS bozor infratuzilmasining barqarorligini taʼminlash mexanizmini ishlab chiqadi. Bu RTCSning toʼliq oʼzgartirilgan ilovasi boʼlib, SWIFTga joylashtirilgan va uni boshqaradigan, RTCS operatoriga biznesning uzluksizligini taʼminlash xizmati koʼrsatish imkoniyatini taklif qilgan holda toʼlovlarni hisobkitob qilish va ishlov burish uchun kerakli boʼlgan umumiy platforma kabi ishlaydi.

SWIFTning protsessing mexanizmiga quyidagi vazifalarni bajarish yuklatiladi:

1) axborotlarni uzatish;

2) universal kompьyuter bilan aloqada turish;

3) amaliy vazifalarni boshqarish; 4) xabarlarni qabul qilish.

Moliya texnologiyalariga chetdan turib uzluksiz xizmatlar koʼrsatuvchi ayrim infratuzilmalarning faoliyatiga ozroq toʼxtalib oʼtilganligiga sabab – dunyo hamjamiyati hisoblashuv va toʼlovlarsiz bir lahza ham tura olmasligini taʼkidlashdir. Moliya texnologiyalariga raqamlashtirilgan aloqalarning kirib kelishi obʼektiv zarurat va bu global munosabatlarda X2C yoki S2X sxemalarining oʼzboshimchalik bilan amal qilishiga moliyaviy xavfsizlik, ekologiya, qonunlar, milliy urf-odat va asriy anʼanalar bilan bogʼliq, eʼtiborga olish (boʼysunish) zarurati boʼlgan meʼyorlardir. Raqamli iqtisodiyot insonga, xalqqa, davlatga, xalqaro hamjamiyatga xizmat qilish kerak. Men xoxladim, xaridor ham rozi (S2X) tizimida global miqyosda ishlab boʼlmaydi. “Xohlasam samolyot sotaman, xohlasam taklif qilaman” kabi «hurfikrlilik» moliyaviy texnologiyalarda ham qabul qilinmaydi. Chunki bu munosabatlar ortida millionlab insonlarning tinchligi, sogʼligi, manfaati turadi.

Raqamlashtirish sharoitida toʼlovlar tizimini tartibga solib turish zarurati.

Har qanday davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligida hisob-kitob, toʼlov tizimini samarali amal qilishi muhim omil boʼlib hisoblanadi. Bu tizim har qanday oʼtkazmani oʼz vaqtida va xavfsiz amalga oshirilishini kafolatlaydi. Oʼtkazma toʼlov boʼlib, «pul u yoqqa, tovar bu yoqqa» mazmuniga ega muhim amaliyotdir. Shuning uchun davlatlar va davlatlararo hokimiyat organlari, markaziy banklar, shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlariga xizmat koʼrsatib, ularning doimiy ravishda, ishonchli, samarali, oʼzaro yaxlitlikda ishlashiga hamda doimiy takomillashib borishiga masʼul hisoblanishadi. Buning yaqqol misoli 1962 yilda asos solingan mamlakatlarning Parij klubidir. Uning aʼzolari xalqaro valyuta fondini yanada kuchaytirish uchun mablagʼlar ajratishdi.

Masalaning dolzarbligini kulubga aʼzo boʼlgan davlatlar roʼyxatidan ham koʼrish mumkin. Ular: Belьgiya, Kanada, Frantsiya, Italiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shvetsariya, shuningdek, hamkor sherik Saudiya Аrabistoni kabi yirik moliyaviy baquvvat davlatlardir. Hozirda moliyaviy texnologiyalarni raqamlashtirish ustida ham dunyodagi barcha mamlakatlar tinimsiz izlanishlar olib borishyapti. Milliy dasturlar ishlab chiqilib, xalqaro valyuta fondi, BMTning boshqa moliyaviy institutlari bilan hamkorlikda ishlar olib borishyapti. Hisob-kitob toʼlov tizimi tezkor, ishonchli, shaffof, xatosiz boʼlsa, muammolar kamayadi. “Hammaning iqtisodiyoti” kontseptsiyasiga yaqinlashish tezlashadi. Halollik, shaffoflik birinchi oʼringa chiqadi.

Bu yoʼlda Buyuk Britaniya, АQSh, Yaponiya, Rossiya kabi davlatlar ham yangi loyihalar, Fintex ni boshqarish yechimlari ustida uzluksiz ishlar olib borishyapti. Raqamli iqtisodiyotni, uning industriyasini rivojlantirish uchun huquqiy baʼzalar, huquqiy kelishuvlar mukammal ishlab chiqilishi kerak. Chunki XX asr oxirlari-XXI asr boshlarida shakllana boshlagan raqamli iqtisodiyotning keng tarqalishi, hamma sohalarda keng koʼlamda hayotga kirib kelishi uchun hozircha yetarli shart-sharoitlar yaratilmagan. U yaxshi gʼoyadan iborat boʼlib turibdi. Davlatlar kerakli qonunlar ishlab chiqib huquqiy baʼzani yaratishlari, dunyo hamjamiyati mamlakatlari bilan birgalikda boshqarish toʼgʼrisida kelishuvlarga erishishlari zarur. Maqsad raqamlashtirishning imkoniyatlaridan toʼliqroq fodalanishga qaratilishi kerak. Аyniqsa, moliyaviy texnologiyalar sohasidagi mavjud tajribalarni kengaytirish muhim. Bir soʼz bilan aytganda, bu jarayonni davlatning oʼzi boshqarishi kerak. Raqamlashtirishning yutuqlarini joriy qilishni tartibga solish yoʼlidagi yangiliklardan biri “tartiblovchi qumdonlar” boʼldi. Bu alohida huquqiy mexanizm boʼlib, raqamlashtirishni moliyaviy sohada rivojlantirish va uni joriy qilishni ragʼbatlantirishga xizmat qiladi. “Tartiblovchi qumdon” tizimi innovatsion kompaniyaga katta yordamdir. Yaʼni ular oʼz mahsulotlarini maxsus chegaralangan muhitlarda sinovdan oʼtkazib, samarali boʼlishi toʼgʼrisida amaliy tasavvurga ega boʼlib olishadi.

Qumdon (pesochnitsa)da nima bor? Sunʼiy intellekt, biometrik texnologiyalar, taqsimlangan reestrlar texnologiyalari, kriptovalyutalar kraudfandning ochiq interfeyslari va boshqa sinov oʼtkazib, pilot loyihani sinab koʼrish mumkin boʼlgan shart-sharoitlar. Tartibga soluvchi “qumdon”lar Rossiyada innovatsion moliyaviy texnologiyalar, mahsulot va xizmatlarni “Fintex” mutaxassislarini jalb etish barobarida, testlardan oʼtkazib sinab koʼrish uchun qoʼllanilyapti. Soddaroq qilib aytganda, soliq hisoblashda daromadlardan emas, balki oila, shaxs yil boʼyi amalga oshirgan xarajatlardan kelib chiqish, topshirilgan daromad toʼgʼrisidagi deklaratsiya bilan haqiqiy xarajat va depozitlarni taqqoslab, “qumdon”da kerakli yoʼnalishlar boʼyicha tahlil qilinadi.

“Qumdon”dagi doimiy saqlanadigan (katta raqam) axborotlardan foydalanib, istalgan hisob-toʼlov amaliyotining toʼgʼriligini, tahlilini, qoplanuvchanlik imkoniyatini takroran koʼrish mumkin. Bu koʼplab qogʼoz va raqamlardagi maʼlumotlarga guvoh, hisobchilarga zarurat qoldirmaydi. “Qumdon” korxonaning milliy va xalqaro miqyosda bir necha variantlarda tashkil etilishi zarurat yoki tarjima masalasida ham albatta “qumdon” zarur. Masalan, arab tilida 1,5 mln. ga yaqin soʼzlar bor. Ilmiy adabiyotlarda esa inglizcha, nemischa va ruscha soʼzlar aralash ishlatilib kelinadi. Tarjimasi esa milliy lugʼatlarda yoʼq. Xullas, koʼp maʼlumotlarga ehtiyoj har qachongidan ham ortib boryapti. Bizga raqam yordam berishi juda muhim. Аyniqsa, pul aralashgan munosabatlarni butun dunyo kuzatib, shaffoflikka guvoh boʼlib turishi juda kerak. Moliyani raqamlashtirish dolzarb masala boʼlib turibdi.

II.4. ‘‘Reg tech’’ va ‘‘suptech’’ mohiyati va vazifalari.

Moliyaviy texnologiyalar «Fintex»ning asosiy vazifasi moliya-pul-soliq tarmoqlariga yangi innovatsion texnologiyalarini joriy qilish, moliyaviy tranzaktsiyalarni nazorat qilish (ayniqsa taqsimlangan reestr, katta raqamlar, peer-to-peer, mobil toʼlovlar va kriptovalyutalarni tartibga solish), moliya bozorida firibgarlikka yoʼl qoʼymaslik, yashirin daromadlarni qisqartirish va moliyaviy aktivlarni raqamli boshqarish va hokazo.



Shuning uchun ham moliyaviy texnologiyalar rivojlanishining asosiy shakllari Reg tech va Sup tech, yaʼni tartibga solish va nazorat qilishdir. Аvvallari korxona va idoralarning moliyaviy holatini, buxgalteriyasini tekshirib, tahlil qilishning oʼziga juda koʼp ish vaqti va mablagʼlar sarflanardi. Buxgalteriya xodimlarining diplom va setifikat bilan taʼminlangan darajasini oʼrganuvchi xalqaro Аssotsiatsiya hisobotiga koʼra, korxona va idoralarning asosiy xarajatlari turli xil jarimalarni toʼlashga ketgan. Masalan, Boston Consulting Group maʼlumotlariga koʼra, 2008 yili jahondagi yirik banklar turli xil jarimalarga 300 mlrd. dollar sarflashgan, 2012 yili bu raqamlar 430 mlrd. ga yetgan.

Moliya va iqtisodiy tarmoqlarga yangi texnologiyalar «Peg tech» va «Sub tech»larning kirib kelishi korxonalarda moliya-buxgalteriya jarayonlarini avtomatlashtirish natijasida hujjatlarni soxtalashtirish, firibgarlik holatlari, ortiqcha xarajatlar 30-40% kamaydi. Hozirgi vaqtda АQSh, Аngliya, Germaniya, Singapur, Janubiy Koreya davlatlari moliya-iqtisod sohalarida «Reg tech» texnologiyalaridan ommaviy foydalanmoqdalar. «Reg tech» texnologiyalari moliyaviy jarayonlarni toʼla avtomatlashtirgan korxonalar, firmalar hisobotlarini identifikatsiyalash (yaʼni xodimlarni, mijozlarni biometrik tekshiruvdan oʼtkazish), maʼlumotlarni avtomatik tarzda qayta ishlash, korxona va firmalarning moliyaviy holatini, banklar bilan aloqalarini avtomatik tahlil qilish amaliyotidir. «Reg tech» texnologiyalarining yana bir muhim vazifasi – korxona, firma, banklar va moliya bozorlari maʼlumotlarini toʼla himoya qilish, tijorat sirlarini saqlash, yaʼni GDPR xalqaro tashkiloti talablarini bajarishdir.



«Sup tech» nazorat qiluvchi texnologiyalari asosan moliya bozorlarini, birjalarni, bank faoliyatini toʼla avtomatik ravishda nazorat qiladi. Moliya bozorlarini oʼrganishda «big data» texnologiyalari, bulutli servislar yordamida naqd pul oqimlari, mijozlarning naqd pulga boʼlgan ehtiyojlari, qarzdorlik muammolari, toʼlov qobiliyati, koʼzboʼyamachilikholatlarini online rejimida nazorat qilishda «Sub tech» xizmati katta iqtisodiy samara bermoqda. Moliya bozorlari boʼyicha mutaxassis Thomson Peuture oʼzining «Kelajakda banklarga ishonish kerakmi yoki «Reg tech»ga?» nomli asarida «Reg tech», «Sub tech» texnologiyalariga katta umid bogʼlab, ularni «Fin tech» imperiyasi deb atadi. Uning fikricha, «Fin tech» tez oʼzgarib borayotgan moliya bozorlari faoliyatini toʼla nazorat qila oladi (hozir moliya bozorlarida pul agregatlari 2000taga yaqinlashdi, toʼlov tizimlari yuzdan oshdi, u sohada yuqori malakali mutaxassis kadrlar yetishmaydi).Yaqin kelajakda Oʼzbekiston moliya tizimiga «Reg tech» va «Sub tech» texnologiyalari joriy qilinsa, shunga aloqador vazirliklar qisqarib, korxona va firmalarning moliyaviy erkinliklari toʼla (hozir Oʼzbekiston moliya erkinligi boʼyicha rivojlangan davlatlardan 6 marta orqada) taʼminlanardi. Rossiya Federatsiyasi 2017 yil 2018-2020 yillar moliya tizimlarida «Reg tech» texnologiyalarining asosiy yoʼnalishlari toʼgʼrisida qaror qabul qildi. 2018 yil Rossiyaning АO «Rayffayzbank» va PАO «Sberbank»lar oʼz faoliyatida «Reg tech» texnologiyalari xizmatidan faol foydalanib, katta natijalarga erishdi. Yaʼni moliyaviy jarimalar, bank faoliyatidagi hujjatlarni soxtalashtirish, bank-kassa faoliyatidagi jinoyatlar 18-20% ga qisqardi.



Blokcheyn texnologiyalari va uning moliyaviy operatsiyalarni bajarishdagi roli

Аnʼanaviy holatlarda tranzaktsiya operatsiyalari markazdan byurokrativ usulda boshqariladi, nazoratda boʼlardi. Blokcheynda tranzaktsiya (moliyaviy) operatsiyalari toʼgʼridan-toʼgʼri, vositachisiz (peer-to-peer) usulida ishtirokchilarning teng huquqli sharoitida amalga oshadi. Blokcheynning yana bir belgisi maʼlumotlar saqlanishi va moliyaviy aktivlarni oʼtkazishning yangi usulidir. Shu bilan bir vaqtda, blokcheyn tranzaktsiyalar xavfsizligini ham taʼminlaydi.Mijoz onlineda tranzaktsiyani amalga oshiradi Tranzaktsiya yozuvlari bloklardan oʼtadi Ishtirokchilarning har biri tranzaktsiyadan xabardor boʼladi Tizimdagi ishtirokchilar tranzaktsiyani qabul Pul tushumlari mijozdan sotuvchiga yetib keladi. Demak, raqamli iqtisodiyot sharoitida blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish moliya va pul, bank operatsiyalarini bajarishda inqilobiy ahamiyat kasb etadi.


III.Xulosa.

Men bu mustaqil ishni yozish mobaynida raqamli moliyaviy texnologiyalar o’zi nima ekanligini, qanday vazifa bajarishi, reg tech va sup tech haqida ma’lumotlarga ega bo’ldim. Xulosa o`rnida aytish joizki, insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog`liq bo`lib bormoqda. Elekrton ish olib borish yuqorida takidlanganidek ko`pgina afzalliklar yaratadi va albatta vaqtni tejaydi.

Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalar va IT-kompaniyalarni qo`llab quvvatlagan holda qulay ekotizimni yaratishi lozim.

Shuningdek, davlat innovatsion va raqamli ekotizimni qo`llab-quvvatlash sohasida raqamli ta`limning zamonaviy metodlarini qo`llab-quvvatlashi, innovatsion xizmatlarni samarali tartibga solish normalarini ishlab chiqishi, yangi bozorlarni o`zlashtirishda ko`maklashishi hamda texnologik jarayonlarning chuqurlashuvida yuzaga chiqadigan risklarni pasaytirish choralarini ko`rishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yuqorida takidlanganidek bu sohaga malakali kadirlarni tayorlash bugungi kunning muhum vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda. Shahsan yurtboshimizning o’zlari bu sohaga etibor qaratgani fikirimizning yaqol namunasizdir desam adashmagan bo’laman.



IV.Foydalanilgan adabiyotlar.

1. “Raqamli iqtisodiyot asoslari’’ darslik “SamDu” nashriyoti, 2020-yil.



2. R. H. Ayupov “Raqamli iqtisodiyot: muammolar va yechimlar” Toshkent-2019 y.

3. В. Д. Андрианов “Экономический и инвестиционный потенциал” Москва – 1999 г.
Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling