ob’yektlarga bo`linib tasvirlanadi. . Kartaga tushilayotgan maxsus mazmun ham tartib bilan, birin-ketin, kartografik manbalardan to’liqlari tanlab olinib, dastlab shular tasvirlanadi. Kartadagi yozuvlar har bir element mazmuniga qarab maxsus shriftlarda yoziladi. . Kartada mazmun tasvirlanayotganda albatta generalizatsiya tamoyillariga e’tibor beriladi. Karta tuzishda umumgeografik kartalar bilan mavzuli kartalarni farqiga borish kerak. Chunki ularning mazmuni har xil bo`ladi.
Kartani nashrga tayyorlash va nashr qilish
Kartani nashrga tayyorlash ishlari alohida bir jarayon bo`lib, tuzish
originali asosida yaratiladi. Bu ish yuqori malakali kartograf tomonidan
bajariladi. Kartani tuzish originalidan suratga olish yo`li bilan sinka (ko`k rangli nusxa) tayyorlanib, u alyuminiy plastinkaga yopishtirilib, so`ng chizma ishlari bajariladi. Hozirgi vaqtda nashr qilish originalini tayyorlashda ko`plab har xil rangdagi plastiklar qo`llanilmoqda. Plastiklar ustidan o`yib chizadigan maxsus (o`yib chizuvchi) ignali asbob yordamida nashr qilish nusxasi chiziladi. Bunda chizma ishlarining sifati va mehnat unumdorligi oshadi. Natijada ish jarayoni tezlashadi.
Nashrga tayyorlash originalini (nusxasini) tuzish ancha murakkab ish
bo`lib, karta mazmunining har bir elementi uchun alohida nusxa tayyorlanadi. Masalan, chiziqlar nusxasi bunda faqat chiziqlar daryolar, temir yo`llar va avtomobil yo`llari, dengizning qirg`oq chiziqlari, chegaralar, punsonlar berilgan bo`ladi. Bundan boshqa yana yozuvlar nusxasi ham bo`lib, faqat yozuvlar beriladi. Ba’zan rel’efni otmivka
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |