Raqamli moliya fanidan yozma ish javoblari Raqamli iqtisodiyotning mohiyati


ICOlar tarixidagi burilish nuqtasi sifatida kanadalik dasturchi Vitalik Buterinning DAO


Download 189.92 Kb.
bet10/24
Sana25.01.2023
Hajmi189.92 Kb.
#1122771
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
Raqamli moliya fanidan yozma ish javoblari

ICOlar tarixidagi burilish nuqtasi sifatida kanadalik dasturchi Vitalik Buterinning DAO deb nomlangan loyihasini ko‘rsatish mumkin. Bu loyiha doirasida kompaniya birdaniga 152 mln.doll. investitsiya jalb eta oldi (bu ko‘pincha kraudfunding deb ataladi). DAO loyihasi markazlashmagan venchur fond bo‘lib, uning boshqaruvi dasturiy ta’minot vositasida avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Bu hodisadan so‘ng, jahon miqyosida ICOlar tashkil qilish jarayoni juda ham tezlashib ketdi.

  • Vitalik Buterin - 1994 yilda Moskvada tug'ilgan rus-kanadalik dasturchi va yozuvchi. U eng taniqli - 2012 yilda Bitcoin Magazine jurnalini va 2015 yilda Ethereum blokcheyn loyihasini asoschilaridan biri bo'lib, u bozor hajmi bo'yicha dunyodagi ikkinchi yirik kriptovalyutaga aylandi.

  • Hozirgi kunda yangi raqamli texnologiyalar startap kompaniyalarga kriptovalyutalar yoki tokenlar ko‘rinishida juda katta investitsion mablag‘larni jalb etish imkoniyatini yaratmoqda. Misol uchun, yuqoridagi bo‘limda ko‘rsatilganidek, raqamli pullarni birlamchi joylashtirish – ICO (initial coin offering) o‘nlab million pullarni investitsiyalar uchun to‘plash imkonini yaratayotganini bir qancha davlatlardagi tajriba yaqqol namoish etadi. Ammo bu ishlarning salbiy oqibatlari ham vujudga kelishi ehtimoli mavjud albatta. ICO vositasida investitsiyalar jalb etiluvchi startaplar bozorida yangi moliyaviy doira paydo bo‘lishi mumkin. Bunda emitentlar tomonidan hech qanday sarf-xarajat qilinmagan holda investorlar uchun yuqori darajada foyda olishlariga imkon yaratiladi. An’anaviy investitsion capital yig‘ish usulida esa kompaniya kerakli kapitalni yig‘a olish uchun uzoq yillar davomida aholining ishonchini qozongan bo‘lishi kerak.

  • Raqamli valyuta vositasida investitsion kapital to‘plash operatsiyasining qimmatli qog‘ozlarni birlamchi aksiyalar joylashtirish (anderraytingbirjalarda sotish) orqali amalga oshiriluvchi an’anaviy usulidan asosiy farqi shundaki, bunda kompaniya sotuv uchun aksiyalarni emas, balki tokenlar (raqamli jetonlar) chiqaradi. Buning uchun investorlar kriptovalyuta orqali to‘lov qiladilar (masalan, bitkoin yoki laytkoin orqali). Mutaxassislarning fikricha, ICO emitentlari bu ishlarni qilayotganlariga katta tavakkalchiliklarga qo‘l uradilar. Bu ayniqsa, kriptovalyutalar bozori faoliyati davlat boshqaruviga o‘tgan paytda o‘ta kuchayadi.


  • Download 189.92 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling