Raqamli iqtisodiyotning iqtisodiyy ko’rsatkichlari nimalardan iborat va qanday iqtisodiy samara beradi


Raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlarda YaIM hajmi ham, YaIMning aholi son boshiga ulushi ham yuqoridir


Download 43.9 Kb.
bet6/11
Sana18.12.2022
Hajmi43.9 Kb.
#1028820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyotning iqtisodiyy ko’rsatkichlari nimalardan ib

Raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlarda YaIM hajmi ham, YaIMning aholi son boshiga ulushi ham yuqoridir. Shu jihatdan, davlatimiz rahbarining bu masalaga katta e’tibor qaratishi bir maqsadni ko‘zlaydi, u ham bo‘lsa, birinchidan, aholining yashash darajasini yuksaltirish, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirish va xalqimizni rozi qilishdir.
Ekspertlarning fikricha, 2020 yildan boshlab yirik banklarning qariyb 30 foizidan ortig‘i o‘zlarining ish faoliyatida blokcheyn texnologiyasidan foydalanishni boshlab yuborishdi. Bunga blokcheyn texnologiyasining nisbatan endigina yaratilganiga qaramasdan, uning mavjud biznes jarayonlardagi inqilobiy o‘zgarishlarni qamrab olgani moliya bozorlari ishtirokchilari orasida ulkan qiziqish uyg‘otganini sabab qilib ko‘rsatish mumkin.
Ma’lumki, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot qo‘shimcha qiymat yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turli xil algoritmlar, jarayonlar va raqamli axborotlar korporativ biznesning strategik rivojlanishida asosiy hal qiluvchi kuchga ega bo‘lmoqda. Raqamli nomoliyaviy omillar banklarning raqobatbardoshligini belgilab bermoqda, samaradorligiga ta’sir ko‘rsatyapti.
Raqamli texnologiyalar rivojlanishi oxir-oqibat nomoddiy aktivlar, ya’ni fizik jihatdan mavjud bo‘lmagan nomonetar aktivlar oshishiga olib kelmoqda. Masalan, 1975 yilda Amerikaning yirik korporatsiyalari nomoddiy aktivlari 17 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 85 foizdan ortdi. Aniqroq tushuntiradigan bo‘lsak, buxgalteriya balansidagi moddiy va nomoddiy aktivlar o‘rni almashdi.
O‘z navbatida, raqamli aktivlar rivojlanishida ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni muhim. Ijtimoiy tarmoqlar raqamli biznesning taraqqiy etishiga ham keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Raqamli iqtisodiyotning zamonaviy ko‘rinishi sifatida mobil to‘lov tizimlarini ko‘rsatish mumkin. Bunda hammamizga ma’lumki, mijozlarning smartfonlari bankdagi hisob raqamlarga bog‘langan bo‘ladi. Bu esa mijozlarga onlayn xaridlarni amalga oshirish, mobil qurilmalar yordamida pul mablag‘larini erkin o‘tkazish imkonini beradi.
To‘lov tizimlari va bank axborot tizimlari raqamli aktivlardan keng foydalanadi. Raqamli aktivlarning asosiy komponentlari sifatida intellektual mulk ob’yektlari hisoblanadi. Intellektual faoliyat natijalariga egalik huquqiga faqatgina kompaniya ega bo‘ladi. Bunday aktivlarga misol qilib, ixtiro patentlar, kompyuter dasturlariga mutlaq huquq va ma’lumotlar bazasini keltirish mumkin.
Raqamli aktivlar bo‘yicha global ishtirokchilar sifatida “North Plains Systems Corporation”, “Open Text Corporation”, “Widen”, “Net Xposure, Inc.”, “Media Beacon, Inc.”, “Hewlett-Packard Company”, “WebDAM” kabi yirik xalqaro korporatsiyalarni misol qilib keltirish 0mumkin.
Raqamli aktivlarni boshqarishda axborot xavfsizligini ta’minlash muhim omil sanaladi. Bunda asosiy e’tibor raqamli ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, ularni axborot vositachilaridan himoya qilgan holda xavfsizligini ta’minlash va axborotlar uzatishning soddaligini ta’minlashga qaratilishi lozim.
Raqamli aktivlarni boshqarishning muhim muammolaridan biri — bu ularning huquqiy himoyasidir. Ta’kidlash lozimki, qisqa vaqtlarda va originaldan kamroq xarajat qilib raqamli aktivlar nusxasini yaratish hamda ishga tushirish mumkin. Bu, albatta, raqamli aktivlarning umumiy daromadiga ta’sir qiladi. Raqamli aktivlarni boshqarishda bulutli texnologiyalardan foydalanish asosiy shartlardan bo‘lib, texnik, huquqiy va tashkiliy jihatdan axborotlar himoyasi bo‘yicha usullarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Raqamli aktivlarning rivojlanishini raqamli tijoratning rivojlanishisiz tasavvur qilish qiyin. Raqamli tijorat esa, sodda va ishonchli raqamli to‘lov tizimlarini yaratishni talab etadi. Birinchi “onlayn” to‘lov tizimlariga xizmat ko‘rsatishda aholi o‘rtasida keng tarqalganligi sababli kredit va debet kartalaridan foydalanilgan. “Visa” va “Master Card” kredit kartalari emitentlari sotuvchilardan axborot almashinuvida yuqori xavfsizlik choralarini ko‘rish shartlarini talab etishgan.
Jahonda ro‘y berayotgan so‘nggi trendlarni o‘rganish foydadan xoli bo‘lmaydi. Chunki dunyoda buxgalteriya balansidagi moddiy va nomoddiy aktivlar o‘z o‘rnini jadal almashtirishi davrida biz ham asosiy e’tiborni faqat mahsulotlar eksportiga qaratmasdan, balki nou-xau, blokcheyn texnologiyalari faoliyatini zamonga hamohang ravishda o‘rganib, raqamli iqtisodiyot imkoniyatlaridan keng foydalanishni yangi bosqichga olib chiqishimiz maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Yana bir jihatga to‘xtalib o‘tish zarur. Prezidentimiz raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida belgiladi. Buning sababi O‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlash bilan birga, aholi ilmini, qarashlarini zamon bilan hamnafas qilish, qolaversa, mamlakatimizning xalqaro maydonda integratsiyasini tezlashtirish va natijada O‘zbekistonni demokratik, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shishdan iboratdir.
Bu inqilobiy yondashuv faqatgina buyuk iqtisodiy sakrashlar orqali xalqning turmush darajasini oshirish, aholi farovonligiga birinchi darajali masala sifatida qarash — haqiqiy xalqparvar yetakchiga xosdir.

Download 43.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling