Raqamli iqtisodiyotning iqtisodiyy ko’rsatkichlari nimalardan iborat va qanday iqtisodiy samara beradi
Download 43.9 Kb.
|
Raqamli iqtisodiyotning iqtisodiyy ko’rsatkichlari nimalardan ib
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari
RAQAMLI IQTISODIYOT NIMA?
Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan. Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir. Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron tijorat, internet banking, elektron tulovlar, internet reklama va shu bilan birga, internet o'yinlari ko'riladi. Axborot texnologiyalarini rivojlanishi va tadbiq qilinishi evaziga kundalik hayotimizda juda ko'plab qulayliklar paydo bo'lmoqda. Deylik ovqatlanmoqchimiz, lekin uni tayyorlashni xohlamaymiz, muommo emas, internetdan uyga ovqat yetkazib berish xizmati orqali xohlagan taomni onlayn buyurtma qilishimiz mumkin. Yoki do'stimizga pul o'tkazishimiz kerak, bunda atelabga bank yoki moliya muassasalariga borishga hojat yo'q, biz pulni mobil bank orqali o'tkazishimiz mumkin. Shu kabi ko'plab xizmat turlarini onlayn, smartfon yoki kompyuter orqali amalga oshirishimiz mumkin. 2.Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari Raqamli elektron biznes sohasidagi kompaniyalarning kapitalizatsiyasi foydalanuvchilar soniga va ular sonining ko‟payishiga bog‟liq bo‟lib qoladi [6]. Bu esa kompaniyalarga sotuvdan katta miqdordagi daromad olinishiga sabab bo‟ladi. Masalan, YouTube bir kunda 100 million so‟rov oladi, Facebookda esa 2 milliarddan ko‟p ishtirokchilar mavjud. Huddi shu juda katta foydalanuvchilar guruhini qamrab olish nafaqat kapitalizatsiyani ko‟paytiradi, balki reklamada ham katta miqdordagi mablag‟ ishlab olishga sabab bo‟ladi. Masalan, 2015 yilda Facebook reklamaning o‟zidan 26,9 milliard dollardan ortiq mablag‟ ishlab oldi. 2016 yil natijalari bo‟yicha Facebookning yillik daromadi 27,6 milliard dollarni tashkil qilib, sof foyda 10,2 milliard dollarni tashkil etgan [3]. Shunday qilib, raqamli iqtisodiyot – yangi iqtisodiy muhit bo‟lib, u biznes uchun yangi va juda katta imkoniyatlar yaratib beradi Raqamli iqtisodioyt sharoitlarida raqobat kurashining tuzilishi va harakteri ham butkul o‟zgarib ketadi[4]. Aniq va ravshan qilib ta‟kidlash mumkinki, raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning yangi texnologiyalari ta‟sirida biznes-modellar ham o‟zgarib ketadi. Masalan, yo‟lovchilar tashish bozoridagi agregator-kompaniyalar (GettTaxi, Yandex.Taxi kabilar) transport kompaniyalaring ish faoliyatiga ko‟pgina o‟zgarishlar kiritib, ularni iste‟molchilarga ancha yaqinlashtirishga erishdilar. Oziq ovqat yetkazib berish kompaniyalari ham sotuvchilarni iste‟molchilarga yaqinlashtirb berdilar va raqobatli bozorda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bularning natijasida an‟anaviy off-layn kompaniyalar o‟z bizneslarini transformatsiya qilishga yohud onlaynga o‟tishga majbur bo‟ladilar. Bu holat esa tadbirkorlarga internetda oz bizneslarini tashkil qilishga undaydi. 2020 yil – Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb e’lon qilinishi mamlakatimizda yaqin kelajakda aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish va axborot texnologiyalari sohasini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor masalalaridan biri bo‘lib qolishidan dalolat beradi. Bugungi kunda insoniyat taraqqiy etishi ko‘p jihatdan axborot texnologiyalarining rivojlanish shiddatlariga bevosita bog‘liq. XX asrning oxirida, internet tarmog‘i jamiyat hayotining turli sohalariga kirib kelishi bilan “elektron hukumat”,“elektron savdo”, “raqamli iqtisodiyot” kabi atamalar paydo bo‘ldi. “Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilk bor 1995 yilda Massachusets universitetida faoliyat olib borgan amerikalik informatik olim, Nikolas Negroponte tomonidan o‘z hamkasblariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan iqtisodiyotning eski iqtisodiyotdan ustunligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida tilga olingan. An’anaviy iqtisodiyotdan ko‘pgina ustunliklarga ega raqamli iqtisodiyot qisqa davrda dastlab rivojlangan mamlakatlarda, keyinchalik dunyo bo‘ylab keng ommalashdi. Raqamli iqtisodiyot – bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish tizimi bo‘lib, bunga avvalambor onlayn-xizmatlar, masofaviy ta’lim, elektron to‘lovlar, tovar va xizmatlarning internet-savdosi misol bo‘la oladi. Bugungi kunda “raqamli” mamlakatlar ichida yetakchilar bu Norvegiya, Shvesiya hamda Shveysariyadir. Bu borada top-10 davlatlar qatoriga AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlyandiya, Singapur va Janubiy Koreya kiradi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni raqamlashtirish bo‘yicha bir qator choralar amalga oshirib kelinmoqda.Zamonaviy axborot texnologiyalarini jadal rivojlantirish bo‘yicha sharoitlar yaratish, axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, 2018 yil 3 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu chora-tadbirlar natijasida elektron hujjat aylanishi joriy etildi, elektron to‘lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasida normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Shubhasiz, iqtisodiy sektorni raqamlashtirish tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni kamaytirish, mahsulot sifatini yaxshilash, hajmi va raqobatbardoshlikni keskin oshirish hamda vaqtni tejash kabi imkoniyatlarni yaratadi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar bank tizimi, chakana savdo, transport, energetika, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda qo‘llanilmoqda. Prezidentimizning Parlamentga navbatdagi Murojaatnomasida ham hayotimizning ko‘pgina jabhalarini raqamlashtirish bo‘yicha qator maqsadlar aytib o‘tildi. Jumladan, qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog‘liqni saqlash, ta’lim, arxiv sohalarini to‘liq raqamlashtirish. “Elektron hukumat” tizimining barcha tashkiliy va institutsional masalalarni kompleks yechish, Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida “IT-park”lar tashkil etish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilishi boshlangan “Bir million dasturchi” loyihasini davom ettirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, yaqin 2 yil ichida barcha qishloq va mahallalarni tezkor internet bilan ta’minlash, 12 mingta muassasani tezkor internetga ulash, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini ishlab chiqishni ikki oy muddatda yakunlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Yuqoridagi maqsad va vazifalarni tizimli amalga oshirish uchun hukumatda – Bosh vazir o‘rinbosari, vazirlik va idoralarda, shuningdek, hokimliklarda alohida o‘rinbosar lavozimlari joriy etiladi. Prezidentimizning ushbu tashabbuslari – bugun O‘zbekiston rivojlanishning yangi bosqichini boshlayotgani, yaqin kelajakda davlat va fuqaro o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatdan tubdan yaxshilanishi, turli ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanishining garovidir. Biz intilayotgan “raqamli inqilob” natijasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning aksariyati avtomatlashtirilgan servislar yordamida amalga oshiriladi. Bu, o‘z navbatida, aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida inson ishtirokini keskin kamaytirib, uzoq yillar davomida yurtimiz ravnaqini ortga surib, aholi turmush sifati va farovonligiga salbiy ta’sir etib kelgan byurokratiya, qog‘ozbozlik hamda korrupsiyaning sezilarli darajada kamayishini ta’minlaydi. Albatta, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini tejashi mumkin. Masalan biron bir kitobning elektron ko'rinishda sotib olish Sizga, shu kitobni chop etilgan ko'rinishini sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki bo'lmasa oddiy iste'molchi o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug'ullanishi mumkin. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini boshqa afzalliklari quyidagicha bo'lishi mumkin: ishlab chiqarishda mehnat samadorligini oshishi; kompaniyalarning raqobatbardoshligini o'sishi; ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi; yangi ish o'rinlari yaratilinishi; yangi zamonaviy kasblar paydo bo'lishi; kambag'allikni yengish va ijtimoiy tengisizlikni yuqolishi. Bular raqamli iqtisodiyotning bor yo'gi bir nechta afzalliklari holos. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bizning kundalik hayotimizga ijobiy ta'sir qiladi, oddiy foydalanuvchiga ko'plab qo'shimcha imkoniyatlar beradi va qolaversa, bozorni o'sishi va rivojlanishini ta'minlab berishi mumkin. Download 43.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling