8. O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lashda faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan elektron pullar qabul qilinishi mumkin. - 8. O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lashda faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan elektron pullar qabul qilinishi mumkin.
- 9. Yakka tartibdagi tadbirkor va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan elektron pullarni bitimlarni amalga oshirishda to‘lov sifatida qabul qilish emitent yoxud elektron pullar tizimining ishtirokchisi bo‘lgan boshqa bank bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
- 10. Elektron pullarning egasi tomonidan elektron pullardan foydalanish elektron pullar tizimining qoidalari hamda elektron pullarning egasi va emitent yoki operator o‘rtasida tuzilgan elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
- 11. Elektron pullardan foydalangan holda operatsiyalarni amalga oshirish shartlari elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.
- 12. Elektron pullar tizimida bitimlar bo‘yicha to‘lovlar, elektron pullar tizimi qoidalariga muvofiq bir elektron pullar egasining elektron hamyonidan boshqa elektron pullar egasining elektron hamyoniga elektron pullarni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
13. Elektron hamyon - elektron pullar tizimining dasturiy ta’minoti, mikroprotsessor (chip), elektron pullar saqlanadigan va ulardan foydalanish imkonini beradigan dasturiy-texnik qurilmasi. - 13. Elektron hamyon - elektron pullar tizimining dasturiy ta’minoti, mikroprotsessor (chip), elektron pullar saqlanadigan va ulardan foydalanish imkonini beradigan dasturiy-texnik qurilmasi.
- 14. Emitent yoki operator tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) yuridik shaxslarga maxsus elektron hamyonlar shakllantiriladi. Mazkur hamyonlarga elektron pullar faqat realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun keyinchalik bank hisobvaraqlariga ularning nominal qiymatiga teng bo‘lgan pul mablag‘lari summasini o‘tkazish maqsadida qabul qilinadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) yuridik shaxslarning maxsus elektron hamyonlaridagi elektron pullar mazkur elektron pullar tizimida qayta realizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
- 15. Elektron pullar tizimining dasturiy-texnik vositalari va elektron hamyonlariga ruxsatsiz kirishning oldini olish vositalari va choralari, shuningdek tashkiliy choralar axborotni yetarli darajada muhofaza qilishini ta’minlashi shart.
16. Emitent elektron pullar egasi tomonidan taqdim qilingan elektron pullarni elektron pullar tizimi qoidalari hamda emitent va elektron pullar egasi o‘rtasida tuzilgan elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq naqd pulga almashtirish yoki naqd pulsiz mablag‘larni elektron pullar egasining bank hisobvarag‘iga kirim qilish orqali qoplaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |