Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish tendensiyalari Sanoat texnologiyasi


Download 0.81 Mb.
bet6/11
Sana13.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1090830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 ma\'ruza Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish tendensiyalari

Integratsiya tizimi

  • Integratsiya tizimi
  • Hozirda foydalanilayotgan katta miqdordagi axborot tizimlari to‘liq birlashtirilmagan. Sanoat ushbu tarmoqlarga bo‘lgan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Barcha biznes jarayonlarning (tijorat va sanoat) to‘liq integratsiyasi talab etiladi. Buning uchun nafaqat korxona ichidagi turli darajalardagi (bo‘limlardagi), balki ishlab chiqarish tsiklidagi turli sherik korxonalar o‘rtasida ham yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimdir.
  • Buyumlar Interneti
  • Bugungi kunda ishlab chiqarishdagi uskunalarning faqat bir qismi bitta tarmoqqa birlashtirilgan. Sanoat Byumlar Internetining rivojlanishi bilan ko‘plab qurilmalar hisoblash quvvati bilan va standart tarmoq protokollari bilan ta’minlangan. Asbobuskunalar ma’lumotlarni mustaqil ravishda qayta ishlaydi, quyi darajada bir-biri bilan o‘zaro aloqada va zarurat bo‘lganda markazlashgan nazorat tizimidan foydalaniladi.
  • Kiberxavfsizlik
  • Ko‘pgina kompaniyalar hali ham global tarmoqqa ulanmagan ishlab chiqarishni boshqarish tizimlaridan foydalanadilar. Tarmoqlarning o‘zaro ta’siri va standart protokollardan foydalanishning o‘sishi bilan asosiy sanoat tizimlari va ishlab chiqarish tarmoqlarining axborot xavfsizligini ta’minlash zarurati o‘sib bormoqda. Natijada, xavfsiz kirish, ishonchli aloqalar, shuningdek uskunalarni ehtiyotkorlik bilan boshqarish va foydalanuvchini boshqarish tarmoqlariga kirish kiberxavfsizlikning ajralmas mezoniga aylandi.

Bulutli texnologiyalar

  • Bulutli texnologiyalar
  • Ba’zi kompaniyalar o‘zlarining ishlarida qisman bulutli dasturlardan foydalanmoqdalar, ammo Sanoat rivojlanishi bilan ushbu texnologiya ko‘prlab muammolarni hal qilishda foydalaniladi. Vaqt o‘tishi bilan bulutli saqlash texnologiyasining sifati yaxshilanadi, javob vaqti millisekundlarga qisqaradi va kelajakda ishlab chiqarish jarayonini boshqarish tizimlarining ishlashi ham bulut texnologiyalariga asoslanadi.
  • 3 D bosmadan chiqarish ( qo‘shimcha texnologiyasi )
  • Sanoat endilikda qo‘shimchali texnologiyalarning imkoniyatlarini o‘rganishni boshladi, masalan, alohida qismlarni ishlab chiqarish uchun 3D bosib chiqarishdan foydalanish. Sanoat 4.0 paydo bo‘lishi bilan qo‘shimchali ishlab chiqarish usullari noyob mahsulotlarni kichik miqdorda ishlab chiqarish uchun keng qo‘llaniladi
  • Virtual haqiqat
  • Virtual haqiqat tizimlari turli maqsadlarda ishlatilishi mumkin: masalan, omborxonada qismlarni tanlashda yoki portativ 52 qurilmalarda uskunalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ko‘rsatmalarini namoyish qilishda. Bunday tizimlar endigina rivojlana boshladi, ammo kelajakda ular xodimlarga zamonaviy ma’lumotlarni taqdim etish, real vaqtda qaror qabul qilishda yordam berish va turli vazifalarni bajarish uchun keng foydalaniladi. Masalan, virtual reallik ko‘zoynaklaridan foydalangan holda nosoz tizimning bir qismini tekshirish vaqtida darhol tuzatush ko‘rsatmasni olish mumkin bo‘ladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling