Raqamli kartada tasvirlanayotgan voqea-hodisalarni tadqiqot usuli bo‘yicha analitik va sintetik kartalar yaratish.
Тopshiriqning maqsadi: Kartalar ularda tasvirlanayotgan hodisalarni ilmiy tadqiq etish usuliga bog‘liq holda analitik va sintetik kartalarga bo‘linishi. Analitik kartalar hodisalarni (jarayonlarni) ayrim tomonlarini yoki xususiyatlarini bu hodisalarni boshqa tomonlari yoki xususiyatlari bilan aloqalarini va o‘zaro bog‘liqligini hisobga olmagan holda butundan ajratib ko‘rsatishi. Sintetik kartalar kartaga olinayotgan hodisalar haqida to‘liq tasavvur beradi, ularda ushbu hodisalarni o‘ziga xos komponentlari, xususiyatlari, ichki va tashqi aloqalari hisobga olinadi hamda ularni integral tavsiflari beriladi, lekin ularni har birini kartada alohida aniq va analitik tarzda ko‘rsatmasligi qoidalari bilan tanishish.
Тopshiriqni bajarish: Analitik kartalar- Havo xarorati, shamollar, yog‘in-sochinlar yoki balandlik mintaqalari, yon bag‘rlarning qiyaligi. Sintetik kartalar- Landshaft kartalari, iqlim rayonlashtirish kartalarini tasvirlash. Bunda yaratgan kartamizni legendasini o’rganish; legendadan foydalanib, kartaning mazmunini o’qish; kartaning mazmuniga qisqacha ta’rif berish hamda kartasini yaratish.
Тopshiriq variantlari O`zbekiston Respublikasi kartasi misolida topshiriqni bajarish.
Analitik kartalar- Havo xarorati, shamollar, yog‘in-sochinlar
Sintetik kartalar- Landshaft kartalari
Тopshiriqni bajarish uchun ko’rsatma:
Bajarilgan ishlarning natijalariga qisqacha ta’rif berilib, yoziladi va ish
natijasi kartaning qisqacha izohli tavsifi va komponovka ko`rinishida taqdim annotatsiya matni mantiqiy ,to’liq va adabiy tilde yozilgan bo’lishi
|